G‘apporov M. Ingliz tili grammatikasi


being invited. 6. To be



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə6/276
tarix22.12.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#189326
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   276
G‘apporov M. Ingliz tili grammatikasi-fayllar.org

being invited.
6. To be fe’li Perfect Continuous zamonlarida ishlatilmaydi.
7. To be fe’lining bo‘lishsiz buyruq shakli umumiy qoidaga asosan, uning
oldiga do not (don’t)ni qo‘yish bilan yasaladi:
Don’t be angry.
Achchig‘ingiz kelmasin.
Don’t be late.
Kechikmang.
8. Og‘zaki nutqda Simple Presentning bo‘lishli shaklida odatda quyidagi
qisqartirmalar yuz beradi:
I am =I’m 
We are = we’re
you are = you’re
You are = you’re
He is =he’s 
She is = she’s 
It is = it’s
They are = they’re
Simple Present va Simple Past zamonlarda quyidagi qisqartirishlar yuz
beradi:
I am not = I’m not
He is not = he’s not yoki he isn’t 
She is not = she’s not yoki she isn’t
It is not = it’s not yoki it isn’t
We are not = we’re not yoki we aren’t
You are not = you’re not yoki you aren’t
They are not = they’re not yoki they aren’t
I (he, she, it) was not = I (he, she, it) wasn’t
We (you, they) were not = we(you, they) weren’t
9. To be fe’li yordamchi fe’l bo‘lib keladi:
a) Hozirgi zamon sifatdoshi (Present Participle) bilan birga kelib bar-
cha davom (Continuous va Perfect Continuous) zamonlarni yasashda ish-
latiladi:
am writing a letter.
Men xat yozyapman.
She was doing her lessons at fi ve.
U soat beshda darslarini qila-
yotgan edi.
I shall be working at three
o’clock.
Men soat uchda ishlayotgan bo‘-
laman.
It has been raining since mor ning.
Ertalabdan buyon yomg‘ir yog‘-
yapti.
b) O‘tgan zamon sifatdoshi (Past Participle) bilan birga kelib majhul
nisbatning barcha zamonlarini yasaydi:
www.ziyouz.com kutubxonasi



8
He is often invited there.


Uni u yerga tez-tez taklif qili-
shadi.
He was asked a diffi cult question.
Undan qiyin savol so‘rashdi.
The translation will be fi nished to-
morrow.
Tarjima ertaga tamom qilinadi.
10. To be fe’li ot-kesimlarda bog‘lovchi bo‘lib keladi va -dir, edi, bo‘-
ladi deb tarjima qilinadi. O‘zbek tilida hozirgi zamonda ko‘pincha tu shib
qoladi:
He is an engineer.
U — muhandis.
He is the best student in the fi rst
course.
U birinchi kursda eng yaxshi ta-
laba.
The story was interesting.
Hikoya qiziq edi.
She will be a teacher next year.
U kelasi yili o‘qituvchi bo‘ladi.
The task of our representatives was
to ship the goods immediately.
Vakillarimizning vazifasi mollarni
zudlik bilan yuklash edi.
1. To be fe’li asosiy fe’l bo‘lib keladi va bo‘lmoq, joylashmoq ma’nosini
beradi:
He is at the Institute now.
U hozir institutda.
She was in Samarkand during
the summer.
U yozda Samarqandda edi.
shall be at home tonight.
Men bu oqshom uyda bo‘laman.
Hozirgi zamon bo‘lishsiz shaklda to be fe’li emas deb tarjima qili nadi:
He isn’t at home.
U uyda emas.
They are not in London.
Ular Londonda emas.
2. To be fe’li asosiy fe’lning to yuklamasi bilan kelgan shakli bilan
kelib modallashadi va oldindan kelishilgan yoki rejalashtirilgan zaruratni 
ifodalaydi:

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   276




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin