Genetika akadem ik litsey o ‘quvchilari uchun darslik



Yüklə 398,07 Kb.
səhifə79/90
tarix31.07.2023
ölçüsü398,07 Kb.
#138099
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   90
Genetika akadem ik litsey o ‘quvchilari uchun darslik-www.hozir.org

Ximiyaviy mutagenez
ham madaniy o ‘simliklarning ko‘plab ser­
hosil va boshqa foydali xususiyatlarga ega navlarini yaratishga
imkon beradi.
Hujayra injeneriyasi usullari
hozirgi davrda o‘simliklarning
yangi navlarini keltirib chiqarishda keng qo‘llanilmoqda. Bunda
somatik hujayralar duragaylanadi. Duragaylash uchun protoplast-
lardan foydalaniladi. Protoplastlar (yunoncha protos — birlamchi,
plastos — hosil b o ‘lgan) qobig‘i bo‘lmagan, faqat hujayra mem-
branasi bo ‘lgan hujayralardir.
Bu usul bilan kartoshkaning madaniy turi Solamum tuberosum
va yovvoyi turi Solamum Chacoense duragaylash natijasida ota-
onalarga nisbatan oraliq xususiyatlarga ega, lekin poyalari chidamli
duragaylar olindi
(49-rasm).
To‘qimalarni sun’iy o‘stirish yordamida vegetativ ko‘payish
metodi o‘simliklar seleksiyasida tobora keng qo‘llanilmoqda
(50-
rasm).
49-r a s m.
Kartoshka somatik duragayini olish sxemasi.
6—Genetika



146
Genetika


C hinni gul
H osil
H u ja y ra la rn i H u ja y ra la rn i oziqa N ihol olish
qiluvchi
a jra tish
m u h itid a o 'stirish
to 'q im a
50-r a s m.
To‘qimalarni sun’iy o‘stirish.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
1. Madaniy o‘simliklar kelib chiqishi markazlarini sanab bering
va ular qanday o‘simliklar vatani ekanligini aytib bering.
2. O‘simliklar seleksiyasida qanday usullar qo‘llaniladi?
3. Irsiy o‘zgaruvchanlikning gomologik qatori qonuni seleksiya-
da qanday ahamiyatga ega?
4. Poliploidiya nima uchun asosan o‘simliklar seleksiyasida
qo‘llaniladi?
5. O‘zbekistonda g‘o‘za seleksiyasi to‘g‘risida nimalarni bilasiz?
6. Qanday usul yordamida turlararo duragaylar bepushtligini bar-
taraf qilish mumkin?
31-§. Hayvonlar seleksiyasi
Hayvonlar seleksiyasi metodlari
Hayvonlar seleksiyasida ham asosan o‘simliklar seleksiyasidagi
kabi metodlardan foydalaniladi. Ammo bu usullarni qo‘llashda
hayvonlar uchun xos bo‘lgan ayrim xususiyatlar bilan hisoblash-
ligiga to ‘g‘ri keladi.
Hayvonlar faqat jinsiy yo‘l bilan ko‘payadi, ularning nasli ko‘p
bo‘lmaydi.
Shuning uchun ham seleksionerlar seleksiya uchun dastlabki
material tanlaganda ko‘p belgilar ota-onalarda namoyon
bo‘lmasligini e’tiborga olishi zarur (masalan, erkak organizmlarda
sutning yog‘liligi, tuxum qo‘yuvchanlik ko‘rsatkichlari).
Hayvonlar seleksiyasida ularning faqat

Yüklə 398,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin