Fuqarolik jamiyati institutlari tushunchasi, uning ma’no va mazmuni



Yüklə 268,81 Kb.
səhifə10/79
tarix01.01.2022
ölçüsü268,81 Kb.
#50392
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   79
Fuqarolik jamiyati institutlari tushunchasi, uning ma’no va mazm

Islom Karimov
atijasida aholining siyosiy faolligini oshirish, fuqarolarning mamlakat siyosiy va ijtimoiy hayotida amaliy ishtirok etishi uchun kengroq jalb qilishga erishish mumkin.

Ayni chog’da bugungi globallashuv asrida axborotga bo’lgan talab tobora kuchayib borayotganini ehtiborga olish zarur. SHunday ekan, xolis va haqqoniy axborotni tarqatish, ommaning bu mahsulotga bo’lgan ehtiyojini qondirish har qachongidan ko’ra bugungi kunda dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Buyuk vatandoshimiz Abu Rayhon Beruniy “Xabar, deb yozadi - xabar beruvchilar sababli rostlik va yolg’onlik tusini oladi. CHunki, odamlarning maqsadlari xilma-xil. Xalqlar o’rtasida tortishish va talashish ko’p”. Bundan o’n asr muqaddam aytilgan ushbu haqqoniy so’z nuqtai nazaridan kelib chiqilsa, axborot jangi avj olgan bugungi kunda siyosiy jarayonlarning mahno-mazmunini va asl sabablarini chuqur anglash, atrofda sodir bo’layotgan voqealar haqida haqqoniy ma’lumotlarga ega bo’lish, har qanday noxolis axborot hurujlari zamirida rangli inqiloblar, namoyishlar yotganini aholiga va avvalo yoshlarimizga tushuntirishda OAV ning o’rni va tahsir kuchi beqiyosligi ayon bo’ladi.

Yurtdoshlarimizni, ayniqsa yosh avlodni yot va zararli g’oyalardan muhofaza qilish, xavfsizlikka turli tahdidlar va xatarlarga qarshi kurashni kuchaytirish, mamlakatimiz hamda mintaqadagi barqarorlikni mustahkamlash borasida OAV vakillari o’zining qathiy pozitsiyasiga ega bo’lish, ehtiqod qo’ygan nuqtai nazarni ishonch bilan asoslay olish kabi xislatlarni fuqarolarimizda shakllantirish ham soha vakillarining muhim vazifalaridandir.

Bu borada O’zbekiston MDH mamlakatlari ichida birinchilar qatori aloqa tarmog’ining 4 avlodi hisoblangan (4G) ishga solganini qayd etish zarur. Bu texnologiya ma’lumotlarni 100Mb/sek gacha tezlikda (ya’ni, 3G tarmog’iga nisbatan 30 baravar tezroq) uzatish imkoniyatiga ega. Tizimning ishga tushirilishi natijasida foydalanuvchi shu ondayoq so’ralayotgan ma’lumotga ega bo’lishi mumkin21.

Bugun zamonaviy hayotni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) siz tasavvur qilib bo’lmaydi. Zero, bu texnologiyalar qisqa muddat ichida aloqa qilish imkoniyatlari va axborot olish usullari to’g’risidagi tasavvurlarimizni keskin o’zgartirib yubordi. Hozirgi vaqtda AKT jamiyat turmushining barcha sohalarida – davlat boshqaruvida, iqtisodiyot, siyosat, tibbiyot, tahlim, fan va madaniyat, maishiy turmush va boshqa

sohalarda keng qo’llanilmoqda. Mubolag’asiz aytish mumkinki, hech bir mamlakat axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining doimiy ravishda takomillashuviga yetarli darajada ehtibor bermay turib, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy jihatdan muvaffaqiyatli rivojlana olmaydi. AKT axborot olish, uzatish va tarqatish erkinligini berish bilan birga odamlarga o’zining intellektual salohiyatini yanada to’liq foydalanish imkoniyatini yaratib, barqaror iqtisodiy o’sish, faravonlik darajasini oshirish maqsadlariga erishishga yordam beradi.

Respublikada Prezidentimiz va davlatimiz tomonidan olib borilgan siyosat tufayli ommaviy axborot vositalari sohasida yuz bergan tarixiy yangilanishlar haqida so’z borar ekan, ikki masalaga alohida ehtiborni qaratish zarur. Birinchisi – nodavlat ommaviy axborot vositalari institutining yaratilishi. Ikkinchisi – elektron ommaviy axborot vositalari tizimining jadal rivojlanayotgani masalasi.

Mustaqillik yillarida milliy matbuot tizimida ilgari mutlaqo kuzatilmagan nodavlat ommaviy axborot vositalari instituti vujudga keldi. Ayni paytda, bu turdagi ommaviy axborot vositalari axborot maydonini axborot bilan ta’minlashda emin-erkin faoliyat yuritmoqda. SHu bilan ular nafaqat axborot maydonini, balki jamiyatda demokratlashtirish muhitini yanada mustahkamlashga bevosita hissa qo’shmoqda. SHuni ham ta’kidlamoq zarurki, nodavlat ommaviy axborot vositalarining ko’payishi o’z holiga tashlab qo’yilgani yo’q. Balki bu soha faoliyatini ham moddiy-texnik jixatdan qo’llab-quvvatlash ham kadrlar masalasida ko’maklashishga qaratilgan ikkita salohiyatli nodavlat notijorat tashkilot tashkil etildi. Hozirda bu ikki tashkilot – Nodavlat elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi hamda O’zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo’llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi samarli faoliyat yuritmoqda.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini huquqiy tartibga solish maqsadida mamlakatda 11 ta qonun, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 3 ta farmoni, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining 40 ta qarori, 600 dan ziyod qonunosti xujjatlari qabul qilinib, bir qator milliy dasturlar ishlab chiqilgan. Xususan, “2002-2010 yillarda kompg’yuterlashtirish va axborot-kommunikatsiyalari texnologiyalarini rivojlantirish dasturi” ,“O’zbekiston Respublikasida telekommunikatsiya tarmog’ini 2010 yilgacha bo’lgan davrda rekonstruktsiya qilish va rivojlantirish milliy dasturi”i va boshqalar shular jumlasidandir.

Mustaqillik yillarida mamlakat Prezidenti I.A.Karimov tomonidan axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishga alohida ehtibor qaratilgani bois ushbu sohani jadal surhatlar bilan rivojlanish, mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushini ko’paytirish va uni xorijiy hamda mamlakatimiz investorlari uchun yanada jozibador qilish imkonini berdi.

Aloqa va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari korxonalari samarali faoliyati tufayli 2010 yilning birinchi yarim yilligida ular tomonidan 911,6 mlrd. so’m miqdorida xizmatlar ko’rsatildi. Bu 2009 yilning shu davriga nisbatan 107 foizni tashkil etadi. Bu mablag’ning asosiy qismi 60 foizi (552,4 mlrd. so’m) aholiga xizmat ko’rsatish natijasida olingan22.

O’zbekistonda 2015 yilga qadar to’la raqamli teleko’rsatuvlarga o’tish rejalashtirilgan. Mamlakatimizda raqamli televideniega o’tish ishlari 2007 yilda boshlangan bo’lib, dastlab 2008 yilning avgust-sentyabrida Toshkent va Buxoroda raqamli televizion uzatgichlar o’rnatilib, 12 ta teledastur namoyish qilina boshladi. Kelgusida teledasturlar sonini 40 tagacha yetkazish mo’ljallanmoqda.23 Raqamli televideniega o’tish natijasida bir chastotada birdaniga 12 stantsiya ko’rsatuvlari tashkil etilishi radiochastotalar tanqisligi muammosini hal etib, radiochastotalarni olish uchun o’tkaziladigan tanlovlarning demokratik va oshkoraligini ta’minlash teng raqobat va elektron media-bozor tarmoqlarining monopollashuviga yo’l qo’ymaslik uchun sharoit yaratadi. Joriy yilning oxiriga qadar raqamli televidenie uzatgichlarini Qoraqalpog’iston Respublikasi, Andijon, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida o’rnatish rejalashtirilgan. Mamlakatimizda raqamli televideniening qabul qilingan standarti DVB-T MR-4 bo’lib, u jahonda tan olingan va eng zamonaviy standartlardan biri deb qabul qilingan. Hozirgi kunda respublikamiz olimlari tomonidan DVB-T MR-4 signallarini qabul qiluvchi tyunerlar tayyorlanib, ommaviy ishlab chiqarishga joriy qilingan. Ularni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxona “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasida tashkil etilgan, har yili korxonada 60 ming donagacha bunday yuqori texnologik uskunani ishlab chiqarish mo’ljallanmoqda.24

Davlatimiz rahbari Islom Karimov mahruzaning avvalida erishilgan yutuqlarga mahliyo bo’lib, xotirjamlik kayfiyatiga berilish real voqealardan uzilib qolishga olib kelishiga alohida urg’u berar ekan, jahon miqyosida kechayotgan jarayonlarda mustahkam o’rin egallash uchun har tomonlama chuqur o’ylangan, aniq maqsad va ustuvor yo’nalishlarni o’z ichiga olgan taraqqiyot dasturi va uni amalga oshirish strategiyasiga ega bo’lish zarurligini uqtirib o’tdi. Ushbu mulohazalardan kelib chiqqan holda, Prezident axborot sohasini isloh qilish, axborot va so’z erkinligini ta’minlashga qaratilgan amaldagi bir qator qonunlarga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish hamda yangi qonunlar qabul qilishni dolzarb ahamiyat kasb etishini belgilab, quyidagi takliflarni berdi:

Birinchi. “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to’g’risida” Qonun qabul qilish zarurligi. Buning natijasida:



  • fuqarolarning axborot sohasidagi konstitutsiyaviy huquqini yanada kengroq amalga oshirish imkoniyati yaratib beriladi;

  • davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining qabul qilinayotgan qarorlar sifatini oshirish borasidagi mashuliyati oshadi;

  • davlat hokimiyati organlari faoliyati haqida jamoatchilikni xabardor qilib borish tartiblarini aniq belgilab beradi;

  • aholining, jamoat birlashmalarining davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinayotgan qarorlar, avvalambor fuqarolarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlari bilan bog’liq qarorlar haqidagi axborotlardan keng xabardor bo’lib borishini tahminlaydi;

  • Mazkur qonunning joriy etilishi ijro hokimiyati organlari faoliyatining, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning, davlatning ichki hamda tashqi siyosatining ochiqligi va oshkoraligini, mamlakatimiz va xorijda kechayotgan voqea-hodisalar xususida fikrlar xilma-xilligi va siyosiy plyuralizmni hisobga olgan holda, ta’minlashi zarur.

Ikkinchi. Demokratlashtirish jarayonlarida ahamiyati tobora ortib borayotgan axborot kommunikatsiyalari sohasining eng muhim tarmoqlaridan biri bo’lgan teleradio tizimini rivojlantirishga qaratilgan “Teleradioeshittirishlar to’g’risida” Qonun qabul qilish haqida taklif kiritildi.

Davlat rahabari, hozirgi vaqtda ushbu sohadagi faoliyat ommaviy axborot vositalari, radiochastota spektri, telekommunikatsiyalar, axborotlashtirish to’g’risidagi qonunlarning muayyan moddalari bilan tartibga solib kelinayotganini, endilikda teleradioeshittirishlar sohasini mustaqil qudratli industriya sifatida qayta tashkil etish, teleradioeshittirishlarning yangi shakl va turlarining paydo bo’lishi teleradiodasturlarni tayyorlash va uzatish jarayonida yuzaga keladigan munosabatlarni tizimli va keng ko’lamli ravishda tartibga soladigan yaxlit qonunni kuchga kiritish zarurati tug’dirayotganini qayd etdi. Bu qonunning qabul qilinishi:



  • teleradiodasturlarni tayyorlash va tarqatish sohasida raqobatni yanada kuchaytirish;

  • teleradiodasturlarni uzatish borasida mobil va raqamli televidenie kabi ilg’or zamonaviy texnologiyalarni joriy etish;

  • teleindustriyaning istiqbolli yangi tarmoqlarini tashkil qilish uchun zarur sharoitlarni yaratish;

  • milliy teleradioeshittirishlar tizimi faoliyatini huquqiy tartibga solish mexanizmlarini va moliyalashtirish manbalarining erkinligi va mustaqilligi kabi printsiplarini belgilab berish;

  • radiochastotalarni olish uchun o’tkaziladigan tanlovlarning demokratik va oshkoraligini ta’minlash;

  • teng raqobat va elektron media-bozor tarmoqlarining monopollashuviga yo’l qo’ymaslik uchun sharoit yaratish va boshqa bir qator muammolarni yechishni nazarda tutadi.


Yüklə 268,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin