G. Rafiqova F. Nishonova, O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fanidan ma’ruza matni


«Markaziy Osiyo hamkorligi» tashkiloti



Yüklə 1,47 Mb.
səhifə100/104
tarix06.06.2023
ölçüsü1,47 Mb.
#125769
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   104
ozbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti

2. «Markaziy Osiyo hamkorligi» tashkiloti (2002). 1994 yil 10 yanvarda Toshkentda O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasida yagona iqtisodiy makon barpo etish to‘g‘risida SHartnoma imzolandi. 1994 yil 16 yanvarda Qirg‘iziston ham bu shartnomaga qo‘shildi. 1994 yil 30 aprelda O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston o‘rtasida yagona iqtisodiy makon barpo etish to‘g‘risida shartnomaga Tojikiston respublikasining qo‘shilishi to‘g‘risida protokol, mintaqaviy integratsiyani yanada chuqurlashtirish to‘g‘risida 4 davlat rahbarlarining bayonoti qabul qilindi. 1997 yil 10 yanvarda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston Davlatlararo kengashida imzolangan Abadiy do‘stlik to‘g‘risidagi shartnoma esa o‘zro integratsiyani yanada jadallashtirdi. 1998 yil 26-28 martda Toshkentda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston o‘rtasidagi imzolangan YAgona iqtisodiy makon barpo etish to‘g‘risidagi SHartnomaga Tojikiston ham qo‘shildi. 2002 yilda «Markaziy Osiyo iqtisodiy hamjamiyati» negizida «Markaziy Osiyo hamkorligi» (MOH) tashkiloti tuzildi. Bu tashkilotning maqsad va vazifasi barcha a’zo davlatlarning manfaatlarini hisobga olgan holda suv-energetika zahiralaridan unumli foydalanish, transport tizimining umummintaqaviy tuzilmasini barpo etish, ishlab chiqarish kooperatsiyasi va savdo-iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy munosabatlarni har tomonlama rivojlantirish, ekologik muammolarni birgalikda hal qilish va barkarorlikni mustahkamlash kabi muhim yo‘nalishlar belgilab olingan edi. Lekin bu tashkilotni rivojlantirishda ayrim milliy manfaatlarning umummintaqaviy manfaatlardan ustun qo‘yilishi birgalikda qarorlar qabul qilishda to‘sqinlik bo‘lib keldi. 2005 yil 6-7 oktyabrda Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida «Markaziy Osiyo hamkorligi» tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi uchrashuvida «Markaziy Osiyo hamkorligi» tashkiloti Markaziy Osiyo umumiy bozorini barpo etish konsepsiyasi loyihasini ko‘rib chikdi.
2002 yil 28 fevralida Markaziy Osiyo iqtisodiy hamjamiyati negizida tashkil etilgan «Markaziy Osiyo hamkorligi» tashkiloti o‘zining qisqa tarixida talay ishlarni amalga oshirdi. Uning maqsad va vazifalari sifatida barcha a’zo davlatlarning manfaatlarini hisobga olgan holda suv-energetika zahiralaridan unumli foydalanish, transport tizimining umummintaqaviy infratuzilmasini barpo etish, ishlab chiqarish kooperatsiyasi va savdo-iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy munosabatlarni har tomonlama rivojlantirish, ekologik muammolarni birgalikda hal etish, xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash borasidagi hamkorlikni faollashtirish kabi muhim yo‘nalishlar belgilab olingan edi. 2005 yil 6-7 oktyabrda Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida «Markaziy Osiyo hamkorligi» tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi uchrashuvi - sammiti Evroosiyoda integratsiyalashuv jarayonidagi burilish nuqtasi bo‘ldi. O‘zbekiston rahbarining tashabbusi bilan Evroosiyo makonida iqtisodiy integratsiyani rivojlantirish va taraqqiyotni qo‘llab-quvvatlash maqsadida «Markaziy Osiyo hamkorligi» tashkiloti va Evroosiyo iqtisodiy hamjamiyati (EOIX) negizida yangi EOIHni shakllantirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. «Markaziy Osiyo hamkorligi» tashkilotiga Belorus, EOIHga O‘zbekiston qo‘shilmagan edi. Endilikda esa bu ikkala respublika ham a’zo bo‘ldilar. («Turkiston», 2005 yil 8 oktyabr).
«Markaziy Osiyo hamkorligi» tashkilotiga Belorus, EOIHga O‘zbekiston qo‘shilmagan edi. Qo‘shilish haqidagi bu g‘oya O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning tashabbusi bilan bir ovozdan qo‘llab-quvvatlandi («Turkiston», 2005 yil 8 oktyabr).
2005 yil 14-15 noyabrda O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov rasmiy tashrif bilan Rossiya Federatsiyasida bo‘lib, Rossiya Prezidenti V.Putin bilan uchrashdi. Uchrashuvda savdo-iqtisodiy, «syyosiy, ijtimoiy-madaniy, harbiy va harbiy-texnikaviy aloqalarga doir masalalar muhokama qilindi.

Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin