G’. M. Sayfullayev


ZIRADOSHLAR (SOYABONDOSHLAR) OILASI



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə45/149
tarix19.12.2022
ölçüsü0,61 Mb.
#76293
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   149
darslik oxirgi variant G.Sayfullayev

ZIRADOSHLAR (SOYABONDOSHLAR) OILASI


Ziradoshlar ikki urug‘pallalilar ichidagi eng yirik oilalardan biri. U 300 turkumga mansub 3500 ga yaqin turi o‘z ichiga oladi. O‘zbekistonda 69 ta turkumga oid 198 tur o‘sadi. Oila vakillari Yer yuzida juda keng tarqalgan, asosiy qismi Shimoliy Yarim sharda o‘sadi. Hayotiy shakliga ko‘ra oilada bir va ko‘p yillik o‘tlar ustunlik qiladi. Gullari 0‘simlik turiga va o‘sib turgan joyiga qarab turlicha balandlikda (20-150 sm) bo‘ladi. Alqor, shashir, kovrak (sassiq kovrak) kabi turkumlar turlarining balandligi 200 (250) sm ga yetadi. Bu oilada hayotida bir marta gullab qurib ketadigan kovrak turkumiga mansub turlar ham bor.
Barglari navbat bilan joylashgan, pastki qismida (barg bandi o‘rnida) poyani ma’lum darajada o‘rab turadigan barg navi bor. Yaprog‘i asosan mayda bo‘laklarga ajralgan ayrim turlaridagina butun. To‘pgullari kallakcha va oddiy yoki murakkab soyabonlardan iborat. Ko‘pchilik turlarida soyabonlar murakkab tuzilgan. Gullari mayda, bir yoki ikki jinsli, gulkosacha va gultojbarglari 5 tadan, changchisi ham 5 ta, urug‘chisi 2 ta. Ayrimlarida gulqo‘rg‘oni yaxshi taraqqiy etmagan. Mevasi danakcha. Quyida ko‘pchilikka tanish sabzi turkumiga oid yovvoyi sabzi bilan tanishamiz.
Yovvoyi sabzi ikki yillik o‘t, poyasi silliq, balandligi 80-100 (120) sm, shoxlangan. Barg yaprog‘i 2 karra patsimon bo‘lingan. Soyaboni murakkab, ko‘p nurli, nurlari turlicha uzunlikda. Soyabonchalari 15-20 gulli. Gullari bir va ikki jinsli. Gulkosacha va gultojbargchalari 5 tadan. Gultoji sarg‘ish rangli. Mevasi danakcha, qirralarida ipsimon bo‘rtmalari bor. May-iyun oylarida gullab, mevasi iyulda pishadi. O‘zbekistonda begona o‘t sifatida keng tarqalgan.
Ziradoshlar oilasi vakillari orasida xalq xo'jaligining turli tarmoqlarida ishlatiladigan turlar juda ko‘p. Ulardan ayniqsa oziq-ovqat sifatida keng foydalaniladi. Bularga sabzi, kashnich, petrushka, shivid (ukrop) kiradi.
Tabiiy holda tarqalgan oila vakillari orasida zira va alqor turkumining vakillari efir moyiga boy bo‘lganligi uchun ziravor o‘simlik sifatida juda qadrlanadi. Zira turkumi. O‘zbekistonda zira turkumiga mansub 9 tur o‘sadi. Bular asosan adir va tog’larda tarqalgan.
Ziralarning hammasida ham bir xilda efir moylari saqlanmaydi. Faqat oddiy zira (osh zira) efir moylariga boyligi bilan ajralib turadi. U tugunakli ko‘p yillik o‘t. Poyasi tuksiz, balandligi 40-60 (80) sm. Soyaboni 15-20 nurli, soyabonchasi 20-30 gulli, mevasi cho‘ziq, sabzi mevasini eslatadi. Iyunda gullab, mevasi iyulda pishadi. Tog‘ yonbag‘irlarida tarqalgan. O‘zbekiston xalqi zirani juda yaxshi ko‘radi, undan juda ko‘p oziq- ovqat mahsulotlariga xushbo‘y hid berishda foydalaniladi. Lekin tabiiy ziralar shafqatsizlarcha oyoq osti qilinmoqda. Uning tupi mevasi yetilmasdan o‘rib olinmoqda, natijada tabiatdagi zirazorlar yildan-yilga qisqarib ketmoqda.

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin