OKTAVA
Bir xil nomdagi tovushlar oralig’idagi eng yaqin masofa oktava deyiladi. Tovushqatorning asosiy yetti pog’onasini o’z ichiga olgan har bir qismi oktavalar deb aytiladi. Butun tovushqator bir necha oktavaga bo’linadi. Musiqa amaliyotida har bir oktavaning boshlanish notasi do pog’onasining tovushi deb qabul qilingan.
Musiqaning elementar nazariyasi kursida o’rganiladigan butun tovushqator yettita to’liq oktava va tovushqatorning ikki tomoni fortepiano klaviaturasining ikki chetida joylashib, to’liq bo’lmagan ikki oktavani tashkil etuvchi to’rtta tovushdan iborat.
Oktavalar pastdan yuqoriga tomon quyidagicha ataladi: subkontroktava, kontroktava, katta oktava, kichik oktava, birinchi oktava, ikkinchi oktava, uchinchi oktava, to’rtinchi oktava, beshinchi oktava. Bulardan to‘liq oktavalar – kontroktava, katta oktava, kichik oktava, birinchi oktava, ikkinchi oktava, uchinchi oktava, turtinchi oktava; to‘liqsiz oktavalar – subkontroktava (uchta tovushdan iborat) va bеshinchi oktava (bitta tovushdan iborat).
Tayanch iboralar
Tovush tebranishi chastotasi va amplitudasi, obertonlar, tovush tembri, tovushning balandligi, uzunligi (cho’zimi), qattiqligi (kuchi). Oberton, yuqori tonlar, tabiiy tovushqator, tovush to’lqini, qo’shimcha to’lqinlar, asosiy ton. balandlik, qattiqlik, cho‘zim, tеmbr, musiqiy tizim, tovushqator, asosiy pog‘onalar , oktava. Oktava, subkontroktava, kontroktava, katta oktava, kichik oktava, birinchi oktava, ikkinchi oktava, uchinchi oktava, to’rtinchi oktava, beshinchi oktava, harfiy tuzilma.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
1. Fizik va sezgi holatidagi tovush xususiyatlarini
ayting.
2. Tovush to’lqini deb nimaga aytiladi?
3. Sezgi holatidagi tovushga ta’rif bering.
4. Bir sekunddagi tebranishlar soni deganda nimani
tushunasiz?
5. Tovushning nechta fizik xususiyati bor?
6. Tovushning balandligi deganda nimani tushunasiz?
Dostları ilə paylaş: |