Gdds dqaf category Templates


 Manbalar, uslublar va tarqatish usullarini tanlash



Yüklə 103,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/14
tarix19.12.2023
ölçüsü103,77 Kb.
#186685
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Ishlab chiqarish usulida hisoblangan yalpi ichki mahsulot

1.1.2 Manbalar, uslublar va tarqatish usullarini tanlash 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi 
“Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi Qonunning 33-moddasiga muvofiq: 
Rasmiy statistikani tayyorlovchilar rasmiy statistikaning sifatini doimiy asosda baholab boradi. 
Sifat kafolatini ta’minlash uchun rasmiy statistika rasmiy statistikaning qamrovi, tushunchalari, 
statistik birliklari va tasniflariga taalluqli umumiy prinsiplar hamda usullar asosida tayyorlanadi 
va tarqatiladi. 
Rasmiy statistikani tayyorlovchilar rasmiy statistikaning sifatini yaxshilash maqsadida 
ma’lumotlarni tahlil etish va tahrir qilish, turli manbalardan olingan ma’lumotlarni birlashtirish, 
ma’lumotlarni statistika maqsadlarida bir-biriga bog‘lashni va solishtirishni amalga oshirish 
hamda baholashning statistik usullaridan foydalanish huquqiga ega. 
Rasmiy statistikani tayyorlovchilar tayyorlash jarayonida foydalaniladigan manbalar va 
usullarni, shuningdek yakuniy ma’lumotlar to‘plamlarini hujjatlashtirib boradi. Rasmiy 
statistikadan foydalanuvchilar statistika ma’lumotlarining manbalari va ularni tayyorlash 
usullari hamda rasmiy statistika ma’lumotlarining sifati to‘g‘risida metama’lumotlar yordamida 
xabardor qilinadi. 


1.1.3 Statistik ma’lumotlarni noto‘g‘ri talqin qilish yoki undan noto‘g‘ri foydalanish 
bo‘yicha sharh 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi 
Statistika agentligi statistik ma’lumotlarni noto‘g‘ri talqin qilish va statistik ma’lumotlardan 
noto‘g‘ri foydalanilganda o‘z izohini berishi mumkin. 
1.2 Shaffoflik 
1.2.1 Statistik ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va tarqatish qoidalari va tartibining 
oshkoraligi 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi 
“Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi Qonunning 6-moddasiga binoan, rasmiy statistikaning asosiy 
prinsiplari tushunarlilik va shaffoflik. Statistik ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va tarqatish 
bo‘yicha shartlar O‘zbekiston Respublikasining statistikaga oid qonun hujjatlarida keltirilgan. 
Ushbu qonunchilik choralari veb-saytga joylashtirilgan va jamoatchilikni ular bilan tanishish 
imkoniyati mavjud. “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi Qonun va statistik ma’lumotlarni ishlab 
chiqish va tarqatish muddatlari aniq ko‘rsatilgan statistika dasturi Statistika agentligi rasmiy veb-
saytiga (
www.stat.uz
) joylashtirilgan. Qonun Oliy Majlis byulletenida, normativ-huquqiy 
hujjatlar bazasi (norma), shuningdek Adliya vazirligining 
www.lex.uz
manzilida joylashgan 
ma’lumotlar bazasida ham mavjud. Statistik ma’lumotlarni shakllantirish uchun respondentlar 
tomonidan taqdim etiladigan statistika hisoboti shakllari Statistika agentligi rasmiy veb-saytida 
foydalanuvchilar uchun oldindan e’lon qilinadi. 

Yüklə 103,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin