Axborot erkinligini ta’minlash tushunchasi, mazmun-moxiyati, Axborot
resurslaridan foydalanish mehanizimlarini rivojlantirish.
Istiqlol tufayli fuqarolarimizning dunyoqarashi, tafakkuri, huquqiy ongi va madaniyatida tub o’zgarishlar yuz berdi. Bugun O’zbekistonda boshqaruvni liberallashtirish davlat va jamiyatni modernizatsiya qilish, iqtisodiyotni erkinlashtirish, adolatli fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonlari OAV faoliyatiga yangicha yondashuvlarni taqozo etmoqda. Mazkur masala, shubhasiz, fuqarolik jamiyatining muhim institutlaridan biri bo’lmish ommaviy axborot vositalari faoliyatini erkinlashtirish masalalariga borib taqaladi.
Har qanday jamiyatda axborot hamisha mamlakat taraqqiyotining ko’zgusi, kishilarning ongi, dunyoqarashi, siyosiy saviyasining shakllanishida asosiy vosita bo’lib xizmat qilib kelgan. Bu holat ayniqsa shiddatli surhatlar bilan o’zgarib borayotgan bugungi globallashuv zamonida har qachongidan ko’ra keng tarmoq yozdi, binobarin, hayotimizning birorta sohasini ommaviy axborot vositalarisiz tasavvur qilib bo’lmaydi.
So’z va matbuot erkinligi, uning keng oshkoraligi, islohotlarning ochiqligini tahminlaydigan demokratik printsiplarni hayotga joriy etish imkonini beradi. Ayni ana shu vazifa nuqtai-nazaridan jamiyatni yanada rivojlantirish, uni sifat jihatidan yangilashda ustuvor yo’nalish bo’lib qolmokda.
Kuchli fuqarolik jamiyatini rivojlantirish ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal qilishda davlat tuzilmalari vazifalarini bosqichma-bosqich jamoat tashkilotlari zimmasiga o’tqaza borish singari demokratik tamoyillarni chuqurlashtarishda OAV imkoniyatidan samarali foydalanish zarur bo’lib qolmoqda.
Axborot sohasini isloh qilish, milliy ommaviy axborot vositalari sohasida butkul yangi tizimni yo’lga qo’yish, axborot va so’z erkinligini, shuningdek, mamlakatda saylov huquqi erkinligini ta’minlash, saylov qonunchiligini yangi pog’onalarga ko’tarish borasida erishilgan yutuqlar mohiyatida ham o’zbek modelining mahno-mazmunini tashkil etgan qadriyatlar, hayotiy printsiplar mujassam bo’lgan.
Mustabid tuzumga xos o’z umrini o’tab bo’lgan jamiyatni boshqarish aqidalaridan voz kechib, yosh mustaqil davlatni zamonaviy rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga olib chiqish, hayot sifatini yaxshilash, ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan ochiq demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish o’z-o’zidan amalga oshmasligi ortda qolgan yigirma yillik shonli va g’oyatda murakkab istiqlol yillari voqealarida o’z ifodasini topdi. SHu o’rinda hech ikkilanmay aytish mumkinki, jamiyat hayotida yuz bergan va berayotgan voqea-hodisalarning hech birini axborot sohasidan, ommaviy axborot vositalaridan ajratgan holda tushunish mumkin emas. Xususan, mamlakatda demokratik jamiyat asoslarini barpo etish axborot va so’z erkinligini ta’minlash masalalari bilan chambarchas bog’liqdir. CHunki fuqarolarning axborotga doir huquq va erkinliklarini ta’minlash demokratik hayot barpo etish yo’lidagi har qanday jamiyat oldida turgan birlamchi masalalardan hisoblanadi. Aytish joizki, O’zbekiston bu borada eng to’g’ri yo’lni tanladi va ushbu yo’ldan og’ishmay olg’a bormoqda.
M
Bugun biz demokratik jarayonlarni chuqurlashtirish, aҳolining siyosiy faolligini oshirish, fuqarolarning mamlakatimiz siyosiy va ijtimoiy ҳayotidagi amaliy ishtiroki ҳaqida so’z yuritar ekanmiz, albatta, axborot erkinligini tahminlamasdan, ommaviy axborot vositalarini odamlar o’z fikr va g’oyalarini, sodir bo’layotgan voqealarga o’z munosabati va pozitsiyasini erkin ifoda etadigan minbarga aylantirmasdan turib, bu maqsadlarga erishib bo’lmasligini o’zimizga yaxshi tasavvur etamiz.
Dostları ilə paylaş: |