Gdds dqaf category Templates


 Hukumatning statistik ma’lumotlar e’lon qilinishidan oldin ko‘rishning ichki



Yüklə 103,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/14
tarix19.12.2023
ölçüsü103,77 Kb.
#186685
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Ishlab chiqarish usulida hisoblangan yalpi ichki mahsulot

1.2.2 Hukumatning statistik ma’lumotlar e’lon qilinishidan oldin ko‘rishning ichki 
imkoniyati 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi 
Hukumat Statistika agentligi tomonidan tayyorlangan statistik ma’lumotlarni ularni e’lon qilish 
vaqtidan oldin ko‘rish imkoniyatiga ega emas. Statistik ma’lumotlarni tarqatishda davlat 
statistika organlari mustaqildir. Davlat organlarining aralashuviga yo‘l qo‘yilmaydi (“Rasmiy 
statistika to‘g‘risida”gi Qonunning 13-moddasi). Faqat Agentlik direktori, uning o‘rinbosarlari 
va mas’ul xodimlar statistik ma’lumotlar e’lon qilinishidan oldin ularni ko‘ra oladi. 
1.2.3 Statistik ma’lumotlarning atributlari (belgilari) 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi 
Jamoatchilikka e’lon qilinayotgan bosma statistik nashrlar, axborotnomalar, ommaviy axborot 
vositalarida berilayotgan ma’lumotlarning Statistika agentligi tomonidan ishlab chiqilganligi 
uning logotipi va izohlari orqali aniq belgilanadi. 
1.2.4 Uslubiyatlar, ma’lumotlar manbasi va statistik usullardagi asosiy o‘zgarishlar haqida 
oldindan xabardor qilish 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi 


Yangi uslubiyatga o‘tishdan, mavjud uslubiyatlar va usullarga sezilarli o‘zgartirishlar kiritishdan 
oldin Statistika agentligi jamoatchilikni oldindan xabardor qiladi. Statistika agentligi o‘z rasmiy 
veb-saytida foydalanuvchilarni qanday o‘zgarishlar kutayotganini tushuntiruvchi tegishli 
uslubiy ko‘rsatmalarni joylashtiradi. Maqolalar, yangiliklar va matbuot anjumanlarida 
kutilayotgan o‘zgarishlar jamoatchilikka yetkaziladi. 
1.3. Axloq me’yorlari 
1.3.1 Xodimlarning axloq me’yorlari bo‘yicha ko‘rsatmalar 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi 
Statistika agentligi xodimlari uchun Odob-axloq qoidalari tasdiqlangan. Ular axloq kodeksiga, 
shu jumladan maxfiylik prinsipiga rioya qilishlari, o‘zlarining vazifalarini bajarishda ularga 
taqdim etilgan har qanday ma’lumotlarni oshkor qilmasligi kerak. Ular lavozimga 
tayinlanayotganda ushbu majburiyatlar haqida tushuntirishlar beriladi. Statistika agentligi 
xodimi individual ma’lumotlarni oshkor qilmaslik majburiyatini olgan shartnoma tuzishi shart. 

Yüklə 103,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin