G’. M. Sayfullayev



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə5/149
tarix19.12.2022
ölçüsü0,61 Mb.
#76293
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   149
darslik oxirgi variant G.Sayfullayev

O‘rta Osiyo mutafakkirlarining ilg’or g‘oyalari. Uyg’onish davridagi tabiiyot ilmining, shuningdek, G'arbiy Yevropadagi tabiiyot ilmining yutuqlari umumiy biologiya, anatomiya, fiziologiya va psixologiyaning rivojlanishi uchun asos bo‘ldi. Tabiatning evolutsion rivojlanish nazariyasi, soddadan murakkabga o‘sib borish, o'zgaruvchanlik, birlamchi va ikkilamchi signal sistemalari, tabiiy va sun’iy tanlash
masalalari O‘rta Osiyo oliimlari tomonidan G‘arbiy Yevropa olimlaridan 800—900 yillar oldin asoslanib berilganligi fikrimizning dalilidir.
O‘rta siyoda yashab o‘z asarlari bilan tabiiy fanlar rivojiga barakali hissa qo‘shgan olimlar Ibn Sinoning ustozi Abu Abdullo Natiliy (X—XI asr), botanik (hashshob) Abu Hanifa Dinavariy (815—896), Xotam Roziy, Abu Bakr ar- Roziy, Naabulisiy, Mirzo Ulug‘bek, Zahiriddin Muhammad Bobur va boshqalardir.
Yurtimizni azaldan daholar yurti deb, haqli ravishda hamisha faxrlanib kelamiz. Imom Buxoriy, Ibn Sino, Beruniy, Mirzo Ulug‘bek, Alishyer Navoiy, Mirzo Bobur kabi buyuk allomalarimiz o‘zlarining yorqin iste’dodlari bilan butun jahonga dong taratganlar, bularni biz kelajak avlod ongiga singdirib borishimiz kerak».
Dong‘i dunyoni tutgan mutafakkirlarimizning insonni o‘rab turgan tabiat bilan aloqalari haqidagi qarashlari bilan qisqacha tanishib o'tamiz.
AL XORAZMIY. Abu Abdullo Muhammad ibn Muso al- Xorazmiy jahon matematika fanining asoschilaridan bo‘lgan O‘rta Osiyo olimlaridan hisoblanadi.
A1 Xorazmiy IX asr boshlarida Bag‘dodda O‘rta Osiyolik olimlar A1 Ahmad Ibn Kasir al-Farg‘oniy, Abbos ibn Javhariy bilan «Ma’mun akademiyasi» (Bayt ul hikmat)ni boshqara boshlaydi.
Bag‘dod halifasi Ma’mun al-Xorazmiyga «Yer va Osmon xaritasi»ni tuzish ishini boshqarishni topshirdi. Xarita ustida olimlar 84 yil davomida tadqiqot ishlarini olib borishdi. Xorazmiy bu tadqiqotlarni umumlashtirib «Yerning tasviri» nomli asarini yozib, geografiya faniga asos soldi. Bu asar butun dunyo, qit’alar, okeanlar, qutblar, ekvator, sahrolar, ko‘llar, o‘rmonu barcha mamlakatlar, o‘lkalar, u yerdagi hayvonot va o‘simliklar dunyosi, boshqa tabiiy xom ashyolar, aholi, ularning tarqalish xususiyatlari, urf-odatlari, hunarlari, zichligi haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan.
Xorazmiy dunyodagi birinchi geografik atlas (xaritalar majmuasi) ni tuzishga katta hissa qo'shgan.
Xorazmiy astronomiya sohasida ham anchagina ishlar qilgan. U kuzatishlar asosida hindlarning astronomiya jadvallarini har tomonlama tahlil qilib, yangi
astronomik jadvallar tuzdi. Uning rahbarligida Yer kurrasining kattaligini aniqlash maqsadida Yer meridianining bir gradusi o‘lchab chiqilgan. Xorazmiyning astronomiyaga oid asari, Yerning o‘lchami haqidagi fikrlari, O‘rta Sharq, Yevropada astronomiya fanining rivojiga ulkan hissa bo‘lib qo‘shilgan.
Mashhur o‘zbek matematigi Muso al-Xorazmiy hozirgi zamon algebra fani va
«Algoritm» sohasining «otasi» hisoblanadi. «Algebra» «A1 jabr» asaridan,
«Algoritm» esa uning nomi al-Xorazmiydan olingan.

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin