Gdds dqaf category Templates


 Birlamchi ma’lumotlarning ta’rifi, qamrovi, tasniflari, baholanishi va hisobga olish



Yüklə 103,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/14
tarix19.12.2023
ölçüsü103,77 Kb.
#186685
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Ishlab chiqarish usulida hisoblangan yalpi ichki mahsulot

3.1.2 Birlamchi ma’lumotlarning ta’rifi, qamrovi, tasniflari, baholanishi va hisobga olish 
davri 
Birlamchi ma’lumotlar YAIMning ta’riflariga, statistik qamroviga va tasnifiga hamda hisobga 
olish vaqti, hisobot davri va baholash tamoyillariga to‘la mos keladi. Ishlab chiqarish usulida 
YAIMni hisoblash uchun zarur ma’lumotlarni olish maqsadida YAIMni ishlab chiqarish usulida 
hisoblash talablarini hisobga olgan holda statistika kuzatuv shakllari muntazam ravishda ko‘rib 
chiqiladi. 
3.1.3 Birlamchi ma’lumotlarning o‘z vaqtida tayyor bo‘lishi 
Boshlang‘ich ma’lumotlar Statistika dasturida belgilangan ma’lumotlarni taqdim etish 
muddatlarida o‘z vaqtida taqdim etib boriladi. 
3.2 Birlamchi ma’lumotlarni baholash 
3.2.1 Birlamchi ma’lumotlarni baholash 
YAIMni ishlab chiqarish usulida hisoblashda birlamchi ma’lumotlar manbai sifatida 
quyidagilardan foydalaniladi: yuridik shaxslarning (korxona va tashkilotlar) statistika kuzatuvi 
ma’lumotlari, Statistika dasturida ko‘zda tutilgan iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha norasmiy 
sektorni muntazam kuzatish natijalari, uy xo‘jaliklari budjetining tanlanma kuzatuvlari, Moliya 
vazirligining Davlat budjetining ijrosi to‘g‘risidagi ma’lumotlari, Soliq qo‘mitasining 
ma’lumotlari, Bojxona qo‘mitasining ma’lumotlari, Markaziy bankning ma’lumotlari va boshqa 
ma’muriy manbalar. 
3.3 Statistik usullar 
3.3.1 Birlamchi ma’lumotlar bilan ishlashda statistik usullar 
Doimiy narxlarda hisoblash usullari. 


YAIM tarkibiy qismlarini doimiy narxlarda hisoblash ikki asosiy usuldan foydalangan holda 
amalga oshiriladi: 
- joriy narxlardagi hisobot davri ma’lumotlarini mos narxlar indeksi orqali deflyatsiya qilish; 
- joriy narxlardagi o‘tgan yilning mos davri ma’lumotlarini fizik hajm indekslari yoki ushbu 
iqtisodiy faoliyat turining rivojlanish sur’atlarini mantiqan to‘g‘ri ifodalovchi natural 
indikatorlar orqali ekstrapolyatsiya qilish. 
Ayrim hollarda ko‘rsatkichlarni doimiy narxlarda hisoblashning to‘g‘ridan-to‘g‘ri qayta 
baholash usuli ham qo‘llaniladi, bu usul hisobot davrida ishlab chiqarilgan mahsulot miqdorini 
o‘tgan yilning mos davri narxlariga ko‘paytirish orqali amalga oshiriladi. 
YAIM tarkibiy qismlarini hisoblashda asosan deflyatsiya usulidan foydalaniladi, mos narxlar 
indeksi mavjud bo‘lmagan hollarda ekstrapolyatsiya qilish usuli qo‘llaniladi. 
YAIMning tarkibiy qismlari jamlangan qiymatlar bo‘lganligi sababli, ularni baholash usullari 
yuqorida aytib o‘tilgan usullar birikmasidan iborat bo‘ladi. 

Yüklə 103,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin