Badiiy obraz musiqa asarlarida o’ziga xos tarzda, ya’ni, ma’lum tovushlar va ohanglar sintezi sifatida aks yettiriladi. Musiqa asarlarida shakl va mazmun bir-birini to’ldiruvchi unsurlar sifatida muhim ahamiyatga egadir. Musiqa musiqiy obrazlar orqali ochib beriladigan u yoki bu mazmunga ega bo‘ladi. Bu tabiat manzaralari, ijtimoiy hayotdagi hodisalar va vaziyatlar, insonning ichki ma’naviy olamidir. Musiqa kishining hissiyoti, kayfiyatini ifodalashga qodir. Shu bilan birga uning tabiat manzaralarini tasvirlash, harakat obrazlarini gavdalantirish, hayotning samimiy ovozlari (qushlarning sayrashi, momaqaldiroqning guldirashi)ga taqlid qilishga ham layoqati bor. 2. Musiqiy tovush va uning xususiyatlari. Tovush fizik hodisadir. O‘z navbatida “tovush” tushunchasi yana bir necha uzviy bog‘langan turli hodisalar zanjirini o‘z ichiga oladi. Tovush manbai birorta jism (masalan, simli tor)ning tebranish harakatlaridir. Bunday harakatlar natijasida, havoda to‘lqinsimon tеbranishlar, ya’ni tovush to‘lqinlari yuzaga kеladi. Ular esa eshitish organga ta’sir qilib, eshitish nеrvi orqali bosh miyaga o‘tadi va tovush sеzgisini vujudga kеltiradi. Musiqaning elementar nazariyasi kursida tovush so’zi ikki xil tushunchani bildiradi: – fizik holatdagi tovush; – sezgi holatidagi tovushdir. Birinchisi Ikkinchisi 1. Masalan, biror egiluvchan jism, cholg’u asbobi torining tebranishi natijasida havoda uzunasiga taralgan to’lqinli tebranishlar hosil bo’ladi. Bu tebranishlar tovush to’lqinini hosil qiladi. Ular tovush manbaidan turli tomonlarga aylanasimon tarqaladi. Ushbu hodisaning umumiy zanjiri quyidagicha amalga oshadi: tovush to’lqini manbai – tovush to’lqinlari – eshitish organiga tovush to’lqinlarining ta’sir etishi – eshitish analizatorlari orqali qabul qilingan qo’zg’atuvchi ta’sirining bosh miyaga uzatilishi.