G. Rafiqova F. Nishonova, O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fanidan ma’ruza matni



Yüklə 1,47 Mb.
səhifə67/104
tarix06.06.2023
ölçüsü1,47 Mb.
#125769
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   104
ozbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti

Birinchi bosqichda 1) Bozor iqtisodiyoti infratuzilmasining huquqiy asoslari yuzaga keldi, 300dan ko‘proq qonun va qarorlar qabul qilinganligi asarda aytib o‘tilgan. 2) Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishda dastlab mayda mulklar davlat tasarrufidan chiqarildi. 3) CHet el sarmoyalari O‘zbekiston iqtisodiyotiga jalb qilish yo‘lga qo‘yildi. SHu bilan birga bozor iqtisodiyotining 3 ta mezonlari, qadriyatlari yuzaga keldi: a) tadbirkorlik; b) ishbilarmonlik; v) tijorat. Ma’naviyatda esa a) ziyoli mavqei oshdi; b) ma’rifat nuri; v) ijodkor so‘zi qadrlana boshladi.

  1. Iqtisodiy islohotlar ikkinchi bosqichning vazifalari va ustuvor yo‘nalishlari qismida Prezidentimiz 4 ta muhim ustuvor vazifani belgilab berdi:

  1. Asosiy vazifa – davlat mulkini xususiylashtirish sohasida boshlangan ishni oxiriga etkazish: bunda a) mulkni haqiqiy egalariga berish, b) ko‘p ukladli iqtisodiyotni rahbatlantirish. Agar birinchi bosqichda mayda mulklar xususiylashtirilgan bo‘lsa (1991-1994 yillarda), endigi vazifa o‘rta mulklarni xususiylashtirish aytildi.

  2. Eng muhim vazifa – ishlab chiqarishning pasayib ketishiga barham berish va makroiqtisodiy barqarorlikni va moliyaviy, iqtisodiy barqarorlikka erishishdan iborat. Bu rivojlanish ichki qonuniyatlarga ham bog‘liqligi aytildi.

  3. Muhim vazifa – Milliy valyuta – so‘mni yanada mustaxkamlashdan iborat. Milliy valyuta – mamlakat hududida barcha tovar va xizmatlar uchun narxlarni ifodalash vazifasini o‘tovchi va qonuniy himoyalangan yagona to‘lov vositasidir…

4. Strategik vazifa – Iqtisodiyot strukturasini tubdan o‘zgartirish: xom ashyo etkazib berishdan tayyor mahsulot ishlab chiqarishga o‘tish, uning sifatini va raqobatga bardoshligini jahon bozori talablari darajasiga etkazish.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ijtimoiy-iqtisodiy islohotlardan ko‘zlangan «pirovard maqsadimiz ijtimoiy yo‘naltirilgan barqaror bozor iqtisodiyotiga, ochiq tashqi siyosatga ega bo‘lgan kuchli demokratik huquqiy davlatni va fuqarolik jamiyatini barpo etishdan iboratdir1», - deb belgilab bergan.
Respublikamizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar iqtisodiyotni davlat tasarrufidan chiqarish, unda demokratiya tamoyillari bo‘lgan iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va tanlash erkinligini, erkin iqtisodiyot tamoyillarini joriy etish orqali iqtisodiy hayotni erkinlashtirishga yo‘naltirilgandir.
Iqtisodiyotni davlat tasarrufidan chiqarish va uni demokratlashtirish, erkin ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti asoslarini yaratish jarayonlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning birinchi bosqichida (1991-1994 yy.) ma’muriy-buyruqbozlik tizimining og‘ir oqibatlarini tugatish, tanglikka barham berish va iqtisodiyotni barqarorlashtirish hamda respublikaning o‘ziga xos sharoitlari va xususiyatlarini hisobga olgan holda bozor munosabatlarining negizlarini shakllantirish vazifalarini hal qilishga kirishildi. Buning uchun quyidagilar amalga oshirildi:
1) islohotlarning qonuniy-huquqiy bazasini shakllantirish va rivojlantirish. Bu davrda mulkchilik, davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, tadbirkorlik to‘g‘risidagi va boshqa ko‘plab bozor munosabatlarini shakllantirishga yo‘naltirilgan qonunlar qabul qilingan;
2) kichik xususiylashtirishni amalga oshirish hisobiga ko‘p ukladli iqtisodiyot negizlarini yaratish;
3) ishlab chiqarishning pasayib borishiga barham berish, moliyaviy ahvolning barqarorlashuvini ta’minlash.
Bu davrda (1992-1994 yillarda) asosan savdo, aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish, maxalliy sanoat korxonalarini, uy-joylarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlari amalga oshirildi. Buning natijasida 69 mingdan ortiq ob’ektlar davlat tasarrufidan chiqarildi, ulardan 18,4 mingtasi xususiy mulkka o‘tdi. 3569 ta aksiyadorlik jamiyatlari tuzildi. Kichik va o‘rta tadbirkorlik sub’ektlarining soni 80 mingga etdi.



Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin