Gdds dqaf category Templates


 Dastlabki va/yoki qayta ko‘rib chiqilgan ma’lumotlarni aynan shu toifasi bo‘yicha



Yüklə 103,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/14
tarix19.12.2023
ölçüsü103,77 Kb.
#186685
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Ishlab chiqarish usulida hisoblangan yalpi ichki mahsulot

4.3.2 Dastlabki va/yoki qayta ko‘rib chiqilgan ma’lumotlarni aynan shu toifasi bo‘yicha 
belgilash 
Nashr qilinganda dastlabki ma’lumotlar belgilanadi va zaruriyatga qarab ularga izoh beriladi. 
4.3.3 Ma’lumotlarni qayta ko‘rib chiqishni o‘rganish va tahlil qilish bo‘yicha olingan 
natijalarni tarqatish 
Qayta ko‘rib chiqilgan (yakuniy) ma’lumotlar Statistika agentligi nashrlari va rasmiy veb-sayti 
orqali taqdim etiladi. 
5. Qulayligi 
5.1 Ma’lumotlar
5.1.1 Statistik ma’lumotlarni taqdim etish 
Choraklik va yillik ma’lumotlar foydalanuvchilarga «O‘zbekiston Resublikasining ijtimoiy-
iqtisodiy holati», «O‘zbekiston Respublikasining milliy hisoblari», «O‘zbekiston Respublikasi 
yillik statistik to‘plami», «O‘zbekiston raqamlarda» va boshqa statistik to‘plamlar, shu bilan 
birga, 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Prezidenti 
huzuridagi 
Statistika 
agentligining 
http://www.stat.uz
nomli rasmiy saytida press-relizlar va jadvallar ko’rinishida nashr qilish 
orqali taqdim etiladi. 
YAIM ko‘rsatkichlari, o‘sish sur’atlari va tarmoqlarning ulushlari tushunarli ko‘rinishda 
grafiklar, jadvallar, qisqacha tahliliy sharhlar bilan nashr etiladi. Ishlab chiqarish usulida 
hisoblanganYAIM batafsil nashr etiladi. 
Nashrlarda ma’lumotlarni to‘g‘ri talqin qilish uchun asosiy ko‘rsatkichlarga metodologik 
tushuntirishlar beriladi, bundan tashqari, veb-saytda statistik ko‘rsatkichlarni shakllantirish
va ularni hisoblash bo‘yicha uslubiy nizomlar joylashtiriladi. Nashrlar va veb-saytlardagi 
ma’lumotlarni solishtirish uchun jadvallar va grafiklar shaklida bir nechta davrlar uchun 
indikatorlar keltiriladi. 
5.1.2 Ma’lumotlarni tarqatish vositalari va shakllari
5.1.2.1 Bosma shaklda – Yangi nashr 
Ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining 
«O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy holati» (har chorakda), «O‘zbekiston 
raqamlarda» (yilda bir marta), «O‘zbekiston Respublikasi yillik statistik to‘plami» (ikki yilda bir 
marta), «O‘zbekiston Respublikasining milliy hisoblari» (ikki yilda bir marta) nashrlari orqali 


chop etilgan shaklda foydalanuvchilarga taqdim etib boriladi. Bundan tashqari, ma’lumotlar 
davlat boshqaruvi organlariga va boshqa foydalanuvchilarga ularning talablariga binoan 
kelishilgan jadvallar ko‘rinishida taqdim etib boriladi. 
Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar jadvallar, grafiklar va diagrammalar shaklida qisqa tahliliy 
sharhlar bilan nashr etiladi. 
5.1.2.2 Bosma shaklda – Oylik byulletenlar 
Mavjud emas. 
5.1.2.3 Bosma shaklida – Choraklik byulletenlar 
Har chorakda «O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy holati» nashri taqdim etiladi
bundan tashqari statistik ma’lumotlar davlat boshqaruvi organlariga va boshqa 
foydalanuvchilarga ularning talablariga binoan kelishilgan jadvallar ko‘rinishida taqdim etib 
boriladi. 
5.1.2.4 Bosma shaklda – Yillik byulletenlar 
Yillik ma’lumotlar «O‘zbekiston raqamlarda» (yilda bir marta) nashri orqali, bundan tashqari, 
davlat boshqaruvi organlariga va boshqa foydalanuvchilarga ularning talablariga binoan 
kelishilgan jadvallar ko‘rinishida taqdim etib boriladi. 
5.1.2.5 Bosma shaklda – Boshqalar 
Yillik ma’lumotlar «O‘zbekiston Respublikasi yillik statistik to‘plami» (ikki yilda bir marta), 
«O‘zbekiston Respublikasining milliy hisoblari» (ikki yilda bir marta) nashrlari orqali, bundan 
tashqari, davlat boshqaruvi organlariga va boshqa foydalanuvchilarga ularning talablariga 
binoan kelishilgan jadvallar ko‘rinishida taqdim etib boriladi. 
5.1.2.6 Elektron shaklda - Byulleten yoki nashrlar 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining rasmiy saytida statistik 
ma’lumotlar - elektron jadvallar ko‘rinishidagi dinamik qatorlar, press-relizlar har chorakda 
joylashtiriladi va muntazam yangilanadi, shu bilan birga, «O‘zbekiston Respublikasining asosiy 
ijtimoiy-iqtisodiy ko’rsatkichlari» taqdim etiladi. Shuningdek, ma’lumotlar XVJning 
kengaytirilgan Ma’lumotlarni tarqatishning umumiy tizimi (k-MTUT) doirasida 
O‘zbekistonning yig‘ma ma’lumotlar milliy sahifasida joylashtiriladi. 

Yüklə 103,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin