Mavzuni takrorlash va mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:
Geografiya o‘qitish metodikasining dolzarb vazifalarini izohlab bering.
Geografiya fani nimani o‘rgatadi?
Geografiya o‘qitish metodikasi nimaga asoslangan?
Geografiya o‘qitish metodikasi predmetining asosiy maqsadini yoriting?
Metodika nima?
Geografiya o‘qitish metodikasi qaysi fanlar bilan uzviy bog’langan. 7.Geografiya o‘qitish metodikasi fani oldiga qanday vazifalar qo‘yilgan?
Tayanch tushunchalar: moddiy, sanitar-gigiena, anatomiya, kuzatish, didaktika, metodika.
2.1.Geografiyani o‘qitish metodikasining pedagogika o‘quv predmeti sifatida ilmiy-nazariy va amaliy yutuqlari, ta’limiy va tarbiyaviy ahamiyati
Geografiya metodikasi pedagogikada qo‘llanadigan tadqiqot metodlaridan foydalanadi. Tadqiqotchi-metodist maktabda geografiyani o‘qitish jarayonini kuzatadi. Kuzatilgan faktlarni tahlil qiladi va taqqoslaydi, hodisalar o‘rtasidagi qonuniy bog’lanishlarni aniqlaydi, xulosa va umumlashtirishning to‘g’riligini amalda tekshiradi endi buning natijasida geografiyani o‘qitish tamoyillarini belgilaydi.
Kuzatish va tajriba geografiyani o‘qitish metodikasi sohasidagi eng zarur metod. Shuningdek geografiyani o‘qitish metodikasi didaktika bilan bog’langan fan. Uning uchun ta’lim va tarbiyaning pedagogik maqsadi va vazifalariga asoslangandagina maktab geografiya kursini to‘g’ri tuzish, boshlng’ich va ulardan keyingi sinflar o‘quv predmetlari sistemasida uning o‘rni va rolini aniqlaydi. O‘quv materialini tanlash va uni sinflar bo‘yicha taqsimlash didaktik prinsiplar bilan izohlanadi. Endi ular xususiy metodik masalalarni hal qilishda, o‘qitish metodlar tanlashda, o‘quvchilarning o‘quv faoliyatini tashkil qilishda ishtirok etadilar. Geografiya metodikasi o‘quvchilarni amaliy faoliiyatga tayyorlash bilan bog’liq bo‘lgan masalalarni pedagogikaning politexnika ta’lim muommalarini ishlab chiquvchi bo‘limiga tayanadi. Geografiyani o‘qitishning tarbiyalovchilik xarakteri to‘g’risidagi masalani metodika tabiat rivojlanishining umumiy qonuniyatlari va kompleks tarbiya nazariyasiga asoslanib ishlab chiqadi.
Geografiyani o‘qitish metodikasi fiziologiya, anatomiya, gigiena, botanika, zoologiya, geografiya, agrotexnika, meteorologiya, mantiq va psixologiya bilan
chambarchas bog’liqdir. Shaxsning kamol topishi va rivojlanishi uning ayrim ishlarini, munosabatini, xarakterini o‘z ichiga olgani faoliyat jarayonida boradi. Bu faoliyat turning o‘qish, mehnat, o‘yin, muloqotlarining dalillari alohida ahamiyatga egadir. Muloqot dalillari har qanday darsning tarkibiy qismi bo‘lishi kerak. Uni o‘qituvchi hisobga olmasa, tabiat to‘grisidagi bilimlar imkoniyatini pasaytirib yuboradi. Tabiat bilan to‘g’ri tashkil qilingan muloqot kichik yoshdagi maktab o‘quvchilarida go‘zallikni his etishni boyitadii va chuqurlshtiradi, ularda o‘z harakatini va ishini o‘zi baholay olish qobiliyati rivojlanadi. Tabiat bilan muloqot jarayonida o‘rtoqlariga hurmat va mehr-muhabbat vujudga keladi.
Geografiya o‘qitish metodikasining boshqa fanlar bilan bog’liqligi
Geografiya o‘qitish metodikasi jonsiz tabiat, botanika, hayvonot olami va odam anatomiyasi «Odam uni salomatligini saqlash», «psixologiya», «pedagogika»,
«ekalogiya» kabi fanlar bilan chambarchas bog‘liq.
Geografiya kursini o‘qitish o‘qituvchidan geografiya fanlari sohasida bilimdon bo‘lishni talab etadi. Nazariy jihatdan tabiat hodisalarini ilmiy tushuntirish uchun ham, amaliy jihatdan esa tabiatdagi o‘simlik va hayvonlarni bilish, ularni aniqlash, parvarish qilish, o‘stirish ustida tajribalar olib borish uchun zarur.
Geografiya fanida kuzatish tajriba o‘tqazish va to‘plangan faktlarni nazariy jihatdan umumlashtirish, tadqiq qilishning asosiy metodlari hisoblanadi. Boshlang’ich maktab geografiyani o‘qitish metodikasi o‘quvchilami o‘qitishda ularga tabiat haqidagi tushunchalarni sodda qilib, ularning ongiga yetib borishi uchun ko‘proq ko‘rgazma materialiarni yoki obyektlarni yaqqol ko‘rsatish orqali tushuncha hosil qildirish, yuqori sinf o‘quvchilariga fan yerishgan fakt va qonuniyatlar to‘g‘risida aniq misollar keltirish orqali ulardagi tushunchalarni mustahkam egallashlarida (korreksion) to‘g‘irlash ishlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish maqsad qilib qo‘yiladi.
Geografiyani o'qitish metodikasi, bakalavr talabalar oldiga o‘quvchilarga tabiat haqidagi bilimlami berishda oddiydan murakkabga qarab borish; boshlang‘ich sinf o'quvchilariga geografiya darslari orqali tabiat haqidagi bilimlarni oddiy
tushunchalar berilishi, 4-sinfdan jonsiz tabiat haqidagi bilimlar oddiy tushunchalar kundalik hayotida ko‘p uchraydi.
Boshlang’ich maktab o‘quvchilari darsda bilimlarni tezda o‘zlashtira olmaydi. bolalar tafakkuri rivojlanmasligi natijasida ham bilish faoliyatlari turli xilda rivojlangan bolalar maktabda ta’lim-tarbiya oladilar. Bunday har xil kontinentga ega bo‘lgan bolalar uchun ta’lim jarayonini boshqarish geografiya o‘qituvchisi irodali o‘z kasbini mohir ustasi bo‘lishi kerak. Shunga qarab o‘qituvchi dars berishni turli usullarini qollashi maqsadga muvofiqdir. Ayniqsa materiyani birlamchiligi ongning ikkilamchiligi haqidagi dialektik materializm qonuniyatlarini o‘qituvchi oddiy so‘zlar bilan tushuntirishi va tabiat muzeylariga ekskursiyalar uyushtirib ko‘rsatib tushuntirishlari lozim.
Hozirgi zamon geografiya o'qitish metodikasi ta’lim- tarbiyaning yagona qismi, shakl va metodlarning yaxlit sistemasi sifatida qaraydi.
O‘qituvchi va o‘quvchilaming butun o‘quv ishi doimo rejali ravishda rivojlanib boradi. Har bir mavzularni o'qiganlarida yildan yilga ularning dunyoqarashi, tafakkuri, ko‘nikma va malakalari rivojlanadi. Ta’lim va tarbiya metodlari asta-sekin murakkablashdi.
Dialektik materializm qonuniyatlarini bilishi, o‘qituvchiga tarbiyalovchi ta’lim jarayonining bir butunligi va qarama - qarshiliklarini (metodlarning, ko‘rgazmalilikni qo‘llanishi miqdori, sifatini) tushunishga yordam beradi.
O‘qituvchi geografiya kursining barcha mavzulari o‘zaro bog‘liqligini, har bir keyingi mavzu oldingisi asosida tuzilganligini hamisha e’tiborga olishi kerak. Shuningdek, o‘quvchilarning tabiat mavzusini o‘rganishi ma’lum bir ma’noda boshqa dars va boshqa fanlarga ham o‘tadi. Demak, boshlang'ich sinflarda geografiyaning butun kursi integratsion va fanlararo aloqalar hisobidan tuzilgan (integratsiya — ilm-fanning aloqa va yaqinlashish jarayoni). Integratsiyalashgan aloqalar shunday aloqaki, «O‘zbekiston — globus va xaritada» degan juda keng mavzuga kiradigan kichik mavzuchalar o‘zaro chambarchas bog‘liq, asosan muhim geografiyaga oid tushunchalar bir mavzudan ikkinchi mavzuga o'tadi, shu tariqa yanada chuqurlashtiriladi.
O‘qituvchi o‘z ishini shunday tuzishi kerakki, o'quvchilarda shakllangan tushunchalar keyinchalik rivojlanib, aniqlashtirilsin. Ba’zi darslarda integratsiya aloqalari tabiatni ona tili darsida, o‘qish darsida, g‘o‘za, boshqa o‘simliklar, hayvonlar haqidagi misollar bilan matematika darsida, shuningdek, mehnat darsida ham ko'rinadi. Fanlararo aloqalar o‘qituvchiga geografiyaga oid tushunchalarni shakllantirish ishlarini nafaqat geografiya darslarida, balki boshqa fan darslarida ham o‘tkazilishini taqozo etadi: fanlararo aloqalar o'quv jarayonini kengaytirib beradi. Geografiya qishloq xo‘jaligi mehnati bilan bogliqdir. O‘z o‘lkasining madaniy va yovvoyi o‘simliklari, hayvonlari, tuprog‘ining tuzilishi va qayta ishlanishini o‘rganish kabi geografiyaga oid bilimlar qishloq xo‘jaligi mehnatining nazariy negizi sifatida zarurdir. O‘z navbatida o‘quvchilarning o‘quv-tajriba maydonchasida, qishloq xo'jaligi korxonalariga uyushtirilgan sayohatlardan olgan amaliy bilimlari, ko‘nikma va malakalari geografiya darslarida keng qo‘llanilishi kerak. Tabiat hodisalarini kuzatish ona tili darslarida og‘zaki va yozma nutqni rivojlantirish uchun keng material bo‘la oladi. Tasavvurlar tabiat (qonuniyatlarini o‘rganishni kuchaytiribgina qolmay nutqning rivojlanishiga ham yordam beradi. Badiiy so‘z tabiatning go‘zalligi va mukammalligini kuchliroq sezishga imkon yaratadi (masalan, tabiat haqida she’r o‘qish). Tabiat haqidagi she’rlar nafaqat mazmunan qulay, balki tabiat timisollarini ta’riflovchi musiqiy va ohangdor bo‘lishi ham kerak. Tabiatni she’riy o‘zlashtirish jarayoni o‘qituvchi rahbarligida bo‘lishi kerak, u o‘quvchilarning taassurotlarini aniqlaydi va sistemaga soladi, estetik hissiyotlami ko‘rsatishda chiroyli aniqlovchilar topishga undaydi. Geografiya darslarida she’riy asarlar, badiiy rassomchilik asarlaridan foydalanish o'quvchilarning tabiatni jo‘shqin qabul qilishini kuchaytiradi, shuningdek, ijodiy tasviriy faoliyatga qiziqishini orttiradi. Badiiy asarlar ko‘rgazmasini borib ko‘rish tabiat go‘zalliklariga qiziqishni kuchaytiradi. Tabiat hodisalarini o‘rganishda, geografiya bo‘yicha daftarlarga ob’yektning aslidan va tabiat hodisalari haqida hikoyalar, rasm va jadvallar tuzib to‘ldiradilar. Sayohat davrida, amaliy mashg'ulotlarda, o‘quv-tajriba maydonchasida va joylarda yig'ilgan barcha tabiat materiallari rasm darslari uchun ajoyib manba bo‘ladi. O‘quvchi o'rganayotgan
o‘simlik yoki boshqa tabiat ob’yektini chiza turib, unga diqqat bilan qaraydi, undan oldin e’tibor bermagan xususiyatlarini topadi, muhim belgilami umumiylashtirishni o‘rganadi. Rasm chizish taassurotni oshiradi, tasavvurni kuchaytiradi, ya’ni fikrlash qobiliyatini faollashtiradi. Musiqa darsida bolalar tabiat, o'simliklar haqida kuylaydilar. Geografiya bo‘yicha kuzatuvlar va amaliy ishlar matematika darsi bilan ham bog‘liqdir. Matematika darsida olingan bilimlar, ko‘nikma va malakalar geografiyadagi amaliy ishlarda foydalaniladi: yer yuzasining shaklini, sinf planini, maktab maydonchasini, sayohat yo‘lini chizishda va h.k. Geografiya kursining jismoniy madaniyat va sport bilan aloqasi katta ahamiyatga ega. Birinchi sinfdan boshlab o‘quvchilarga sog’liqlari haqida ma’lumot beriladi, sog‘liqni saqlashda jismoniy madaniyat va sportning ahamiyati haqida bilim oladilar. O‘quvchilarga gavdani to‘g‘ri tutishning ahamiyati, toza havoda o‘yinlarning zarurligi, sport bilan shug’ullanishning foydaliligi tushuntiriladi
Pedagogika ta’lim va tarbiyaga tarbiyalovchi deb uning ikki tomonini ko‘rsatib beradi. Ta’limning tarbiyalovchilik xarakteri uning mazmuni bilan belgilanadi. Boshlang’ich maktabda geografiya fanining ta’limiy va tarbiyaviy vazifalari o‘qitish jarayonida birgalikda echiladi. Geografiya o‘zining mazmuni va metodlari bilan o‘quvchilarni har tomonlama tarbiyalash uchun cheksiz imkoniyatlarga ega. Uning asosiy maqsadi bilimlar yigindisini faqat esda qoldirish bo‘lib qolmasdan, ularni ishonchga aylantirish. Ishonch insonlarga, atrof olamga bo‘lgan munosabatda, odatlarda, ish tutishda, xulk-atvorda namoyon bo`ladi. Bunda birinchi geografiyaning turmush bilan aloqasi ko‘rsatiladi. O‘quvchilarni hayotining bir me’yerda borishini halq-xo‘jalik rejalari, davlat qarorlari tushunarli shaklda tanishtirib boriladi.
Geografiya bo‘yicha mashg’ulotlarda o‘qituvchi o‘quvchilarni atrof olam bilan tanishtiradi, tabiatdagi jarayonlarning moddiyligini ochib beradi, inson tabiat to‘g’risidagi bilimlar bilan qurollanib, undan qanday foydalanayotganlarini ko‘rsatadi. Hikoya qilib ahamiyati to‘g’risida xulosa chiqarib, tabiatni muhofaza qilish tadbirlari ustida to‘xtab, mamlakatimizdagi tabiat boyliklariga alohida
munosabatda bo‘lishni aytadi va tabiat muhofazasi davlat darajasidagi vazifa tushuntiradi.
Ta’lim bilan birgalikda har tomonlama tarbiyalash ham vujudga keladi. Har tomonlama tarbiyalashning vazifalariga: maktab o‘quvchilariga mehnat madaniyatini singdirish, odamlar mehnatiga hurmat uyg’otish, turli kasblar bilan tanishtirish va boshqalar kiradi.
Geografiya bo‘yicha barcha mavzular kompleks tarbiya masalalarini aks ettiradi. Sanitar-gigienik tarbiya maktabda 1-sinfdan boshlanadi. “Bizning uy” mavzusini o‘rganishda o‘qituvchi bolalarni kun tartibi, shaxsiy gigiena qoidalari, ovqatlanish tartibi, uy va xona tozaligi haqida suhbat olib boradi. 2-sinfda bu bilimlar kengayib, chuqurlashadi. 3-sinfda o‘quvchilar tana qismlarini va sog’liqni saqlash bilan tanishadilar. 4-sinfda bolalar sog’liqni muhofaza qilish bilan “Odam va tabiat”, “Tabiatni turli xilligi” mavzular orqali tanishadilar.
Geografiyani o‘qitish jarayonida dunyoni ilmiy tushunish asoslarini shakllantirish uchun tabiatga insonparvarlik, munosabatini, vatanparvarlikni va go‘zallikni tushunishini tarbiyalash kerak.
O‘lka tabiati, daryolar, o‘rmon massivlari to‘g’risidagi matnlarni o‘rgata borib o‘qituvchi Respublikamizning xalq xo‘jaligi uchun ularning ahamiyatini ta’kidlab o‘tadi. Bu vatanparvarlik hissini tarbiyalaydi.
Shuning bilan birgalikda geografiya darslari-mehnat tarbiyasi maktabi hamdir. Odam mehnati – uning jismoniy va ma’naviy sihatligining manbai ekanligiga ishontirib, o‘qituvchi mehnatiga muhabbatni, astoydil mehnat qilishi istagini, mehnat ahliga hurmatini tarbiyalaydi. Bu 1-sinfda "Maktab xodimlari mehnatiga hurmat", "Maktab oldi maydonchasidagi ishlarda qatnashish", "Ishlab chiqarishda band odamlarning kasblari". 2-sinfda "Kun tartibidagi mehnatning turlari", "Maktab mulkiga ehtiyotlik munosabati", "Xona o‘simliklarini parvarish qilish", "Qurilishda ishlovchi odamlarning kasblari", "Mavsumlar bo‘yicha maktab oldi maydonchasidagi ishlar". 3-sinfda "Tabiatdan foydalanish va uni muhofaza qilish bo‘yicha odamlar mehnati", "Mehnat va dam olish "tartibi" "Dalada, bog’da, polizda odamlar mehnati", "Maktab oldi maydonchasida odamlar mehnati", "Foydali
qazilmalarni olish". 4-sinfda "Cho‘llarda, dashtlarda, o‘rmonda, tog’larda, odamlar mehnati", "Yer osti boyliklari suv, havo, o‘simliklar, hayvonlar muhofazasi bo‘yicha odamlar mehnati" mavzularidir. Mehnat tarbiyasi o‘quvchilarning kompleks tarbiyasida katta o‘rin egallaydi.
Geografiyani o‘qitish o‘qituvchiga o‘quvchilar tafakkurini, ijodiy va bilish faolligini rivojlantirish uchun boy material beradi. Geografiya bo‘yicha mashg’ulotlarni sinfdan va maktabdan tashqari tadbirlar ochiq havodagi o‘uyinlar, o‘lkashunoslik ekskursiyalar bilan chambarchas bog’lamoq zarur. Bu o‘quvchilarning yaxshi bilim olishgagina emas, shaxsni shakllanishiga ta’sir ko‘rsatadi. Boshlang’ich sinfda geografiyani o‘qitishning maqsadi botanika, zoologiya, ekologiya, anatomiya, fiziologiya, gigiena, jugrofiya fanlarining elementar asoslarini berishdir.
Geografiyani o‘rgana boshlashdanoq o‘quvchilarda o‘simlik va hayvonot dunyosi to‘g’risida moddiy tushunchalarni shakillantirib borish, amaliy ishlarni bajarish, tajribalar, kuzatishlar, ekskursiyalar o‘tkazish jarayonida olingan tushunchalar ilmiy nuqtai nazaridan tasdiqini berishi kerak.
Kichik yoshdagi maktab o‘quvchilari uchun eng aniq, ko`zga tashlanadigan aloqalargina tushunarli bo‘ladi. Shuning uchun 1-2 sinf o‘quvchilari tabiatdagi mavsumiy o‘zgarishlarni kuzatib, kuzdagi va qishdagi hodisalar sovish, bahordagilar esa ilish bilan bog’liqligini payqaydilar. 3-4 sinflarda kuzatishlar natijasida endi tabiatning ayrim elementlari o‘rtasida oddiy bog’lanishlar borligini aniqlaydilar. Nima uchun havo haroratining o‘zgarishini, nima uchun kun bilan tun almashishini bilib oladilar.
Tabiatni muhofaza qilish va uning boyliklaridan tejab-tergab foydalanish alohida ahamiyat kasb etadi. Bu masalani muhokama qilishda iqtisodiy va ilmiy- texnik omillar bilan birga uning axloqiy tarbiyaviy tomonlari ham muhim ahamiyatga egadir.
Olti yoshli o‘quvchilarni jonajon o‘lka tabiati namunasida axloqiy tarbiyalashda "Atrof tabiat bilan tanishtirish" predmetining imkoniyatlari juda kattadir. Dars mashg’ulotlari orqali bolalarni axloqiy tarbiyalashda quydagilar asosiy
vazifa qilib qo‘yiladi: 1.Jonajon o‘lka tabiati bilan tanishtirish orqali o‘quvchilarda unga nisbatan muhabbat va faxrlanish hissini uyg’otish. 2.Tabiat boyliklarini saqlash, ko‘paytirishga o‘rgatish asosida ijtimoiy mulkni tejab asrash malakasini hosil qilish. 3.Tabiatga nisbatan mer-muhabbat o‘yg’otib, ijobiy munosabatlarda bo‘lishga odatlantirish, shu yo‘l bilan o‘quvchilarda insoniylik, o‘zaro hurmat hissini o‘stirish. Jonajon o‘lka tabiatini 2-mashg’ulot "Maktab yer maydonchasiga ekskursiya"dan boshlash. Mashg’ulotda o‘quvchilarni maktab oldi maydonchasi va unda o‘sayotgan o‘simliklar bilan tanishtirish, tabiatga nisbatan muhabbatni tarbiyalash, uni avaylab asrashga o‘rgatish asosiy maqsad qilib qo‘yiladi. Amaliy ishlarni maktab yer maydonchasida olib boriladi. Dastlab o‘quvchilarni maktab yer maydonchasi, undagi o‘simliklar, poliz ekinlari, tashqi ko‘rinishlari bilan tanishtiradi. Mevali va manzarali daraxtlar, rang-barang ochilib turgan gullar, etilib pishgan poliz ekinlari kishilar mehnatining natijasi ekanligi bolalarga tushuntiriladi.
Paxtachilik bilan tanishtirish orqali bolalarga o`z respublikasiga, uning mehnatkash xalqiga nisbatan hurmat hissi tarbiyalanadi. Shu maqsadda mashg’ulot davomida o‘quvchilar yer maydonchasidagi paxtazorlarga olib borilib, ular bilan suhbat o‘tkaziladi.
O‘quvchi yoshlarga ekologik bilimlar berish davr talabidir. Ekologik bilimlar yuzasida bolalarga puxta bilim, o‘quv va malakalar hosil qilishlari va o‘quvchildarda mustaqillik ko‘nikmalari o‘stirishga yordam beradi. Ekologik bilim va tarbiyaning asosiy yo‘nalishlari qo‘yidagi natijalarni beradi: birinchidan o‘quvchilarga zamonaviy ekologik tafakkur shakllanadi; ikkinchidan, bolalarda mamlakatning haqiyqiy egalari qilish hissini tarbiyalab, yuksak ekologik madaniyatni tarkib toptiradi; uchinchidan, yoshlarda psixologik, ahloqiy sifatlarni o‘stirib, ularni intizomlilikka va tejamkorlikka o‘rgatadi.
Shu o‘rinda o‘quvchilar bilan go‘zal tabiat haqida suhbatlar tashkil etish, uni asrash yuzasidan olib boriladigan ulkan nashrlar xususida fikr yuritish maqsadga muvofiqdir.
O‘quvchilarga yashil tabiat quchog’idagi borliqni sistemali ravishda o‘rgatib borish jarayonida ekologik bilim va tarbiyaning o‘ziga xos tomonlari
singdiriladi; insonning mehnat faoliyati bilan tabiat o‘rtasidagi aloqalar tushuntirilib, tasavvur hosil qilinadi. Boshlangich ekologik bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish orqali o‘quvchilarning bilish qobiliyatlari o‘stirilib ularda mustaqil fikrlash ko‘nikmasi rivojlantiriladi. Shu kabi o‘qish ko‘nikma va malakani singdirish uchun o‘qituvchi o‘qitishning turli metod hamda metodik usullaridan foydalanadi.
Dostları ilə paylaş: |