Gâarb mutafakkirlarining notiqlik sanâatiga doir oâgitlari-fayllar.org
IV. Ijtimoiy-maishiy notiqlik: 1. Madhiya (yubiley yoki maqtov nutqi).
2. Ta’ziya (motam nutqi).
3. Tabrik nutqi (tost).
V. Diniy notiqlik: 1. Xutba.
2. Va’z.
Ko‘plab fanlarning beshigi bo‘lgan qadimgi Yunoniston (Gretsiya) notiqlik san’ati sohasida ham jahon madaniyati tarixining eng yorqin sahifalarini yaratdi.
Yunon notiqligining eng qadimiy sarchashmalari haqida deyarli hech bir yozma ma’lumot qolmagan. Notiqlik san’ati haqidagi ilk ma’lumotlarni esa faqatgina Gomerning (eramizdan oldingi XII asr) «Iliada» va «Odisseya» nomli dostonlaridan olish mumkin.
Gomer dostonlari ma’lumotiga qaraganda qadimgi Yunoniston tuprog‘ida eramizdan avval, ana shu davrlarda, Nestor, Menelay, Odissey, Axill kabi bir talay mashhur notiqlar bo‘lganlar. Gomer turli voqealar tasviri jarayonida yo‘l-yo‘lakay eslab o‘tgan yuqoridagi to‘rtta notiqlarning notiqlik san’atining to‘rtta yo‘nalishga mansubligi, ulardan ayrimlarining esa maxsus notiqlik maktablarida tahsil olganliklarini qayd etadi. Xususan, Axillning Feniks ismli so‘z ustasi darsxonasida saboq olganligini aytadi. Ushbu fikrlar shuni ko‘rsatadiki, notiqlik san’ati o‘sha davrlarda xuddi harbiy mutaxassislik va boshqa shu kabi ijtimoiy - siyosiy zarur mutaxassisliklar qatori maxsus maktablarga ega bo‘lgan. Yunonistonda keyinchalik aristokratiya, demokratiya tuzumining o‘rnatilishi natijasida davlat ishlarida, xalq majlislarida, senat kengashlari va sud jarayonlarida mamlakatning har bir erkin fuqarosi ishtirok etish, ko‘rilayotgan masala yuzasidan erkin muhokama yuritish huquqiga ega bo‘lgan. Bu hol keng omma orasida ham notiqlik sa’natining rivojlanishi uchun juda qulay sharoit yaratdi. Chunki notiqlik san’ati har bir fuqaro uchun zaruriy ehtiyojga aylangan edi. Shu bois barcha davlat arboblaridan tortib, xalq majlislarining ishtirokchisi bo‘lgan erkin fuqarolar ommasi notiqlik san’atining asoslarini egallash uchun kurashar va maqsadga erishish uchun maxsus ustoz - o‘qituvchilardan dars olishardi. Badavlat oilalar esa o‘z farzandlarini
bolalik chog‘idanoq shu mo‘tabar san’at bilan qurollantirishga urinar va farzandlarini maxsus notiqlik san’ati maktablariga berib o‘qitardi. O‘z - o‘zidan ma’lumki, ana shu ommaviy ehtiyoj tufayli notiqlik san’atining boshlang‘ich, o‘rta va oliy ta’lim darajasidagi maktabi mavjud bo‘lib, ularda ming-minglab kishilar maxsus ta’lim olardi.
Lekin shuni unutmaslik kerakki, Yunon demokratiyasi nechog‘liq demokratiya bo‘lmasin, biroq u hozirgi tushunchadagi eng progressiv ma’nodagi demokratiya emasdi. Gap shundaki, antik Yunonistonning davlat sistemasi quldorlikdan iborat edi. Erkin fuqarolardan tashqari yana ikki toifa bor ediki, ular qullar va chetdan kelgan, kelgindi, deb kamsitiluvchi kishilar bo‘lib, ular erkin fuqarolar ega bo‘lgan huquqlardan foydalanishga mutlaqo haqlari yo‘q edi.
Sud ishlarida o‘rnatilgan tartib notiqlik san’atining yuksalishiga katta bir turtki bo‘ladi. Sud jarayonida da’vogar ham, himoyalanuvchi ham - har biri o‘z manfaatini himoya qilish uchun kurashardi. Sud hukmining qaysi tomon foydasiga hal bo‘lishi ko‘pincha sudlanuvchi shaxs yoki da’vogarning notiqlik san’atidagi mahoratiga bog‘liq edi. Qay tomon o‘zining mantiqiy, asosli dalil va ma’lumotlari bilan sud hay’atini ishontira olsa, hukm o‘shaning foydasiga chiqarilar edi. Lekin hamma sudlanuvchi yoki da’vogarlar ham yetuk notiq bo‘lgan raqiblarining tazyiqiga dosh berishlari qiyin edi. Shuning uchun ham antik sud tizimining qoi