1. Beg‘arazlik
1.1 Kasbiy mahorat
1.1.1 Statistikaning xolisligi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi
“Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi Qonunining 6-moddasiga asosan, rasmiy statistikasining asosiy
prinsiplari, jumladan beg‘arazlik va xolislik hisoblanadi.
“Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi Qonunining 13-moddasiga asosan, Davlat organlari, boshqa
tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari davlat statistika organlarining ushbu Qonunga
muvofiq amalga oshirilayotgan faoliyatiga aralashishga haqli emas.
Hududiy statistika boshqarmalari, tumanlarning (shaharlarning) statistika bo‘limlari mahalliy
davlat hokimiyati organlaridan mustaqil bo‘lib, bevosita vakolatli davlat organiga bo‘ysunadi.
Mazkur statistik ma’lumotni ishlab chiqishda boshqa davlat organlarining aralashishiga yo‘l
qo‘yilmagan va kasbiy mustaqillik to‘liq ta’minlangan.
Kadrlarni tanlab olish va ularni yuqori lavozimlarga tayinlashda, ularning statistika sohasida
tajribasi va kasbiy malakasi e’tiborga olinadi. Boshqarma xodimlari malakasini oshirish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi huzuridagi Kadrlar
malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti tomonidan tashkil etiladigan o‘quv kurslarida
hamda xalqaro tashkilotlar tomonidan tashkil etiladigan o‘quv kurslari, o‘quv-amaliy
seminarlarda ishtirokini ta’minlash orqali ta’minlanadi. Boshqarma xodimlari Kadrlar
malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutida tashkil etilgan o‘quv kurslarida ma’ruzalar
bilan ishtirok etadi. Ommaviy axborot vositalarida Boshqarma xodimlarining ilmiy maqolalarini
e’lon qilib borish tashkil etilgan.
Dostları ilə paylaş: