Yarmidan hosil bo’lgan to’lqin (ikki marta tez): Uchdan bir qismidan hosil bo’lgan to’lqin (uch marta tez): To’rtdan bir qismidan hosil bo’lgan to’lqin (4 marta tez) Torning dastlabki tovushi (asosiy toni) ning tebranish sonini birlik sifatida olsak, yuqori tonlarning tebranish sonlarini quyidagi oddiy raqamlarda ifodalash mumkin: 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10, 11, 12, 13, 14, 15, 16 va hokazo.
Muayyan balandlikdagi munosabatda bo’lgan tovushlar qatoriga musiqaviy tuzilma deyiladi. Tuzilma tovushlarining o’z balandligiga qarab joylashishi tovushqator, tovush esa uning pog’onasi deyiladi. Musiqaviy tuzilmaning to’liq tovushqatori 88 ta xilma-xil tovushlarni o’z ichiga oladi. Bu tovushlar (ya’ni eng past tovushlardan eng yuqori tovushlargacha) 16 gts dan 4176 gts tebranishga egadir. Ana shu tovushlar balandligi inson qulog’i qulay eshita oladigan tovushlardir. Insonning vokal ovozi taxminan 60 dan 1000 gts gacha bo’lgan diapazonda yangrashi bois, ko’pgina cholg’u sozlar aynan ushbu diapazon doirasida tovush hosil qiladi. Tovushlar bo’g’inli va harfiy nomlar bilan ataladi. Musiqaviy tuzilma tovushqatorining asosiy pog’onalariga yettita mustaqil nom berilgan:
Bo’g’in bilan
Do
Re
Mi
Fa
Sol
La
Si
Harfli
C
D
E
F
G
A
H
Asosiy bosqichlarga berilgan ushbu nomlar o’rta asrlarda shakllangan. Bu asosiy pog’onalar fortepianoning oq klavishlari tovushlariga mos keladi va ular 52 ta asosiy klavishlardan iborat: Musiqa tovushqatoridagi yettita asosiy pog’onaning nomi ma’lum bir vaqtda takrorlanib turadi hamda shu yo’l bilan barcha asosiy pog’onalar tovushlarini o’z ichiga qamrab oladi. Bu yuqori tomon sanalgan, oq klavishlarda chiqariladigan har bir sakkizinchi tovush birinchi tovushga nisbatan ikki marta tezroq tebranishi natijasida hosil bo’ladi. Demak, u birinchi boshlang’ich tovushning ikkinchi yuqori toniga mos keladi va unga hamohang bo’lib eshitiladi.