G‘apporov M. Ingliz tili grammatikasi



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə20/276
tarix22.12.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#189326
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   276
G‘apporov M. Ingliz tili grammatikasi-fayllar.org

Would you mind passing me the
salt?
Menga tuzni uzatib yuborasiz-
mi?
www.ziyouz.com kutubxonasi



23
Would you tell me the time, please?


Iltimos, vaqtni aytib yubora
olmaysizmi?
Modal fe’llar
Umumiy ma’lumotlar
1. Can (could), may (might), must, ought to, need modal fe’llar
bo‘lib, mustaqil holda ishlatilmaydi, ular asosiy fe’lning infi nitivi bilan
ishlati ladi va asosiy fe’l ifodalagan ish-harakatning bajarilish imkoniyatini, 
qobiliyatini, ehtimolligini, zarurligini bildiradi. Modal fe’llar asosiy fe’l
bi lan birgalikda gapda qo‘shma kesim bo‘lib keladi:
He can do it himself.
Buni uning o‘zi qila oladi.
They may come tonight.
Ular bu oqshom kelishlari mum-
kin.
must speak to him.
Men u bilan gaplashishim kerak.
This work ought to be done at
once.
Bu ish zudlik bilan qilinishi ke rak.
You needn’t do it.
Siz buni qilishingiz kerak emas.
2. Modal fe’llar nuqsonli fe’llar (Defective Verbs) bo‘lib, ularning
bosh qa fe’llarga o‘xshash hamma shakllari yo‘q. Can va may fe’llari-
ning hozirgi va o‘tgan zamon shakllari bor: can-could, may-might. Must, 
need, ought to fe’llarining faqat hozirgi zamon shakllari mavjud. Modal
fe’llarning infi nitiv, sifatdosh va gerund kabi shaxsi noma’lum shakllari
mavjud emas.
3. Modal fe’llardan keyin asosiy fe’l to yuklamasisiz ishlatiladi:
I can do it.
Men buni qila olaman.
You may take it.
Siz uni olishingiz mumkin.
I must go there.
Men u yerga borishim kerak.
You needn’t do it.
Sizga buni qilish zarur emas.
You ought to help him.
Siz unga yordam berishingiz kerak.
4. Modal fe’llar hozirgi zamonda 3-shaxs birlikda -s qo‘shimchasi-
ni olmaydi: He can do it. U buni qila oladi. He may take it. U buni olishi
mum kin. He must go there. U u yerga borishi kerakHe ought to help him.
U unga yordam berishi kerak. Need he do it? U buni qilishi kerakmi?
5. Bo‘lishsiz gaplar yasashda modal fe’ldan keyin not inkor yukla masi
qo‘yiladi: You may not take it. He must not go there. He ought not to
help him. He need not do it. Og‘zaki nutqda bo‘lishsiz shakl ko‘pin cha
qisqarib ketadi:
www.ziyouz.com kutubxonasi



24
cannot = can’t


could not = couldn’t
may not = mayn’t
might not = mightn’t
must not = mustn’t
ought not = oughtn’t
need not = needn’t
6. So‘roq gaplar yasashda modal fe’llar gapdagi eganing oldiga qo‘yiladi:

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   276




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin