Gafur Gulom



Yüklə 1,01 Mb.
səhifə3/4
tarix23.05.2022
ölçüsü1,01 Mb.
#59162
1   2   3   4

Ma`lumki, qissada tasvirlangan davr Turkistonda kapitalistik iqtisodiy munosabatlar qaror topa boshlagan paytga to`g`ri keladi. Bunaqa sharoitda esa, tarixdan yaxshi ma`lum, jamiyatda tabaqalanish kuchayadi: evini qilolganlar o`ta boyib, eplana olmaganlar qashshoqlashib boradi. Yangicha sharoitga tez moslashganlar “yangi boylar” qatlamini tashkil qiladiki, ularda zeb-hashamga, dabdabaga o`chlik ko`riladi. Xalqimiz bu xil fe`l-atvorni oddiygina qilib “pul quturtirgan”, “ko`rmaganning ko`rgani qursin” tarzida izohlasa-da, bu oddiy iboralar o`zida hodisaning ijtimoiy-psixologik asoslarini mujassam etadi. Gap shundaki, “yangi boylar” qo`lga kirgan katta davlatni xudoning bergani deb emas, avvalo, o`zlarining oqilligiyu abjirligi mahsuli deb biladi. Bu esa ularda o`zlarining o`zgalardan ustunligi tuyg`usini paydo qiladiki, ular beixtiyor buni barchaga tan oldirish, namoyish etish payidan bo`ladilar.

  • Ma`lumki, qissada tasvirlangan davr Turkistonda kapitalistik iqtisodiy munosabatlar qaror topa boshlagan paytga to`g`ri keladi. Bunaqa sharoitda esa, tarixdan yaxshi ma`lum, jamiyatda tabaqalanish kuchayadi: evini qilolganlar o`ta boyib, eplana olmaganlar qashshoqlashib boradi. Yangicha sharoitga tez moslashganlar “yangi boylar” qatlamini tashkil qiladiki, ularda zeb-hashamga, dabdabaga o`chlik ko`riladi. Xalqimiz bu xil fe`l-atvorni oddiygina qilib “pul quturtirgan”, “ko`rmaganning ko`rgani qursin” tarzida izohlasa-da, bu oddiy iboralar o`zida hodisaning ijtimoiy-psixologik asoslarini mujassam etadi. Gap shundaki, “yangi boylar” qo`lga kirgan katta davlatni xudoning bergani deb emas, avvalo, o`zlarining oqilligiyu abjirligi mahsuli deb biladi. Bu esa ularda o`zlarining o`zgalardan ustunligi tuyg`usini paydo qiladiki, ular beixtiyor buni barchaga tan oldirish, namoyish etish payidan bo`ladilar.

Yuqorida aytdikki, davrning jadidlar tanqid qilgan deyarli barcha illatlari “Shum bola” badiiy voqeligida u yoki bu darajada o`z ifodasini topgan. Qissadagi hayot tasviridan “ortiq bu tarzda yashab bo`lmaydi, jamiyat isloh qilinishi kerak” degan xulosa kelib chiqadiki, bu ham jadidlar qarashlariga hamohang. O`rtadagi farq esa, bizningcha, tasvir rakursida xolos: jadidlardan farq qilaroq, G`.G`ulom mehnatkash xalq hayotini “ichdan” tasvirlaydi. YA`ni, adib bu hayotni yashab o`tgan, sirtdan kuzatib bilgan emas. Bas, inqilobdan so`ng mehnatkashlar hayotida ozmi-ko`pmi ijobiy o`zgarishlar bo`lgan ekan, ularga adibning munosabati ijobiy bo`lmasligi mumkinmi edi?! Hozirda bu nav munosabatga, aytaylik, jadidlar munosabati yoki bugunda shakllangan munosabatni qarama-qarshi qo`yish to`g`rimikan?!

  • Yuqorida aytdikki, davrning jadidlar tanqid qilgan deyarli barcha illatlari “Shum bola” badiiy voqeligida u yoki bu darajada o`z ifodasini topgan. Qissadagi hayot tasviridan “ortiq bu tarzda yashab bo`lmaydi, jamiyat isloh qilinishi kerak” degan xulosa kelib chiqadiki, bu ham jadidlar qarashlariga hamohang. O`rtadagi farq esa, bizningcha, tasvir rakursida xolos: jadidlardan farq qilaroq, G`.G`ulom mehnatkash xalq hayotini “ichdan” tasvirlaydi. YA`ni, adib bu hayotni yashab o`tgan, sirtdan kuzatib bilgan emas. Bas, inqilobdan so`ng mehnatkashlar hayotida ozmi-ko`pmi ijobiy o`zgarishlar bo`lgan ekan, ularga adibning munosabati ijobiy bo`lmasligi mumkinmi edi?! Hozirda bu nav munosabatga, aytaylik, jadidlar munosabati yoki bugunda shakllangan munosabatni qarama-qarshi qo`yish to`g`rimikan?!

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin