Fuqarolik jamiyati institutlari tushunchasi, uning ma’no va mazmuni


O‘zbekistonda VICh infeksiyasining tarqalishiga qarshi chora-tadbirlarni tartibga solish



Yüklə 268,81 Kb.
səhifə6/79
tarix01.01.2022
ölçüsü268,81 Kb.
#50392
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79
Fuqarolik jamiyati institutlari tushunchasi, uning ma’no va mazm

O‘zbekistonda VICh infeksiyasining tarqalishiga qarshi chora-tadbirlarni tartibga solish bo‘yicha Respublika Komissiyasining tarkibida davlat organlari, xalqaro tashkilotlar bilan bir qatorda nodavlat tashkilotlar ham ish yuritmoqda.

Odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha idoralararo guruh faoliyatida ham "Istiqbolli avlod" nodavlat tashkiloti faol ishtirok etib kelmoqda.

Mamlakatimizda fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirishda Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti va uning viloyatlarda faoliyat ko‘rsatayotgan hududiy bo‘limlari alohida ahamiyat kasb etmoqda. Chunki viloyatlarda faoliyat ko‘rsatayotgan nodavlat notijorat tashkilotlari, turli sohalar bo‘yicha faoliyat yuritayotgan markazlar va jamg‘armalar faoliyatini o‘rganib borish, ularning o‘zaro aloqasini, ijtimoiy sheriklik asosida faoliyat olib borishini ta’minlash kabi muhim vazifalarni hozirda ana shu mintaqaviy axborot-tahlil markazlari bajarmoqda. Ushbu institutning asosiy maqsadi – fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirish jarayonlarini tizimli monitoring qilish, mamlakatni demokratik yangilash va modernizatsiyalashda, fuqarolarning siyosiy madaniyati, huquqiy ongi, ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishda fuqarolik institutlarining rolini kuchaytirishdan iborat.

Bugungi kunda mazkur nodavlat tashkiloti va uning hududiy bo‘limlarida, xususan, Andijon hududiy bo‘limi tomonidan fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonlarini tizimli tadqiq qilish, fuqarolik jamiyati institutlarining davlat va jamiyatni boshqarishdagi rolini kuchaytirishga yo‘naltirilgan tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.

O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi ham o‘zining viloyatlardagi a’zolari hamkorligida tashkil qilayotgan turli tadbirlarini shu jamoat tashkiloti orqali olib bormoqda. Ammo joylardagi nodavlat notijorat tashkilotlari, jamg‘arma va markazlarning ushbu assotsiatsiya tarkibida faoliyat ko‘rsatishiga kam e’tibor berilmoqda.

2005 yilda respublikamizning barcha hududlaridagi 150dan ortiq nodavlat notijorat tashkilotlarining tashabbuslari bilan O‘zbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlar milliy assotsiatsiyasi tashkil etildi. Hozirda Assotsiatsiya uchinchi sektorning 450 dan ortiq faol vakillarini o‘z atrofiga jamlab, turli darajadagi loyihalarni amalga oshirishga qodir, yetarlicha kuchga ega mexanizmga aylandi.

Assotsiatsiyaning faoliyati quyidagi 5ta yo‘nalishda olib boriladi:



  • Ayollar va yoshlar yo‘nalishi;

  • Huquqiy yo‘nalish;

  • Ekologiya, iqtisod va ta’lim yo‘nalishi;

  • VICh/SPID masalalari bo‘yicha yo‘nalish;

  • Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalish;

Ta’kidlash joizki, Assotsiatsiya 600 dan ortiq nodavlat notijorat tashkilotlar bilan birgalikda o‘tkazgan davra suhbatlarida “Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni loyihasi muhokama etildi hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritildi. Buning natijasida 2007 yilda “Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi. Ushbu Qonun NNTlar manfaatlarini himoya qilishni kafolatlaydi va huquqlarini mustahkamlaydi, shuningdek, davlat organlari bilan ijtimoiy sheriklik mexanizmini rivojlantirib, davlat subsidiyasi, davlat granti va davlatning ijtimoiy buyurtmasi ko‘rinishidagi davlat tomonidan NNTlar faoliyatini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning bir qator chora-tadbirlarini ko‘zda tutadi.

Yuqorida bayon qilingan fikr-mulohazalardan quyidagi xulosalarni chiqarish mumkin:



  1. Jamiyat hayotining turli soha va yo‘nalishlarida faoliyat ko‘rsatayotgan fuqarolik jamiyati institutlari huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati asoslari shakllanishining muhim shartidir.

  2. O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlarning bosh maqsadi erkin bozor munosabatlariga asoslangan ochiq, huquqiy demokratik davlat qurish, adolatli fuqarolik jamiyatini barpo etish, odamlar turmushini taraqqiy etgan davlatlar darajasiga ko‘tarish, mamlakatimizni jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egallashidan iboratdir.

  3. Fuqarolik jamiyatining asosiy tamoyillari nodavlat va jamoat birlashmalari orqali shakllanib boradi. Natijada jamiyat hayotida avtoritar va totalitar boshqaruvga xos xususiyatlar barham topib boradi.

  4. Bugungi kunda O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlari jahonning rivojlangan davlatlari va fuqarolik jamiyatining umume’tirof etilgan tamoyillari hamda milliy o‘ziga xos jihatlar asosida faoliyat yuritmoqda.

  5. Fuqarolik jamiyati institutlari sifatida faoliyat ko‘rsatuvchi nodavlat notijorat tashkilotlari va jamoat birlashmalari, o‘z mohiyatiga ko‘ra, davlat muassasalaridan farq qiladi. Bu tafovut, asosan, fuqarolik jamiyati tamoyillarining amal qilib borishi bilan belgilanadi.

  6. Fuqarolik jamiyatida boshqaruvning ko‘plab funksiyalari davlat tasarrufidan o‘z-o‘zini boshqarish organlariga o‘tib boradi. Aholining turli qatlamlari, alohida shaxs muayyan nodavlat va jamoat tashkiloti orqali jamiyat boshqaruvida faol qatnashadi. Shu asnoda jamiyat o‘zini o‘zi boshqarib boradi. Bu jarayonda qaysidir shaxs, hokim yoki rahbar xohish-irodasi, hukmronligi yoki muruvvati emas, balki fuqarolarning yuksak huquqiy madaniyati, dunyoqarashi ustuvor ahamiyat kasb etadi.

  7. Fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatining asl mohiyati unga a’zo bo‘lgan kishilar, shaxslar, ijtimoiy guruhlar, kasb-kor egalarining tub manfaatlari, hayotiy ehtiyojlarini qondirib borishdan iboratdir.

  8. Kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etishning muhim jihati fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy faolligiga erishish orqali ularning yuksak ma’naviyatli shaxs sifatida kamolotini ta’minlashdir. Bu esa, o‘z navbatida, kuchli fuqarolik jamiyati tamoyillarining amal qilishida ustuvor ahamiyat kasb etadi.

  9. “Ijtimoiy sheriklik” tushunchasi mamlakatni modernizatsiya qilish, ijtimoiy yo‘naltirilgan huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo qilish, jamiyat hayotining barcha sohalarida davlat tashkilotlari bilan nodavlat tashkilotlari hamda jamoat birlashmalarining o‘zaro hamkorlikda faoliyat ko‘rsatishini anglatadi.

  10. Barkamol avlodni tarbiyalab voyaga yetkazishda nodavlat notijorat tashkilotlari va jamoat birlashmalari faoliyati alohida ahamiyat kasb etib, ularning faoliyati aholi turli qatlam va guruhlarining ijtimoiy-siyosiy manfaatlari, ehtiyojlari va qiziqishlarini qondirib borishga yo‘naltirilgan.

  11. Moddiy-moliyaviy jihatdan baquvvat bo‘lgan nodavlat notijorat tashkiloti faoliyati orqali fuqarolarning ijtimoiy manfaat va ehtiyojlari ko‘proq qondirib boriladi. Bu esa, o‘z navbatida, jamiyat hayotida ijtimoiy adolat tamoyilining amal qilishini ta’minlaydi.

  12. Hozirda O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlarining shakllanishi va rivojlanishi uchun qulay ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, iqtisodiy-moliyaviy shart-sharoitlar yaratilgan. Ularning soni va faoliyat ko‘lami tobora yanada ortib va kengayib bormoqda. Masalan, 2010 yilda ularning umumiy soni 5100 ta bo‘lgan bo‘lsa, hozirga kelib 7 mingga yaqinni tashkil qilmoqda.


  1. Yüklə 268,81 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin