G’. M. Sayfullayev



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə6/149
tarix19.12.2022
ölçüsü0,61 Mb.
#76293
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   149
darslik oxirgi variant G.Sayfullayev

JAYHONIY. Abu Abdulloh Muhammad ibn Ahmad ibn Nasr Jayhoniy 870- yili Buxoroda tug‘ilgan. Jayhoniy o‘z davrining yirik davlat arbobi bo‘libgina qolmay, balki o‘ta o'qimishli va bilimdon olim ham edi.
U vazir lavozimidan foydalanib, dunyoning turli mamlakatlariga sayohatchilarni yubordi. Ular to‘plagan ilmiy materiallarni chuqur tahlil qildi va mazkur tadqiqotlari asosida asarlar yozdi.
Olimning dunyoviy fanlar to‘g‘risida yozgan kitoblari j'uda ko‘p boiib, ulardan Maqsudiy, Beruniy, ibn Rustam al-Bakriy kabi olimlar o‘z asarlarida foydalanganlar.
Jayhoniyning «Kitob-al-masolik val mamolik» («Yillar va mamlakatlar haqida kitob») asari 911—922- yillarda yozilgan. Beruniy o‘zining «Mineralogiya» asarida Jayhoniy asarlarida ko‘rsatilgan minerallardan, ular haqidagi ma’lumotlardan keng foydalangan.
Jayhoniy o‘z asarlarida O‘rta Osiyo, Hindiston, Xitoy, Sanardey (Seylon), Eron qazilma boyliklari, tabiiy resurslari haqida mukammal ma’lumotlar keltirgan.
Jayhoniyning asarlarida Xuroson o‘lkasida yashovchi xalqlarning geografik chegaralari, ularning ijtimoiy va ma’muriy faoliyati, hunarmandchiligi, tabiiy resurslarini ifodalovchi materiallar keltirilgan. Mahalliy dorivor o‘simliklar va hay- vonlardan olinadigan dorivorlarning tabiatdagi o‘rni haqida ma’lumotlar berilgan. Jayhoniy nafaqat davlat arbobi, shu bilan birga mashhur tabib ham bo‘lgan. U xonaki hayvonlar: it, mushuk, odam organizmida yashaydigan gijja, chuvalchanglarni yuqumli kasallik tashib yuruvchilar deb bilgan va ularga qarshi kurashish choralarini ko‘rgan.
Jayhoniy qoldirgan boy ilmiy myeros O‘rta Osiyo va qo‘shni mamlakatlarning tabiati, o‘simlik hamda hayvonot dunyosi, tabiiy resurslari, qishloq xo'jaligi va tibbiyot fanlari tarixini o‘rganishda alohida ahamiyatga ega.
ABU NASR FAROBIY. Abu Nasr ibn Uzlug‘ ibn Tarxon Farobiy 873 - yili Toshkentning shimoli-g‘arbida joylashgan, keyinchalik tarixda o‘tror nomi bilan shuhrat qozongan Farobda xizmatchi oilasida tug‘ildi. Farobiy o‘z zamonasining yirik tibbiyot nazariyotchisi edi. U bu sohada o‘nlab ilmiy asarlar yaratdi. Asarlarining umumiy miqdori 160 dan ortiq bo‘lib, ular astronomiya, falsafa, tarix, mantiq, psixologiya, musiqa, geografiya, tibbiyot, kimyo sohalarini qamrab oladi. Farobiyning geografiyaka doir asarlari alohida ahamiyatga ega bo'lib, ularda inson va hayvonlar tana a’zolari, ular faoliyatining bir-biriga o'xshash tomonlari va boshqa qator ilmiy jihatlari keng yoritilgan.
Inson organizmi, uning faoliyatini Farobiy bir butun va yaxlit tizimdan iboratligini, kasalliklar asosan ovqatlanishning buzilishi bilan bog‘liqligini ko‘rsatib o‘tgan.
Farobiy Yevropa olimlari, xususan, rus fiziologi I.M.Sechenovdan 1000 yillar avval fiziologiya fanining fundamental asosi bo‘lgan birlamchi va ikkilamchi signal sistemasining rivojiga ilmiy asos solgan. Farobiy o‘z asarlarida sun’iy (inson yordamida) turlarning vujudga kelishi singari tabiiy ravishda (inson aralashuvisiz) o‘simlik va hayvonlar turlarining paydo bo‘lishini ham dunyoda birinchi bo‘lib ta’riflab, bu masalani Ch.Darvindan 1000 yil avval hal qilgan edi.
BERUNIY. Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy buyuk o‘zbek qomusiy olimi, o‘rta asrlar va undan keyingi davrlarning yetuk mutafakkiridir.
Beruniy 973- yili Xorazmning Kiyot (hozirgi Beruniy shahrida) tug‘ilgan. Beruniy 1004- yilda Qobus ibn Vushmagirga bag'ishlangan «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» deb nomlangan asarini yozadi.
Beruniy asarlariga tabiatga oid juda ko‘p ma’lumotlar kiritilgan. Masalan, O‘rta Osiyo, Hindiston va Afg‘onistondagi qazilma boylik (dorivor o'simliklar, hayvon) lar, ularning foydali xislatlari haqida ma’lumotlar berilgan. Beruniyning
ilmiy qarashlari «Mineralogiya», «Hindiston», «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgor- liklar», «Geodeziya», «Mas’ud qonuni» kabi asarlarida keng yoritilgan. «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» asarida Beruniy Eron shimolida keng tarqalgan tropik o‘simliklar va hayvonot dunyosini ta’riflaydi. Beruniyning «Kitob as- Saydana-fit-tibbi» («Tabiatda dorishunoslik») asari 1927 - yilda Turkiyaning Bursa shahridagi kutubxonalarning biridan topilgan. Bu kitobda 250 dan ortiq tabib, dorishunos, kimyogar, geografiya, tarixchi, faylasuf, sayyohlar haqida ma’lumotlar keltirilgan.
Beruniyning tabiiy va sun’iy tanlanish haqidagi fikrlari ham diqqatga sazovordir. Agar Yer yuzini bir xil daraxt yoki bir xil hayvon butunlay qoplab olsa, bu holda hayvon va daraxtlarning ko‘payishiga, daraxtning o‘sishiga o‘rin qolmaydi,
— deya ta’kidlagan edi alloma.
Beruniyning «Tabiatda dorishunoslik» asarida dorivor o‘simliklar tasnifi ham berilgan. Beruniy o‘z asarlari bilan tabiat fani tarixiga asos solgan.

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin