G’. M. Sayfullayev



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə7/149
tarix19.12.2022
ölçüsü0,61 Mb.
#76293
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   149
darslik oxirgi variant G.Sayfullayev

ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR. Zahiriddin Muhammad Bobur 1483
- yili Farg‘ona hokimi Umarshayx oilasida dunyoga keladi. U Amur Temur avlodidan bo‘lib, otasi vafotidan (1494) keyin 12 yoshida podsho etib tayinlanadi. Bobur tadbirkor podsho bo‘libgina qolmay, o‘ta ma’lumotli olim ham edi. Uning
«Boburnoma» asari geografiyaning rivojlanishida katta ahamiyatga ega.
«Boburnoma» O‘rta Osiyo, Afg‘oniston va Hindistonning tabiiy geografik joylashishi, o‘simliklar va hayvonot durivosi haqidagi biografik asar hamdir. Asarda Bobur har bir joyning xarakterli jihatlari, o‘simlik va u yerda tarqalgan hayvonlarning o‘ziga xos xususiyatlari haqida qimmatli materiallarni bayon etgan. Bobur asarlaridagi tabiat maskanlari va hodisalari, o‘lkaga oid geografik ma’lumotlar, tasvirlar tabiatni o‘ganishda yosli geografiyalar va o‘lkashunoslarga dastur bo‘lib xizmat qiladi.
MIRZO ULUG‘BEK. O‘rta Osiyoning buyuk olimlari dunyoning tuzilishi haqida, to‘g‘ri fikr yuritgan ajoyib mutafakkirlar bo‘libgina qolmay, balki mashhur mushohadachilar ham edilar. XV asrda Ulug'bek boshliq Samarqandlik
astronomlarning osmon jismlarini kuzatish sohasidagi ilmiy ishlari, ayniqsa, mashhurdir.
Samarqand hokimi Mirzo Ulug‘bek astronom olim, ma’rifatparvar davlat arbobi ham edi. U o‘z mamlakatida fanni rivojlantirish uchun doimo g‘amxo‘rlik qilib keldi. Ulug‘bek Samarqandga turli joylardan olimlar olib kelib, ularning ishlashi uchun sharoit yaratdi.
U Samarqandda ulkan rasadxona qurdirdi. Tepalikdagi ana shu rasadxona binosi ulug’vorligi bilan zamondoshlarini hayratda qoldirgan. Rasadxona o‘sha zamondagi eng yaxshi, mukammal asboblar bilan jihozlangan edi. Ulug‘bek rasadxonasida olingan ma’lumotlar eng aniq ma’lumotlar hisoblanib, bir yarim asr mobaynida butun dunyo olimlariga xizmat qilib kelgan. Rasadxonada koinot xaritalari va globuslar bo‘lgan. Yer o‘qining orbita tekisligiga nisbatan necha daraja og‘ganligi Ulug‘bek rasadxonasida aniqlangan. Ulug‘bek hokim bolish bilan birga O‘rta Osiyo xalqlari ilm - fani va madaniyatini dunyo fanining oldingi safiga olib chiqqan olimlardan biridir. Uning rasadxonasida «Yangi astronomiya jadvallari» («Ziji Ko‘ragoniy») yaratiladi. Ulug‘bek «Ziji Ko‘ragoniy» asari bilan butun dunyoda samoviy jismlarni tadqiq etuvchi olim sifatida shuhrat topdi. Ulug‘bek omma orasida ma’rifat tarqatish to‘g‘risida ko‘p qayg‘urgan. U Samarqand va boshqa shaharlarda o‘quv yurtlari — madrasalar ochgan.
Ulug‘bck singari ko‘plab o‘zbek olimlarining asarlari dunyoga keng tarqalib, astronomiya, geografiya kabi fanlar taraqqiyotiga ulkan hissa bo‘lib qo‘shildi.

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin