2.2.Ishlab chiqar ish muhitining ob-havo sharoiti metrologik stadartlari Sanoat korxonalarining ishlab chiqarish zonalari havo m uhitining ob-havo sharoitini havoning quyidagi ko'rsatkichlari belgilaydi: 1. Havoning harorati, °C bilan o'lchanadi. 2. Havoning nisbiy namligi, % bilan aniqlanadi. 3. Havo bosimi, P m m sim.ust. yoki Pa bilan o'lchanadi. 4. Ish joylaridagi havo harakati, m /s bilan o'lchanadi. Bulardan tashqari, ob-havo sharoitiga ta’sir qiluvchi ishlab chiqarish omillari ham mavjud, bular har xil m ashinam exanizmlar va ishlov berilayotgan m ateriallar yuzalaridan tarqaladigan issiqlik nurlari ham havo haroratini oshirishga olib keladi. Bu omillar ta ’siridan hosil bo'ladigan ishlab chiqarish zonasidagi havo muhitini sanoat mikroiqlimi deb yuritiladi. Ob-havo omillari har biri ayrim holda yoki bir necha birlikda insonning mehnat qilish qobiliyatiga, sog'lig'iga juda katta ta’sir ko'rsatadi. Ishlab chiqarish sharoitida ob-havo om illam ing deyarli ham m asi bir vaqtda ta ’sir qiladi. Ba’zi sharoitlarda bunlay ta’sir ko'rsatish foydali bo'lishi, masalan, sovuq sharoitda quritish natijasida kamaytirilishi m um kin, ba’zi vaqtlarda esa bir-biriga qo'shilishi natijasida zararli ta ’sir darajasi ortib ketishi m um kin, m asalan, nisbiy namlik va haroratning ortib ketishi inson uchun og'ir sharoit vujudga keltiradi. Bundan tashqari ish joylaridagi havo harakatini oshirish harorat yuqori bo'lgan vaqtda ijobiy natija beradi, harorat past bo'lgan vaqtda esa salbiy natija beradi. Bundan ko'rinib turibdiki, ob-havo omillari ba’zi bir hollarda inson uchun ijobiy va ba’zi bir hollarda esa salbiy ta ’sir ko'rsatib, inson organizmi tashqi muhitga moslashuvini buzib yuborishi mumkin. Tashqi m uhitga moslashuv — bu inson organizmining fiziologik va kimyoviy jarayonlar asosida tana haroratining bir xil chegarada (36—37°C) saqlab turish qobiliyati demakdir. O b-havo sharoitning doim o o'zgarib turishi natijasida tana haroratining o'zgarmasligini saqlash, inson hayotining asosi bo'lgan oiganizm dagi biokimyo jarayonlarning norm al sharoitini ta ’minlaydi. T ana haroratining yuqorida ko'rsatilgan darajadan ortib ketishi issiqlash, sovishi esa sovish deb ataladi. Issiqlash va sovish hayot faoliyatini buzuvchi halokatli holatni vujudga keltirishi mumkin. Shuning uchun ham inson oiganizm ida tashqi m uhit bilan moslashuvi fiziologik mexanizmi mavjud bo'lib, u markaziy nerv sistemasining nazorati ostida bo'ladi. Bu fiziologik mexanizmning asosiy vazifasi oiganizmda m odda almashinuvchi natijasida ajralib chiqayotgan issiqlikning ortiqchasini tashqi muhitga chiqarib, issiqlik balansini saqlab turishdir. Tashqi muhitga moslashuv ikki xil: fizik va kimyoviy bo'lishi mumkin. Kimyoviy tashqi muhitga moslashuv organizmning issiqlash davrida m odda almashinuvini kamaytirishi va sovishi natijasida m odda almashinuvini oshirish mumkin. Ammo kimyoviy tashqi muhitga moslashuv tashqi muhitning keskin o'zgarishi borasida fizik tashqi muhitga moslashuvga nisbatan ahamiyati katta emas. Asosan, tashqi muhitga issiqlikni almashtirishda fizik tashqi m uhitga moslashuvning ahamiyati katta. Organizmning tashqi m uhitga issiqlik chiqarishi uch yo'l bilan o'tishi mumkin: l.O dam tanasining um um iy yuzasida infraqizil nurlanish orqali (radiatsiya orqali havo almashinuvi). 2.Tanani o'rab turgan havo m uhitini isitish (konveksiya). 3.Terining terlab, bug'lanishi va nafas olish yo'llari orqali suyuqliklarning bug'lanishi natijasida. N orm al sharoitda, kuchsiz havo harakati bo'lgan holatda harakatsiz odam organizmi radiatsiya yo'li bilan organizm ishlab chiqarayotgan issiqlikning 45%, konveksiya natijasida 30% va terlash orqali 25% yo'qotishi aniqlangan. Bunda teri orqali um um iy issiqlikning 80% dan ortig'i, nafas olish a ’zolari orqali 13% va taxm inan 5% i issiqlik, ovqat, suv va havoni isitishga sarflanadi. Radiatsiya va konveksiya orqali issiqlikni yo'qotish, faqat tashqi muhit harorati tana haroratidan kam bo'lgan hollarda bo'lishi mumkin. Shuni aytib o'tish kerakki, tashqi muhit harorati qancha past bo'lsa, issiqlik yo'qotish shuncha kuchli bo'ladi. Tashqi m uhit harorati tana haroratidan yuqori yoki teng bo'lsa, u holda issiqlik ajratish terlab bug'lanish hisobiga bo'ladi. 1 gram m terni bug'latish hisobiga 2,5 kJ (0,6 kkal) issiqliyo'qotilishi mumkin. Organizm dan chiqadigan terning miqdori tashqi m uhit haroratiga va bajariladigan ish kategoriyasiga bog‘liq. Harakatsiz organizmda, tashqi m uhit harorati 15 °C ni tashkil qilsa, terlash juda kam m iqdom i (soatiga 30 ml) tashkil qiladi. Yuqori haroratlarda esa (30 °C va undan yuqori), ayniqsa, og‘ir ishlarni bajarganda organizm ning terlashi juda ortib ketadi. M asalan, issiq sexlarda, og‘ir ishlarni bajarish natijasida terlashni miqdori soatiga 1—1,5 litrga yetadi va bu m iqdor tem i bug'lanishi uchun 2500— 3800 kJ (600—900 kkal) issiqlik sarflanadi. Shuni aytib o'tish kerakki, terlash yo'li bilan issiqlik sarflash faqatgina tana yuzasida ter bug'langandagina amalga oshadi. Tem i bug'lanishi esa havoning harakatiga va nisbiy namligiga, kiygan kiyimining materialiga bog'liq. Issiqlik yo'qotish faqat terlash yo'li • bilan amalga oshirilayotgan sharoitida havoning nisbiy namligi 75—80 foizdan ortiq bo'lsa, tem ing bug'lanishi qiyinlashadi va organizm tashqi muhitga moslashuvi buzilishi natijasida issiqlash yuz berishi mumkin. Issiqlashning birinchi belgisi tana haroratining ko'tarilishidir. Kuchsiz issiqlash tana haroratining yengil ko'tarilishi, haddan tashqari ter chiqishi, kuchli suvsash, nafas olish va qon tom irlam ing urishini tezlanishi bilan chegaralanishi mumkin. Agar kuchli issiqlash yuz bersa, unda nafas olish qiyinlashadi, qattiq bosh og'rig'i tutadi va bosh aylanadi, nutqi qiyinlashadi. Tashqi muhitga moslashishning bu xildagi buzilishi va tana haroratining keskin ko'tarilishi issiqlik gepatermiyasi deb ataladi. Issiqlashning ikkinchi belgisi terlash natijasida inson organizmining ko'p miqdorda tuz yo'qotishi natijasida kelib chiqadi. Bu holat teri hujayralarida tuzning kamayishi orqasida, terining suvni ushlab qolish qobiliyati susayganligidan kelib chiqadi. Ichilayotgan suv tinm ay ter bo'lib chiqib ketganligi sababli, organizm kuchli chanqoqlik sezadi, ichilgan suvning tezda chiqib ketishi chanqoqlikni yana kuchaytiradi va bu suv bilan zaharlanish holatini vujudga keltirishi mumkin. Bunda organizmning paylarida qaltirash paydo bo'ladi, kuchli terlash va qonning quyuqlanishi kuzatiladi. Bu holat qaltirash kasalligi deb yuritiladi. Keyin issiq urish vujudga keladi, tana harorati 40—41 °C ga ko'tarilib, odam hushini yo'qotadi va qon tom irlarining urishi kuchsizlashadi. Bu vaqtda organizmdan ter chiqish butunlay to'xtaydi. Qaltirash kasali va issiq urish o'lim bilan tugashi mumkin. Sanoat korxonalarida olib borilayotgan gigienik chora-tadbirlar natijasida ishlab chiqarish sharoitida qaltirash kasalligi va issiq urish deyarli y o ‘qolib bormoqda. Issiq sexlaming ham m asida organizm yo‘qotgan tuzni tiklash uchun maxsus ichimliklar tashkil qilingan. Inson organizmiga faqatgina yuqori harorat ta ’sir ko‘rsatib qolm asdan, balki uzoq vaqt past harorat ta ’sirida bo'lish ham asosiy fiziologik jarayonlarning buzilishiga, ish qobiliyatining susayishiga va organizmning kasallanishiga olib keladi. Past harorat ta ’sirida qon tom irlari torayadi uzoq vaqt ta ’sir qilishi natijasida esa kapilyar qon tomirlarining faoliyati buziladi (birinchi belgilari sifatida oyoq va qo‘l panjalarining achishib og'rishi, quloq va burunning achishishini keltirish m um kin), shundan keyin butun organizm ning sovuqqa qotishi seziladi. Tashqi nerv sistemalarining sovuq qotishi natijasida suyak sistemalarida radikulit, oyoq, qo'l va bel bo‘g‘inlarida ham da paylarda revmatizm kasalligi, shuningdek, plevrit, bronxit va boshqa sham ollash bilan bog'liq bo'lgan yuqumli kasalliklar kelib chiqish m um kin. O dam organizmga sovuqning ta ’siri, ayniqsa, havo harakati kuchli bo'lib, havoning nisbiy namligi yuqori bo'lgan vaqtda kuchli bo'ladi. Chunki sovuq haroratdagi nam havo issiqlikni yaxshi o'tkazadi va konveksiya orqali issiqlik yo'qotishni kuchaytiradi.
Yer sharui o'rab turgan atmosfera havosining umumiy og'irligi 5,3 x 1 0 - kg ni tashkil qilishi hisoblab chiqilgan. D engiz yuzasida har bir kvadrat santim str yuzaga 1 kg havo og'irligi to'g'ri keladi. Bu havo miqdorining asosiy qismi, ya’ni 90% i yer yuzasidan 15 km gacha balandlikda, 99% i 30 km va 99,99% i 48 km balandlikda ekanligi aniqlangan. Odam tinch holatda 5 -1 0 1/min, o'rtacha zo'riqish holatida 30 1/min va qattiq zo'riqqanda 100 1/min miqdorda havo sarflaydi. Bu o'rtacha sutkasiga 15 kg atrofida demakdir. H ech qachon va hech qayerda mutlaqo toza havo bo'lmaydi. U ning asosiy qismlari: azot - N 78,09%, kislorod - О 20,94% , argon - Ar 0,93% va qolgan 0,04% i C O , N e, H e, C H , Kr, N jO , H 2O, C O2, Xe, O, N H (amiak), N O 2, SO , H 2S va yana bir qancha birikmalardan tashkil topgan. I. 2. Odam organizmining tashqi muhit holatini baholash tizimlari Inson hayot faoliyati uchun tashqi muhitda bo'ladigan o'zgarishlar haqida yetarli darajada axborotning bo'lishi va bu axborotni qaysi mazmunda ishlatish imkoniyatini belgilovchi va unga tayyorgarlik' ko'rish uchun tabiiy muhofaza chora-tadbirlariga m a’lum ma’noda tayyorgarlik bo'lishi insonning yashash uchun kurash omilining asosi hisoblanadi. Atrof-muhit holati haqidagi m a’lumot inson uchun shu muhitga moslashish imkoniyatini yaratadi va buni uning yetti mujjasi sifatidagi axborot qabul qilish tizimlari orqali amalga oshiriladi. Ular bu axborotlami inson miyasiga yetkazib beradi va bu yerda uning tahlili amalga oshiriladi. Inson yer yuzida hayot boshlangandan beri tashqi muhitda bo'ladigan har turli o ‘zgarishlar, bo'hronlar, tabiiy ofatlar va boshqa har qanday o'zgarishlarga ko'nikib, unga moslashib kelgan va shuning uchun ham u ilgaridan uni ta ’qib qilib kelayotgan tabiiy omillarga, masalan, chang ta’siriga, zaharli moddalar ta’siriga, issiq va sovuqqa qarshi yetarli ravishda kurash vositalarining reflekslari ta’m inlangan. Buni changli hududga tushib qolgan har qanday odam hech qanday ogohlantirishsiz u yerdan tezroq chiqib ketish yoki bu chang ta’sirini kamaytirish imkoniyatini beradigan ho'llangan dastro'molni bum iga tutib nafas yo'llarini changdan qisman bo‘lsa-da, muhofazalanish tadbiri ko'riladi va boshqa yuqorida sanab o'tilgan xavfli om illar uchun ham xuddi shunday reflktor belgilar paydo bo'lgan. Lekin zamonaviy texnologiyalar natijasida hosil bo'ladigan xavfli omillarga insonda reflektor yechimlari hal qilinmagan. Masalan, elektr xavfi, elektromagnit maydonlari xavfi, har xil nurlanishlar, ayniqsa, yadro nurlanishlari inson uchun kutilmagan xavf manbasi hisoblanadi. Dem ak, tashqi muhitdagi har qanday o'zgarishlar haqidagi axborot bosh miyaga yetkazib beriladi va u yerda tahlil qilinib, qanday javob reaksiyasi bo'lishi ta’minlanadi. Bu javob reaksiyasida albatta inson hayotiga xavf solishi mumkin bo'lgan holatlardan chetlab o'tiladi, ya’ni uning zarbalar va halokatlardan saqlanish chora-tadbirlari ko'riladi. Masalan, tashqi muhit havosi harorati ko'tarilganda, agar bu butun tana haroratini ko'tarilishiga olib keladigan bo'lsa va bu inson organizmiga (bosh miyaga, ko'zga buyraklarga) zararli bo'lsa, bunga qarshi tezda chora ko'riladi, ya’ni harakat yo'nalishi bo'yicha salqinroq yerga o'tib ketiladi yoki ichki zaxiralar hisobiga, ya’ni ichki issiqlikni kamaytirish, issiqlik ajralishini ko'paytirish hisobiga bo'lishi mumkin. Odamning tashqi muhit bilan bog'lovchi sezgi organlarining tashqi muhit ta’siridan jumbushga kelishi holatlarini bir necha turkumga bo'linadi: — mexanik sezgilar, bular tashqi atroflicha ta’sir ko'rsatuvchi um um iy tanaga suyak va pay to'qimalariga ta’sir ko'rsatilganda, teri va harakatlanish organlari va yurak-qon aylanish tizimlari xabarini bildiruvchi sezgilar hisoblanadi; - issiqlik sezgilari, bu organizm ichki issiqligi va tashqi muhit issiqligini birdek ko'rsatadigan sezgi bo'lib, bular, shuningdek, ichki organlar sezgilarini va markaziy bosh miya qobig'iga joylashgan neyronlar sezgilarini ham o'zida mujassamlagan bo'ladi; — kimyoviy sezgilar, bular kimyoviy birikmalar ta’siriga asoslangan sezgilar bo'lib, o'zida hid bilish va maza bilish sezgilarini mujassamlagan bo'ladi; - foto sezgilar, bular yorug'lik ta’sirida jumbushga keladigan sezgilar hisoblanadi; — og‘riq sezgilari, ular m a’lum turkumlarga bo'linib, ba’zibirlari mexanik og‘riqlar sifatida, kimyoviy og'riqlar va issig‘lik ta’sirida vujudga keladigan sezgilar hisoblanadi. Psixofiziologiya sinflanishiga asosan sezgilar: ko‘rish, eshitish, hid bilish, tam bilish, og'riq sezgilari va inson tanasining fazodagi holatiga taalluqli b o‘lgan sezgilar mavjudligi belgilanadi. Sezgilar morfologiya jihatdan hujayralardan tashkil topgan bo'lib, unda harakatlanuvchi nerv tolasi bilan ta’minlanganligi sababli u nihoyatda sezgirligi kuchli boMadi. Masalan, foto sezgilar uchun 5—10 kvant yorugMik yetarli boMsa, hid bilish sezgisi uchun m oddaning bir molekulasi kifoya qiladi. Sezgilarga jumbushga keltiruvchi moddalam ing ko‘p vaqt ta’sir qilishi, ularni bu moddaga moslashishi natijasida ulam ing sezish qobiliyatini kuchsizlantirib yuborishi mumkin. Am m o bu m odda birmuncha vaqt yo ‘q boMib qolsa, sezgi yangidan kuchayishi kuzatiladi. Sezgilam ing moslashish bo'yicha biror qonuniyati yo'q. Lekin har xil sezgilar jumbushga keltiruvchi moddalarga yoki holatlarga moslashishi har xil ekanligi kuzatilgan. Sezgilar og'riq va kimyoviy sezgilarga umuman moslashmaydi. Sezgilar tom onidan qabul qilingan m a’lumotlar nervlarda mujassamlanib, uni markaziy organlarga tahlil qilish uchun yuboriladi. Bu m a’lumotlar tahlildan keyin bajarish organlariga yuboriladi. B a’zi bir m a’lumotlar to'g'ridan-to'g'ri bajarish organlariga jo'natiladi. Bu so'zsiz tug'ma nasldan naslga o'tuvchi reflekslarga asoslangan sezgilar bo'lib bularga elektr toki va issiqlik yoki kimyoviy moddalar ta’siriga tushib qolgan taqdirda inson organizmida boMadigan reaksiya natijasida undan keskin chiqib ketish holatlarini ko'rsatish mumkin. Shuni ham ta’kidlash joizki, bunday so'zsiz reflekslar ham juda mukammal ko'p kom ponentli reaksiyalardan tashkil topganligini unutmaslik kerak. Jumbushga keltiruvchi m oddalam ing uzoq vaqt ta’siridan olingan tajriba asosida shartli reflekslar paydo bo'ladi. Odam organizmida tavsif o'zgarishi tashqi muhit ta’sirining davomliyligiga bogMiq boMadi. Masalan, nafas olayotgan havo tarkibida kislorodning qisqa muddatli kamayishi tezroq nafas olish yo'li bilan va qon aylanishni tezlashtirish hisobiga organizmdagi kislorod tanqisligini bartaraf etadi. U zoq muddat davom etadigan kislorod tanqisligini qoplashda (masalan, baland tog'larda) butunlay boshqa mexanizmlar ishga tushadi, qon tarkibidagi eritrotsidning miqdori ortadi va bu gemoglabinning kislorod bog liqligini o'zgartiradi va fermentlar aktivligini oshiradi. K o'pincha tashqi sezgilarga organizmdagi o'zgarishlar bir necha sezgilam ing birgalashib yuborgan m a’lumotlari asosida markaziy nerv tizim ining qaysi biriga asoslanganligiga chegara qo'yish imkoniyati deyarli yo'q. Masalan, engashib ishlayotgan odamga sezgilam ing bir nechtasi ta’sir ko'rsatadi. Bulam ing asosiy sezgi yo'nalishlari asosan ko'tarish va harakatlanish mexanizmlarini muvofiqlashtirishga asoslanganligi m a’lum. Insonning ko'zi uning asosiy hayot kechirish om ilida qanday mavqeni egallashini idrok etish mumkin. K o'zning ko'rishi tashqi muhitning yoritilganligiga bog'liq bo'lib, odam ning ko'zi 380—770 nm to'lqin tebranishlaridagi ko'rinadigan nurlarni ko'rish imkoniyatigi va buning natijasi sifatida ham m a narsani shu nur yorug'ligida ko'radi. Eshitish vositasi quloq mukammal tuzilgan, tovush to'lqinlam ing 16-20000 G s chegaradagi tovushlarni aynan eshitish imkoniyatini beradigan insonning yetti muchasidan biri hisoblanadi. Sezgi sifatida insonni kerakli m a’lumotlar bilan ta’m inlovchi asosiy vosita hisoblanadi. Hid bilish xususiyati har xil m oddalam ing hidini har xil sezish imkoniyatlari mavjud. Ba’zi bir m oddalam ing hidi nihoyatda oz miqdorda seziladi. Hid bilish xususiyati inson uchun tashqi muhit bilan bog'lanish imkoniyatini yaratuvchi asosiy mujjalardan biri hisoblanadi. Ba’zi bir m oddalam ing hidini nihoyatda kam miqdorda bo'lsa-da, inson uni sezadi. Tam bilish ham m uhim ahamiyat kashf etadigan maxsus sezgi sifatida ifodalanadi. Sezish xususiyati odamda juda murakkab xususiyat bo'lib, bunda odam ning tashqi muhit bilan bo'ladigan hamma muloqotlarini hisobga oladi. Bunda teri, pay-muskul birikmalari va shilimshiq moddadan tashkil topgan odam tanasidagi m a’lum joylarda jumbushga kelish natijasida vujudga keladigan sezgi ifodasi hisoblanadi. Teri inson tanasini o'rab turuvchi tashqi qatlam sifatida murakkab tuzilishga ega bo'lgan tuzilmadan iborat bo'lib, uning bajaradigan vazifalari hayot uchun juda muhim hisoblanadi. Teri odam tanasini tashqi muhit ta’siridan saqlabgina qolmasdan, balki sezgi belgilarini va sezgi qabul qilgan axborotlarini yetkazish bilan birga yana hayot uchun zarur bo'lgan modda almashish jarayonini ham bajaradi va shuningdek, organizm issiqlik balansini tutib turadigan termoregulatsiya jarayonida ham ishtirok etadi. Terming asosiy vazifasi tanani saqlash. Dem ak, teri m uhofazalovchi vosita sifatida muhim rol o'ynaydi. Teri ostida m a’lum qavat yog'ning bo'lishi tananing har xil urilish, turtilish, m a’lum kuch bilan ta’sir ko'rsatilganda, uning elastiklik xususiyati turtkilarni tanaga o'tm asligini ta’minlaydi. Terining ustki qatlami terining chuqurroq qismlarini qurib qolishdan saqlaydi. Terining tashqi qismi va yog'sim on qatlami kislota va boshqa o'yuvchi moddalar ta’siriga chidam li. Terida m elanin pegmenti bo'lganligi sababli, u quyosh nurlari va ultrabinafsha nurlardan saqlaydi. Terining har xil mikroblarni zararsizlantirish va o'ldirish xususiyati muhim hisoblanadi. Terining tashqi qismidan kasallik tarqatuvchi mikroblar o'taolm aydi, chunki teri yuzasida paydo bo'ladigan ter m oysimon moddalar bilan qo'shilishi natijasida nordon muhit paydo bo'adi. Bu muhofaza muhiti yog' va teri bezlarining birgalikdagi xizmatlari hisoblanadi. Ularda shuningdek, m a’lum miqdorda yog' kislotalari ham ajralib chiqadi. Shuningdek, terining tashqi qismlarida ham oksidlanish jarayoni bo'lib turadi. Shuning uchun ham teri nafas oladi deb yuritiladi. Teri tarkibiga kislorodning kirib turishi teri kasalliklarini kelib chiqishini oldini oladi. Terining yana bir m uhim xususiyati uning organizm term oregulatsiyasida ishtirok etishidir. Issiqlik ajratishning deyarli 80% i teri orqali amalga oshiriladi. Atmosfera havosi isib ketsa, teri tarkibidagi qon tomirlari kengayadi va buning natijasida tashqi muhitga issiqlik ajralishi ortadi. Past haroratlarda aksincha teri tarkibidagi qon tomirlari torayadi, teri rangsizlanadi va issiqlik ajralishi kamayadi. Teri m a’lum manoda organizmdagi moddalar alrrjashinuvi jarayonida ham ishtirok etadi. Ayniqsa, organizmdagi suv, mineral moddalar va karbonvodorodlarning almashinuv jarayonida terining xizmati beqiyos. U ni juda katta hajmdagi va qon tom ir sistemasiga boy va tanadagi ham m a ichki organlar bilan aloqada bo'lgan ulkan sekretsiya bezi sifatida qabul qilinishi mumkin. Teri bu tashqi bosh miya sifatida tinim bilmas sog'lik qo'riqchisi bo'lib, har doim markaziy bosh miyani har bir xavfxatardan ogohlantiradi. Demak, ko'rib o'tilgan sezgilam ing hammasi inson organizmini hayot faoliyatini meyorida kechirishini ta’minlashga qaratilgan.