Genetika akadem ik litsey o ‘quvchilari uchun darslik



Yüklə 398,07 Kb.
səhifə77/90
tarix31.07.2023
ölçüsü398,07 Kb.
#138099
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   90
Genetika akadem ik litsey o ‘quvchilari uchun darslik-www.hozir.org

Habashiston markazi
— qattiq bug‘doy, qo‘qon jo ‘xori,
kofe, tarvuz o‘simliklari vatani.
7.
Markaziy Amerika markazi
— makkajo‘xori, kakao, qovoq,
paxta, tamaki vatani.
8.
Janubiy Amerika markazi
— kartoshka, anjir, yeryong‘oq,
qalampir vatani.
Olimlarning keyingi o‘tkazilgan tadqiqotlari natijasida yana
quyidagi markazlar aniqlandi:
Avstraliya, Afrika, Yevropa — Sibir,
Shimoliy Amerika.
O‘zbekistonda madaniy o‘simliklar, ayniqsa g‘o‘za kollek-
siyasini yaratish sohasidagi ishlar. G ‘o‘za seleksiyasi va urug‘chili-
gi, o‘simlikshunoslik, genetika institutlarida olib borilmoqda. Faqat
g‘o‘za kolleksiyasining o‘zida 9000 ga yaqin navlar, yarim yovvoyi
va yovvoyi shakllari mavjud. Bu kolleksiyani yaratishda O‘zbe-
kiston olimlaridan G. S. Zaytsev, F. M. Mauyer, D. V. Ter-
Avanesyan, A. A. Abdullayevlar katta xissa qo‘shganlar.
O‘simliklar seleksiyasining nazariy asoslaridan biri N. I. Vavi­
lov tomonidan yaratilgan
irsiy o ‘zgaruvchanlikning gomologik qatori
qonunlaridir (bu to ‘g‘rida avvalroq batafsil m a’lumotlar keltiril­
gan).



143
Toshkent milliy universiteti genetiklari Akademik J. A. Mu-


sayev rahbarligida g‘o ‘zaning juda ko‘p foydali belgilariga ega
b o ‘lgan gomozigotali liniyalari yaratilgan bo‘lib, bu kolleksiyadan
g‘o ‘za seleksiyasini rivojlantirishda keng foydalaniladi.
Bu qonundan samarali foydalanish natijasida seleksionerlar
bug‘doy, arpa, makkajo‘xori kabi o ‘simliklarning har xil foydali
xo‘jalik ahamiyatiga ega bo‘lgan navlarini keltirib chiqardilar.
Qonunni faqat o ‘simliklar uchungina emas, balki hayvonlar va
mikroorganizmlarda ham qo‘llash mumkinligi aniqlandi. Masalan,
odamda uchraydigan ko‘p irsiy belgilar va kasalliklar hayvonlarda
ham uchraydi (avvalgi mavzularga qarang).
30-§. O ‘simliklar seleksiyasining asosiy metodlari
Tanlash va duragaylash usullari seleksiyasining asosiy usulla-
ridir.
Yalpi va individual tanlash natijasida avval mavjud bo‘lmagan
yangi narsa yaratilmaydi, faqat populyatsiyada uchraydigan foydali
sifatlarga ega bo‘lgan o ‘simliklar ajratib olinadi. Bu usul yordami­
da o ‘simliklarning ko‘plab navlari yaratilgan.
Duragaylash metodini qo‘llab, olingan duragaylarni keyincha-
lik tanlash natijasida bug‘doy, kungaboqar, sabzavot va mevalar-
ning ko‘p serhosil navlari yaratilgan. Duragaylash metodini amal­
ga oshirishda geterozis hodisasidan keng foydalaniladi

Yüklə 398,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin