Tembr (tovush tusi) Yangrayotgan tovushning balandligi tebranayotgan egiluvchan jismning tebranish tezligi, ya’ni chastotasiga bog’liqdir. Tebranish qanchalik tez bo’lib tursa, tovush shunchalik baland bo’ladi va aksincha, tebranish qanchalik sust bo’lsa, tovush shunchalik past bo’ladi. Tovushning balandligi Yangrayotgan tovushning cho’zimi tebranayotgan jismning to’lqin amplitudasiga bog’liqdir. Tovushning uzun yoki qisqaligidan uning fizik xarakteri o’zgarmaydi, lekin musiqa nuqtai nazaridan tovushning cho’zimi uning yana bir xususiyati bo’lib, muhim ahamiyatga egadir. Tovush cho’zimi tovush manbai tebranishining davom etishiga bog’liq bo’ladi. Masalan, tovush chiqa boshlaganda tovush manbaining tebranishi qanchalik keng bo’lsa, tovushning pasayib borishi ham shuncha uzoq davom etadi. Bunda albatta, tovush manbai bo’lgan jism erkin tebranishi shart. Tovushning cho’zimi
Yangrayotgan tovushning qattiqligi tebranish harakatining kuchiga, ya’ni, tovush manbai bo’lgan jismning tebranish kengligiga bog’liqdir. Tebranish harakatlari amalga oshiriladigan fazo doirasi tebranish amplitudasi (kengligi) deyiladi (1 – rasmga qaralsin).
Tovushning qattiqligi Tebranish amplitudasi qanchalik katta bo’lsa, tovush shunchalik qattiq eshitiladi va aksincha.
Tembr Tembr deb tovushning sifat xususiyati, uning rang-barangligiga aytiladi. Tembr xususiyatlarini ifodalashda his-tuyg’ularga taalluqli turli iboralar qo’llaniladi, masalan: mayin, keskin, yo’g’on, jarangdor, kuychan tovush deyishadi va h.k. Ma’lumki, har bir cholg’u asbobi yoki inson ovozi o’ziga xos tembrga egadir. Xilma-xil cholg’u asboblarida eshitiladigan ma’lum balandlikdagi tovushlar o’zlarining rang-barangliklari bilan bir-biridan farq qiladi. Tembrning farqlanishi har bir tovushga xos bo’lgan yuqori tonlarning tarkibiga (tabiiy aks-sadolarga) bog’liqdir. Mark Feezell. Music theory fundamentals. High-yield music theory,