O‘zbekiston
Metama’lumot
Ishlab chiqarish usulida hisoblangan yalpi ichki mahsulot (YAIM)
Ishlab chiqilgan sana:
01.05.2020
Oxirgi yangilangan sana:
31.03.2023
0. Asoslar
0.1 Qonuniy asoslar
0.1.1 Statistik ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va tarqatish uchun javobgarlik
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi
2021-yil 11-avgustda Sharqiy Yevropa, Kavkaz va Markaziy Osiyo uchun Rasmiy statistika
to‘g‘risidagi namunaviy qonunni asosida ishlab chiqilgan “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi
O‘zbekiston Respublikasi qonuni qabul qilindi.
Ushbu Qonunning maqsadi rasmiy statistika sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Qonunning amal qilishi rasmiy statistikani tayyorlovchilarga
va undan foydalanuvchilarga,
respondentlarga hamda ma’muriy ma’lumotlarni yetkazib beruvchilarga, shuningdek ular
o‘rtasida yuzaga keladigan, rasmiy statistikani tayyorlash, tarqatish va muvofiqlashtirish bilan
bog‘liq bo‘lgan munosabatlarga nisbatan tatbiq etiladi.
Rasmiy statistika to‘g‘risidagi Qonunning 14-moddasiga muvofiq
davlat statistika organlari
quyidagi huquqlarga ega:
- davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlaridan, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridan,
banklardan hamda boshqa tashkilotlardan statistika kuzatuvi shakllarini olish va statistika
kuzatuvi ma’lumotlaridan statistika maqsadlarida
foydalanish;
- statistik birliklar faoliyatining statistika kuzatuvlarini o‘tkazish va olingan birlamchi
ma’lumotlardan statistika maqsadlarida foydalanish;
- jismoniy shaxs bo‘lgan respondentlarni statistika kuzatuvlarida ishtirok etganligi uchun
rag‘batlantirishni amalga oshirish;
- davlat va xo‘jalik
boshqaruvi organlaridan, shuningdek boshqa tashkilotlardan statistika
dasturlarini bajarish uchun zarur bo‘lgan axborotni so‘rash hamda olish;
- rasmiy statistikani tayyorlash uchun zarur bo‘lgan statistika ma’lumotlarini yig‘ishga jismoniy
va yuridik shaxslarni qonunchilikka muvofiq
shartnoma asosida jalb etish;
- statistika ma’lumotlarini yig‘ish, ularga ishlov berish, ularni umumlashtirish,
tahlil qilish,
tarqatish va saqlashning zamonaviy usullari va vositalaridan foydalanish hamda ularni milliy
statistika tizimiga joriy etish;
- statistika ma’lumotlarini taqdim etish bilan bog‘liq qoidabuzarliklar aniqlangan taqdirda, ularni
bartaraf etish haqida ko‘rsatmalar berish va statistika ma’lumotlariga tegishli tuzatishlar kiritish;
- statistika hisobotlarini taqdim etish tartibini buzgan mansabdor shaxslarga nisbatan ma’muriy
jazo choralarini qonunga muvofiq o‘z vakolatlari doirasida qo‘llash.
2017-yil 12-sentabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining F-5054-son farmoyishiga
muvofiq, mamlakatdagi iqtisodiy va moliyaviy ma’lumotlar
Xalqaro Valyuta Fondining
kengaytirilgan umumiy ma’lumotlar tarqatish tizimi (k-MTUT)ga to‘g‘ri kelishi va uning
doirasida muvofiqlashtirilishi kerak.