Islom Karimov
slohotlar taqdiri, demokratlashtirishning samarali natijalar berishi va istiqboli ko’p jihatdan OAVning aholi ijtimoiy-siyosiy faolligi, aql-zakovati va fidoiylik tuyg’ularini shakllantiruvchi muhim institut sifatidagi vazifalarini qay darajada bajarayotgani bilan ham bog’liq. Inson ongida demokratik qadriyatlarning chuqur ildiz otishi, uning o’z ijtimoiy burchini tushunish va xaq-huquqlarini yanada kengaytirish istagi, yuksak ma’naviy-mahrifiy saviyaga ega bo’lish, o’z manfaatlarini ongli idrok qilish singari qadriyatlar bilan bog’liq masalalarni hal etishda OAVning roli katta. Ayni OAV tuzilmalarining xalqni qarorlar qabul qilish jarayonlaridan xabardor qilib borish, hukumat qarorlari xalq tomonidan qanchalik nazorat qilinishi, fuqarolarning davlatni boshqarishda qanchalik ishtirok eta olishini belgilaydigan institut sifatidagi roli tobora ortmoqda.
1994 yilda respublikada 475 ta OAV, ulardan 384 ta gazeta, 66 ta jurnal, 19 ta telestudiya, 3 ta kabelg’ televideniesi, 2 ta radiostudiya va bitta agentlik faoliyat ko’rsatgan bo’lsa19, davlatimiz rahbari o’z mahruzasida ta’kidlaganidek, keyingi 10 yilning o’zida bosma ommaviy axborot vositalarining soni 1,5 barobar, elektron ommaviy axborot vositalarining soni esa 7 barobar ko’payib, bugungi kunda ularning umumiy soni qariyb 1200 taga yetdi. Mavjud barcha telekanallarning qariyb 53 foizi, radiokanallarning esa 85 foizi nodavlat ommaviy axborot vositalari hisoblanadi. Ommaviy axborot vositalari O’zbekistonda yashaydigan millat va elatlarning 7 ta tilida faoliyat olib boradi, shuningdek, bosma materiallar va teleko’rsatuvlar ingliz tilida ham tarqatilmoqda.20
Mamlakatimizda ommaviy axborot vositalari sohasida olib borilayotgan davlat siyosatining qonunlar yordamida mustahkamlanishi, ommaviy axborot vositalari faoliyati erkinligi va mustaqilligini amalda ta’minlash, ularni tom mahnoda "to’rtinchi hokimiyat" sifatida shakllanishi uchun yetarli huquqiy asos bo’lib xizmat qilmoqda.
O’zbekistonda demokratik yangilanishlar jarayonini chuqurlashtirish va fuqarolarning erkinliklarini ta’minlashning g’oyat muhim sharti - ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish uchun demokratik andozalarni joriy etish bo’yicha aniq va izchil choralarni amalga oshirishdir. Bu boradagi asosiy vazifa matbuot, televidenie, radio faoliyatini yanada liberallashtirish, ularning mustaqilligi va erkinligini amalda ta’minlashdan, ommaviy axborot vositalarini fikrlar va g’oyalarni erkin ifoda etadigan maydonga aylantirishdan iborat. Bu choralar n
O’zbekistonda keyingi yillarda sunhiy yo’ldosh aloqa tarmog’i orқali teleradiodasturlarni tarқatish yo’lga qo’yildi. Bugungi kunda mamlakatimiz telekommunikatsiyalar tizimi dunyoning 180 ta mamlakatiga 28 ta yo’nalish bo’yicha to’g’ridan-to’g’ri chiqadigan xalqaro kanallarga ega. Yurtimizdagi teleradiokanallar tomonidan tayyorlanayotgan ko’rsatuv va eshittirishlar Internet global tarmog’i orqali real vaqt rejimida jaҳonga uzatilmoqda...
Dostları ilə paylaş: |