Islom Karimov
a’lumki, ommaviy axborot vositalari siyosiy-g’oyaviy, ma’naviy-ruhiy kommunikatsiyaning asosiy tayanchi sifatida jamiyatning ijtimoiy-siyosiy faolligiga kuchli tahsir etib, davlat institutlariga nisbatan jamoatchilik nazoratining kuchayishi uchun yangidan-yangi imkoniyatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Demak, ommaviy axborot institutlarining jamiyat hayotidagi ma’naviy-siyosiy salohiyati qanchalik kuchli bo’lsa, jamiyatda shu darajada faollik va rag’bat, bunyodkorlik hamda g’oyaviy uyg’oqlik tuyg’ulari kuchli bo’ladi. OAV institutlari orqali jamoatchilik nazoratini kuchaytirish fuqarolarga konstitutsiyaviy asosda o’zaro birlashish, uyushish huquqini ro’yobga chiqarishga imkon beradi. Aholi turli guruh va qatlamlarining ijtimoiy manfaat va qiziqishlarini ifoda etadi. Qolaversa, fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, huquqiy va siyosiy madaniyatini yuksaltirish vositasi bo’lib xizmat qiladi.
Mahruzada ta’kidlanganidek, OAVning yuksak g’oyaviy minbar va odamlar qalbu shuuriga tez tahsir etuvchi vosita singari imkoniyatlaridan samarali foydalanish – odamlar ongida demokratik qadriyatlarni mustahkamlash va aholining ijtimoiy hayotdagi ishtirokini kengaytirish, eng avvalo insonning o’zini o’zi tushunishi va fuqarolararo munosabatlarni yuksak ma’naviy-mahrifiy mezonlar asosida shakllantirishga xizmat qiladi. SHuningdek, OAV institutlari zamonaviy insonparvar tafakkurni, fuqarolardan ijodkorlik ruhini, yaratuvchilik qobiliyatini, bunyodkorlik imkoniyatlarini kengaytiradi. Ya’ni, kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirish, boshqarish, hozirgi zamon mehyorlari asosida kishilik taraqqiyotini ta’minlashning yangi usul va uslublarini qidirib topish zarurligidan kelib chiqib, OAVning siyosiy-huquqiy, tashkiliy-iqtisodiy va ijtimoiy-psixologik axborot tizimini boshqarish kabi qator, bir-biriga uzviy bog’liq bo’lgan imkoniyatlarini yanada kengaytirishni taqozo etadi. SHu bilan birga, OAVni boshqarish va tashkil etishning eng maqbul shaklini joriy etish zarur bo’lmoqda. Uning bevosita davlat hokimiyati va o’zini o’zi boshqarish organlari o’rtasidagi munosabat, o’zaro ishonchni, jamiyat va davlat taraqqiyotini, fuqarolar yakdilligini, ma’naviy va g’oyaviy jihatdan birligini tahminlovchi kuchli vositalar sifatida imkoniyatlarini yanada kengaytirish zarur bo’ladi.
OAV instituti, avvalo, milliy manfaat, jamiyat va shaxs erkinligini hisobga olgan, axborot olish va uni tarqatish kafolati hamda majburiyati bilan bog’liq jarayonlarning bevosita shaxsiy, mahalliy, urug’-aymoqchilik manfaatlaridan ustun turadigan, umummilliy manfaatga daxldor bo’lgan qadriyatga aylanib bormog’i lozim. Ana shunday sharoitda jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga yo’naltirilgan har qanday mazmundagi axborotni tarqatishdan oldin jamiyatning ma’naviy - ruhiy holatiga salbiy tahsir etuvchi, ijtimoiy, milliy, etnik, diniy tafovut va kelishmovchiliklarni kuchaytiruvchi, zo’ravonlik va urushni targ’ib etuvchi, pornografiya, maishiy buzuqlik, shaxslar mavqeiga, obro’siga va shahniga salbiy tahsir etuvchi axborotlarni chegaralashning norasmiy, vijdon bilan bog’liq bo’lgan, sog’lom aql va yuksak tafakkurga tayangan ma’naviy-ruhiy mehyorlari vujudga keladi.
O’zbekistonda demokratik tamoyillarni yanada rivojlantirish va kuchli fuqarolik jamiyatini takomillashtirish bo’yicha ustuvor yo’nalishlar mustaqillik yillarida huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini qurish chora-tadbirlarining izchil va qonuniy tus olganiga bevosita bog’liq. Ana shundan kelib chiqib, demokratik islohotlarni chuqurlashtirishning hozirgi bosqichida huquqiy demokratik davlat tamoyillarini amalda ro’yobga chiqarish - davlat organlari, qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat faoliyati ustidan OAV orqali jamoat nazoratini o’rnatish zarurati kuchayib bormoqda.
OAV faoliyatini erkinlashtirish – jamiyatda o’tkazilayotgan islohotlarning ochiqligini tahminlaydigan demokratik printsiplarni hayotga joriy etuvchi vositadir. Fuqarolarning ijtimoiy faolligi va siyosiy madaniyatini oshirishda OAVning roli tobora oshib bormoqda. Bu, hatto, davlat tizimi faoliyatining barcha jabhalarida xo’jalik yurituvchi sub’ektlar o’rtasida raqobat muhitini qaror toptirish va Hammaga barobar bo’lgan shart-sharoitlar yaratishga qaratilishi, davlat boshqaruvi idoralari vazifalarini davlat hokimiyatining quyi tuzilmalariga, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlariga o’tkazish masalasida aks etadi.
O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti OAV instituti va jamoatchilik nazorati tushunchalarining mohiyati va ahamiyatini tobora oshirmoqda. Mazkur serqirra, murakkab, zargarlarga xos noziklik bilan hal qilishni talab etgan ijtimoiy-siyosiy jarayon tobora yangi mazmun kasb etmoqda. Tub yangilanishlar davrining o’ziga xos murakkabliklari, katta geosiyosatdagi suveren davlatlarga nisbatan olib borilayotgan tashqi bosimlarning ko’lami, shu bilan bir qatorda kuchli fuqarolik jamiyatining muhim elementi bo’lmish siyosiy saylovlar tajribasi mazkur muammoning naqadar murakkabligini namoyon qilmoqda. Ayniqsa, OAV faoliyatini erkinlashtirish, jamiyatda o’tkazilayotgan islohotlarning ochiqligini tahminlaydigan demokratik printsiplarni hayotga joriy etuvchi jarayon ekani kunday ravshan bo’lib bormoqda.
Davlatning iqtisodiy sohaga, jumladan, xo’jalik yurituvchi tuzilmalar, birinchi navbatda xususiy sektor faoliyatiga aralashuvini cheklashi hamda qonunlar ijrosi bo’yicha davlat hokimiyati organlari ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirishi lozim. Ayni shu g’oyani mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimov keng jamoatchilik oldiga strategik masala sifatida qo’ymoqda. Ya’ni, ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal qilishda davlat tuzilmalarining rolini kamaytirish va bu vazifalarni bosqichma-bosqich jamoat tashkilotlari zimmasiga o’tkazish
zarurligini talab qilmoqda. Ayni ana shu vazifalarni bajarish esa OAV institutining fuqarolarning ijtimoiy faolligi va siyosiy madaniyatini oshirishdagi roliga ham bevosita bog’liqdir.
I
O’zbekistonda telekommunikatsiyalar tizimi dunyoning 180 ta mamlakatiga 28 ta yo’nalish bo’yicha to’g’ridan-to’g’ri chiқadigan xalқaro kanallarga ega.
Keyingi 10 yil ichida bosma ommaviy axborot vositalarining soni 1,5 barobar, elektron ommaviy axborot vositalarining soni 7 barobar ko’paydi.
respublikada Internet tizimidan foydalanuvchilar soni 6 milliondan oshdi.
Dostları ilə paylaş: |