MUNDARIJA KIRISH……………………………………………………………………………..2
I.ASOSIY QISM 1.1.Sanoat korxonalarini qurish va ishlatishga qo‘yiladigan asosiy talablar................5 1.2.Korxonalarni loyhalashda shovqin va tebranishlarni normallashtirish...................9
1.3.Korxonalarni loyhalash jarayonida metriologik sharoitlarni normalari (mikroiqlim).................................................................................................................13
II.METODOLOGIK QISM 2.1.Ishlab chiqarishning meteorologik sharoiti …………………………..…………21
2.2. Ishlab chiqar ish muhitining ob-havo sharoiti metrologik stadartlari………….. 26
III.HISOB QISM Korxonaning notogri loyhalanishi jihozlanishi natijasidan kelib chiqadigan kasbiy kassaliklar.
XULOSA………………………………………………………………………31 ADABIYOTLAR RO‘YHATI………………………………………………32
KIRISH
Har qanday mamlakatning demokratik va insonparvarlik xususiyatlaridan biri insonga bo‘lgan munosabat, inson huquqi va erkinliklari qanday himoya qilinayotganligi bilan belgilanadi. Shuning uchun ham ko‘pgina mamlakatlarda tarixiy rivojlanish jarayonida inson huquqlariga oid qonunlar tizimi yaratilgan. Barcha mamlakatlar qatori mustaqil O'zbekiston Respublikasining ham asosiy maqsadi o‘ziga xos xususiyatlarini e'tiborga olgan holda inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlashga qaratilgan. Ana shu maqsadda u mustaqillikka erishilgan dastlabki kunlardanoq inson huquqlariga oid qonunlar tizimini yaratish yoMidan bordi. Jumladan, 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning «Hozirgi bosqichda demokratik islohotlarni chuqurlashtirishning muhim vazifalari» asarida: «Aholida inson huquqlari va erkinliklariga rioya qilish borasida yangi qadriyatlar va ko‘nikmalarni shakllantirish, pirovard natijada esa inson huquqlariga hurmat-ehtiromni va ularga rioya etishni umummillat darajasida rivojlantirishga qaratilgan madaniyatni yuzaga keltirish g‘oyat muhimdir. Insonning o‘z huquqlari va majburiyatlaridan yaxshi xabardor bo'lishi shaxs huquqlarining konstitutsiyaviy kafolatlarini ro‘yobga chiqarishning eng asosiy sharti bo‘lib qolishi kerak», degan edi. Inson huquqlariga oid qonun 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidir. Bosh qonunning ikkinchi bo‘limi inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlariga bag‘ishlangan. Konstitutsiyaning 18-moddasida respublikamizdagi barcha fuqarolarning tengligini e'tirof etib shunday deyilgan: «0‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkin3 www.ziyouz.com kutubxonasi liklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar, qonun oldida tengdir». 0 ‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilinishida umumjahon va xalqaro huquq normalari o‘rganib chiqilganligini ta’kidlash lozim. Ayniqsa, inson huquqlariga oid ikkinchi bo‘limida xalqaro huquq normalari mujassamlashgandir. Masalan, 1948-yil 10-dekabrda qabul qilingan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 3-moddasida «Har bir inson yashash, erkin bo‘lish va shaxsiy daxlsizlik huquqlariga ega» deyilgan bo‘lsa, 0 ‘zbekiston Konstitutsiyasining 25-moddasida «Har kim erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega» deyiladi. Shundan ko‘rinib turibdiki, mamlakatimiz Konstitutsiyasida inson huquqlari bo‘yicha xalqaro huquq normalari e’tirof etilgan. Shu bilan birga, Konstitutsiya va boshqa qonunlarimizda inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash borasida o‘ziga xos xususiyatlar hamda an’analar hisobga olingan. Respublikamizning o‘ziga xos xususiyati va an’analari e’tiborga olingan holda Konstitutsiyamizda demokratik va inson huquqlariga oid quyidagi muhim qoidalar mustahkamlangan. Jumladan: • demokratiya va inson huquqlari hamda erkinliklarini tan olish va himoya qilish — bu davlat majburiyatidir; • inson huquqlari va erkinliklari katalogi xalqaro huquqiy andozalarga mos kelishi va bu sohada xalqaro huquqning ustuvorligi; • inson huquqlari va erkinliklari unga tug‘ilganidan boshlab taalluqlidir, ya’ni tabiiy huquq g‘oyasining, nazariyasining e’tirof etilishi; • hammaga va har kimga inson huquqlari hamda erkinliklarining teng va barobar taalluqliligi; • inson huquqlari va erkinliklari davlat idoralari faoliyatining mazmunini tashkil etishi; • fuqarolarning kafolatlangan sud himoyasi bilan ta’minlanishi; • inson huquqlari va erkinliklarini amalga oshirishda boshqa shaxslar huquqlarini buzmaslik zarurligi. Shu bilan birga, Konstitutsiya insonga keng ko'lamdagi huquq va erkinliklar berish bilan birga, unga ma’lum majburiyatlar 4 www.ziyouz.com kutubxonasi ham yuklaydi. Asosiy Konstitutsiyaviy huquq, erkinlik va burchlar inson hayoti va faoliyatining barcha muhim sohalarini o‘z ichiga oladi. Lekin uning boshqa xildagi huquq, erkinlik va majburiyatlarini batamom qamrab olmaydi. Inson huquqi, erkinliklari va uning majburiyatlari inson huquqlariga oid boshqa qonunlar bilan ham tartibga solinadi. Jumladan, inson mehnatini himoya qilish — mehnat qoidalari, Mehnat kodekslarida aniq tavsiflanadi.