Gdds dqaf category Templates



Yüklə 103,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/14
tarix19.12.2023
ölçüsü103,77 Kb.
#186685
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Ishlab chiqarish usulida hisoblangan yalpi ichki mahsulot

2. Uslubiyat 
2.1 Konsepsiya va tushunchalar 
2.1.1 Konsepsiya va tushunchalar 
YAIMni ishlab chiqarish usulida hisoblash MHT-2008 qo‘llanmasida tavsiya etilgan 
tushunchalar va ta’riflardan kelib chiqqan holda, yillik va choraklik davriylikda amalga 
oshiriladi. 
YAIMni ishlab chiqarish usulida hisoblashning uslubiy asoslari bo‘lib “Yalpi ichki mahsulotni 
ishlab chiqarish usulida hisoblash bo‘yicha uslubiy nizom” (O‘zbekiston Respublikasi Davlat 
statistika qo‘mitasining 2021- yil 23- noyabrdagi 45-son qarori) hisoblanadi. 
2.2 Statistik qamrov 
2.2.1 Statistik qamrov 
2.2.1.1 Ma’lumotlarning statistik qamrovi 
Hozirgi vaqtda ishlab chiqarish usulida hisoblangan YAIM ma’lumotlari O‘zbekiston 
Respublikasi iqtisodiy hududining barcha rezident birliklarini iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha 
qamrab oladi. Iqtisodiyotning norasmiy sektori bo‘yicha statistik ko‘rsatkichlarni baholash o‘z 
yakuniy iste’moli uchun ishlab chiqarishini qo‘shib, “yashirin” iqtisodiyot va noqonuniy faoliyat 
ko‘rsatkichlarini qo‘shmagan holda amalga oshiriladi. 
YAIMni ishlab chiqarish usulida hisoblash iqtisodiy faoliyat turlari bo’yicha iqtisodiyot 
sektorlari kesimida amalga oshiriladi. 
2.2.1.2 Statistik qamrovdan istisnolar 
Istisnolar yo‘q. 


2.2.1.3 Aniqlanmagan faoliyat 
Iqtisodiyotning norasmiy sektori bo‘yicha statistik ko‘rsatkichlarni baholash “yashirin” 
iqtisodiyot va noqonuniy faoliyat ko‘rsatkichlarini qo‘shmagan holda amalga oshiriladi. 
2.3 Tasniflash/sektorlar bo‘yicha taqsimlash 
2.3.1 Tasniflash/sektorlar bo‘yicha taqsimlash 
YAIMni ishlab chiqarish usulida hisoblashda milliy iqtisodiyotning quyidagi sektorlari ajratib 
ko‘rsatiladi: nomoliyaviy korporatsiyalar, moliyaviy korporatsiyalar, davlat boshqaruvi, uy 
xo‘jaliklari, uy xo‘jaliklariga xizmat ko‘rsatuvchi notijorat tashkilotlar.
YAIMni ishlab chiqarish usulida tarmoqlar kesimida baholash uchun iqtisodiy faoliyat turlari 
umumdavlat tasniflagichi (IFUT-2)dan foydalaniladi. 

Yüklə 103,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin