ozbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti
4. «SHanxay hamkorligi tashkiloti» (SHHT) – tichlik, xavfsizlik va barqarorlik-ni mustahkamlash, o‘zaro savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish maqsadida tuzilgan xalqaro hukumatlararo tashkilot. SHHT oltita davlatni – Xitoy, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekistonni o‘z ichiga oladi. SHHTning shakllanishi 1992 yildan Xitoy bilan chegaradosh besh postsovet respublikalarining o‘zaro chegaralarni aniqlash bilan bog‘liq muammolarni muhokama qilishdan boshlangan. “SHanxay beshligi” deb nom olgan bu tashkilot 1996 yilda SHanxayda, 1998 yilda Almatida, 1999 yilda Bishkekda besh davlat rahbarlarining sammiti chegaralarni mustahkamlash, chegara hududlarida qurolli kuchlarni qisqartirish kabi masalalarni kelishib, hal etishga qaratildi. 2000 yil iyulida Dushanba sammitida tashkilotga oltinchi bo‘lib O‘zbekiston Prezidenti I.A.Karimov kuzatuvchi sfatida qatnashdi. 2001 yil 15 iyunda SHanxay sammitida tashkilotga oltinchi bo‘lib O‘zbekiston qo‘shildi, SHHT tuzish to‘g‘risidagi Deklaratsiya e’lon qilindi, «Terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurash to‘g‘risida SHanxay konvensiyasi» imzolandi. 2002 yil iyulida Sankt-Peterburgda olti davlat rahbari «SHanxay hamkorlik tashkiloti xartiyasi»ni qabul qildilar. 2003 yil may oyida Moskvada SHHTning tashkiliy organlari, ramzlari tasdiqlanib, O‘zbekiston tashkilotning yangi raisi etib belgilandi. 2003 yil sentyabrila Pekinda «SHHTga a’zo davlatlarning 20 yilga mo‘ljallangan savdo-iqtisodiy hamkorlik dasturi» qabul qilinib, mahsulot, kapital, xizmat va texnologiyalar erkin aylanishi shartlari belgilab olindi, SHHTning moliyaviy byudjeti ko‘rildi. 2004 yil iyunidan Tashkilot to‘la ravishda ishga kirishdi. 2005 yilda Ostona sammitida va 2007 yil 15-16 avgustda Bishkek uchrashuvlarida Eron, Pokiston va Hindiston, Mongoliya kuzatuvchi sifatida ishtirok etdi.
Hozirgi kunda SHHTdoirasida 130 ga yaqin hamkorlik loyihalari amalga oshirilmoqda.
SHHT biror bir davlat yoki tashkilotga qarshi qaratilmaganligi va ochiq faoliyat olib borilishi bilan xalqaro munosabatlarning yangi shaklini yuzaga keltirdi, “SHanhay ruhi” tushunchasiga yo‘l ochildi. Tashkilotning asosiy maqsadlari:
- a’zo davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro ishonch va yaqin qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlash;
- mintaqada tinchlik, xavfsizlik, barqarorlikni birgalikda ta’minlash va saqlab turish siyosiy, savdo, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy sohalardagi samarali hamkorlikka keng yo‘l ochib berish;
- energetika, transport, turizm, atrof-muhitni himoya qilish va boshqa sohalardagi hamkorlikni kuchaytirish.
SHHT rahbar organi – Davlatlar Rahbarlari Kengashi. Barcha davlatlarning soha vazirlari, Bosh prokurorlar, CHegara qo‘mitalari rahbarlari muntazam uchrashib, ish olib boradilar. SHHTning doimiy faoliyat yurituvchi organlari ikkita: 2004 yil 17 yanvarda Pekinda SHHT Kotibiyati va Toshkentda Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi ijroiya qo‘mitasi ishga tushdi.
SHHTning eng muhim 3 ta vazifasi 2001 yil 15 iyunda «Terrorizmga, separatizmga hamda ekstremizmga qarshi kurash haqidagi SHanxay Konvensiyasi» qabul qilinib, belgilab berildi:
1) terrorizmga qarshi birgalikda kurashish;
2) separatizm (ayirmachilik) ga qarshi kurash;
3) ekstrimizmga qarshi kurash.
2000 yilning sentyabr oyida ham BMT Bosh Assambleyasi «Ming yillik sammiti»da, 2003 yil 29 mayda SHHTning Moskva sammitida, 2004 yil 17 iyunda Toshkent sammitida, 2005 yil 5 iyulda Ostona SHHTning sammitlarida Prezidentimiz mintaqamiz xavfsizligini ta’minlash bilan bog‘liq bo‘lgan xalqaro terrorizm va narkobiznesga qarshi faol kurashish, Markaziy Osiyo mintaqasidagi barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlash va jahon xavfsizlik tizimini takomillashtirish muammolariga e’tibor qaratdi. Mintaqa xalqlari uchun o‘ta muhim ahamiyatga ega bo‘lgan bu jarayonni to‘g‘ri anglab etgan Markaziy Osiyo mamlakatlarining rahbarlari faqat 2000 yilning o‘zida bir necha bor uchrashuvlar o‘tkazdi. Xususan, 2000 yil oktyabr oyida Toshkentda, bo‘lib o‘tgan uchrashuvda «Markaziy Osiyoda narkotiklarning noqonuniy savdosi, uyushgan jinoyatchilik va terrorchilikka qarshi kurash bo‘yicha hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari» to‘g‘risidagi o‘ta muhim hujjat imzolandi.