BUYRUQ GAPLARNI O‘ZLASHTIRMA GAPLARGA AYLANTIRISH Ko‘chirma buyruq gaplarni o‘zlashtirma gapga aylantirganda quyi dagi
o‘zgartirishlar qilinadi:
1. Agar ko‘chirma gap buyruq qap bo‘lsa, bosh gapdagi say fe’li
tell buyurmoq, aytmoq yoki order buyurmoq fe’li bilan almashtiriladi.
Agar buyruq gap iltimosni ifodalasa, say fe’li ask fe’li bilan almash-
tiriladi.
2. Ko‘chirma gapdagi buyruq maylidagi fe’l o‘zlashtirma gapda to yuklamasi bilan keluvchi infi nitiv bilan almashtiriladi. Bo‘lishsiz shaklini
yasash uchun infi nitivning oldiga not inkor yuklamasini qo‘yamiz.
3. Kishilik, egalik va ko‘rsatish olmoshlari mazmunga qarab almash-
tiriladi:
Ko‘chirma gap: O‘zlashtirma gap: She said to Tom,
«Come at fi ve o’clock».
U Tomga dedi:
«Soat beshda ke ling».
She told Tom to come at fi ve
o’clock.
U Tomga soat beshda kelishni
aytdi.
I said to Ann, «Please bring
me a glass of water».
Men Annga dedim: «Iltimos,
menga bir stakan suv olib keling».
I asked Ann to bring me a glass
of water.
Men Anndan menga bir stakan
suv olib kelishni iltimos qildim.
He said to me, «Don’t go there».
U menga dedi: «U yerga bormang».
He ordeded me not to go there.
U menga u yerga bormaslikni bu-
yurdi
Aniqlovchi ergash gaplar (Attributive clauses) 1. Aniqlovchi ergash gaplar qo‘shma gapda aniqlovchi vazifasida keladi
va bosh gapga who (whom), whose, which, that olmoshlari va when, where, why ravishlari yordamida bog‘lanadi:
The man who was here yesterday is a painter.
Kecha bu yerda bo‘lgan
kishi rassom.
www.ziyouz.com kutubxonasi
309
I know the man whom you mean.
Kim haqida gapirayotganingizni
bilaman. (Siz gapirayotgan kishini
bilaman.)
Our representative, whose letter I