Fuqarolik jamiyati institutlari tushunchasi, uning ma’no va mazmuni


Mazkur markazlar faoliyatining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat



Yüklə 268,81 Kb.
səhifə5/79
tarix01.01.2022
ölçüsü268,81 Kb.
#50392
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79
Fuqarolik jamiyati institutlari tushunchasi, uning ma’no va mazm

Mazkur markazlar faoliyatining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

- O‘zNNTMAning hududlardagi a’zolarini axborotlar, assotsiatsiya va hamkorlar bilan birgalikda tashkil etilayotgan loyihalar, grant tanlovlari xususidagi yangiliklar bilan ta’minlash;

- O‘zNNTMAning hududlardagi a’zolarini NNT faoliyati borasidagi yangiliklardan xabardor qilish;

- O‘zNNTMAga yangi a’zolarni jalb qilish;

- NNT va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini axborot va texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlash.

Resurs markazlari tashkil etilishi natijasida O‘zNNTMAning hududlardagi amaliy harakatlari yanada faollashdi, NNT faoliyatini muvofiqlashtirish ishlari ham ijobiy samara bera boshladi, shuningdek, NNT va boshqa jamoat tashkilotlarining O‘zNNTMA faoliyati to‘g‘risida axborot olish imkoniyati kengaydi.

Umuman olganda, resurs markazlari faoliyatining tahlili NNT va O‘zNNTMA a’zolarining o‘zaro tezkor fikr, tajriba almashish va axborot tarqatish mexanizmining samarali faoliyatiga ehtiyoji borligini ko‘rsatayapti.

O‘zNNTMA a’zolari va keng jamoatchilikni O‘zbekistondagi NNT faoliyati haqidagi ma’lumotlar bilan ta’minlash maqsadida O‘zNNTMA veb-sayti (www.ngo.uz) tashkil etilgan va u muntazam ravishda yangilanib borilayapti. Shu bilan birga, ommaviy axborot vositalari bilan doimiy hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan. O‘zNNTMA va uning a’zolari tomonidan tashkil etilayotgan barcha tadbirlar, konferensiyalar radio-televidenie, gazeta va jurnallarda keng ko‘lamda yoritilmoqda.

Mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan fuqarolik institutlarining O‘zNNTMA orqali xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikdagi faoliyati ham ortib bormoqda. Fikrimizga misol sifatida quyidagi ma’lumotlarga e’tiboringizni jal qilamiz. Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda O‘zNNTMA ishtirokida tanlab olingan jami 1,3 mln. Yevroga teng 6 ta o‘zaro hamkorlik loyihasi amalga oshirilmoqda.

O‘zNNTMA O‘zbekistonda IBPP loyihalarini qo‘llab-quvvatlash va monitoringini yuritish guruhini tuzish tashabbusi bilan chiqdi hamda Yevropa Uyining O‘zbekistondagi vakolatxonasi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston-Evropa Ittifoqi Komissiyasi Hamkorlik Byurosi bilan ushbu tashabbusni amalga oshirmoqda.

Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (EXHT)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan ham o‘zaro hamkorlik faoliyati davom etmoqda. Xususan, NNTlar loyihalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida YeXHT bilan hamkorlikda kichik ijtimoiy loyihalar tanlovi o‘tkazildi. Natijada jami 63, 6 mln. so‘mga teng 10 ta NNT loyihasi tanlab olindi va bajarilmoqda.

Xalqaro moliyaviy resurslarni NNT loyihalariga jalb etish maqsadida memorandum asosida Jahon Banki bilan o‘zaro hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. O‘zNNTMA ishtirokida amalga oshirilgan grant tanlovi natijalariga ko‘ra, jami 55 ming dollarga teng 8 ta loyiha tasdiqlandi va O‘zNNTMA yordamida amalga oshirilmoqda.

Ma’lumki, fuqarolik jamiyati institutlari jamiyat hayotining barcha sohalarida amal qiladi. Jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, ta’lim, madaniy sohalarini rivojlantirish fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatisiz amalga oshmaydi. Bu esa keng aholi ommasining ijtimoiy faolligi orqali kechadi. Shuning uchun aholi ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida davlatimiz tomonidan ilgari surilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy mazmundagi turli dasturlarni hayotga tatbiq qilib borishda davlat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati institutlarining o‘zaro hamkorligi muhim ahamiyat kasb etadi.

O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning dolzarb ijtimoiy masalalarini hal etish maqsadida maxsus guruh va turli idoralar tashkil etildi. Huquqni muhofaza qilish organlarining inson huquqlariga rioya qilish ahvolini o‘rganish bo‘yicha idoralararo ishchi guruhi tarkibida O‘zNNTMA, Advokatlar palatasi va boshqa jamoat tashkilotlari vakillarining mavjudligi demokratik institutlarning ushbu jarayonlardagi faol ishtirokini davlat tomonidan kafolatlanganligining belgisidir.




Yüklə 268,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin