Geologiya-qidiruv va kon-metallurgiya


Korxonalarni loyhalash jarayonida metriologik sharoitlarni normalari (mikroiqlim)



Yüklə 141,16 Kb.
səhifə5/8
tarix19.12.2023
ölçüsü141,16 Kb.
#184693
1   2   3   4   5   6   7   8
Abdullaziz kurs loyha (AutoRecovered)

1.3.Korxonalarni loyhalash jarayonida metriologik sharoitlarni normalari (mikroiqlim).
Ishlab chiqarish milcroiqlimi normalari mehnat xavfsizligi standartlari sistemasi «Ish zonasi mikroiqlimi» ga asosan belgilangan. U lar gigienik va texnik iqtisodiy negizlarga asoslangan. Sanoat korxonalari xonalarining xarakteri, yil fasllari va ish kategoriyasiga qarab, ulardagi harorat, nisbiy namlik va havo harakatining ish joylari uchun ruxsat etilgan normalari belgilangan. Ish toifalari quyidagicha belgilanadi: yengil jismoniy ishlar (1 toifa)—o'tirib, tik turib yoki yurish bilan bog'liq holda bajariladigan, biroq m untazam jismoniy, zo'riqish yoki yuklami ko'tarishni talab qilmaydigan ishlar, energiya sarfi soatiga 150 kkal (172 J.s)ni tashkil etadi. Bunga tikuvchilik korxonasi, aniq asbobsozlik va shu kabi korxonalar kiradi. O 'rtacha og'irlikdagi jismoniy ishlar (II toifa)—soatiga 9150— 250 kkal (172—293 J.s) energiya sarflanadigan faoliyat turlari kiradi. Bunga doimiy yurish va og'ir bo'lmagan (10 kg gacha) yuklarni tashish bilan bog'liq bo'lgan ishlar kiradi. Masalan, yigiruv28 to'qish ishlari, mexanik-yig'uv, payvandlash sexlaridagi ishlar shular jumlasidandir. Og'ir jism oniy ishlar (III toifa) — m untazam jismoniy zo‘riqish xususan og‘ir yuklami (10 kg dan ortiq) muttasil bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirish va ko'tarish bilan bogiiq ishlar kiradi. Bunda energiya sarfi soatiga 250 kkal (293 Js)dan yuqori bo'ladi. Bunday ishlar temirchilik, kuyuv va boshqa qator sexlarda bajariladi. Harorat, nisbiy namlik va havo harakatining tezligi risoladagi va yo'l qo'yilishi mumkin bo'lgan m iqdorlar ko'rinishida normalanadi. Risoladagi miqdorlar deganda, odamga uzoq m uddat va m untazam ta’sir qilganda tashqi muhitga moslashuv reaksiyalarini kuchaytirmasdan organizm ning normal faoliyatini va issiqlik holatini saqlashini ta ’minlaydigan mikroiqlim ko'rsatgichlarining yig'indisi tushunilib, ular issiqlik sezish mo'tadilligini vujudga keltiradi va ish qobiliyatini yuksaltirish uchun shart-sharoit hisoblanadi. Yo'l qo'yilishi mumkin bo'lgan mikroiqlim sharoitlari-organizm ning faoliyatini va issiqlik holatdagi o'zgarishlarini, fiziologik moslanish imkoniyatlaridan chetga chiqmaydigan tashqi muhitga moslashish reaksiyalarining kuchayishini bartaraf etadigan va tez norm aga soladigan mikroiqlim ko'rsatgichlarining yig'indisidir. B unda sog'liq uchun xatarli holatlar vujudga kelmaydi, biroq nom o'tadil issiqlik sezgilari, kayfiyatning yomonlashuvi va ish qobiliyatining pasayishi kuzatilishi mumkin. 1,2,3-jadvalarda mikroiqlimning risoladagi va yo'l qo'yilishi mumkin bo'lgan normalari keltirilgan. D oim iy ishlarda 1-jadvalda keltirilgan m iqdorlar ta’minlanishi lozim, ular havoni mo'tadillashtirishda ham majburiydir. Biroq qator hollarda, masalan, issiqlik ko'p ajralib chiqadigan yoki isitiladigan xonalarining hajmi katta metallurgiya, mashinasozlik va boshqa zavodlarda yo'l qo'yiladigan norm alarga (1,2-jadval) asoslanishi mumkin, biroq m ehnat va dam olish rejimlariga qo'yiladigan gigienik talablarga, organizmning issiqlab ketishi va sovuq qotishini oldini olishga qaratilgan barcha vositalaridan foydalanishga ham amal qilish zarur. Norm alarda organizmning tashqi m uhitga moslashish faqat tashqi sharoitlarga emas, balki m ehnatning og'ir-yengilligiga bog'liq holda o'zgarib turadigan issiqlik hosil qilishi miqdoriga aloqadorligi ham hisobga olinadi. Shunga ko'ra yengil ishlarda, o'rtacha og'irlikdagi va og'ir ishlarga qaraganda, havoning 29 birm uncha yuqori haroratlarda va harakatining birm uncha kam tezlikda bo'lishi qabul qilingan. Yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan norm alar yilning sovuq va bir mavsumdan ikkinchisiga o ‘tish davrlarida (tashqi havoning) o'rtacha kundalik harorati-10 °C dan yuqori (yoki muvofiq holda past) doimiy ish joylaridan tashqarida (1 -jadval) birm uncha katta raqamlarda o ‘zgarib turishi, yilning issiq paytida esa (2-jadval) sexlar havosining oshgan harorati (ayniqsa, 0 ‘rta Osiyo sharoitida va issiqlik ajralib chiqishi mumkin boMgan sexlarda) issiqlikning aniq ortiqcha boMishini ko‘zda tutadi. Bu tashqi m uhitining issiq boMishi bilan birga katta miqdordagi issiqlikni yo‘qotishni qiyinligi bilan bogMiq. Biroq bu holda ham normalar yoM qo'ysa boMadigan maksimumni chegaralaydi. Issiqlik ajralishi yuqori boMgan sexlarda havoning harakat tezligi ham birmuncha ortiqcha belgilanadi. GOST12-1.005-76 da xonalaming katta-kichikligi, issiqlik va namlik ajratilishining birga uchrashi, doimiy harorat yoki harorat va namlik kabilam i sun’iy usulda tutib turish sharoitlarini hisobga oladigan qator qo'shim cha tavsiyalar va aniqliklar ham mavjud.
Ishlab chiqarish xonalari va ish xonasidagi havoning harorati, nisbiy namiigi va harakat tezligining risoladagi normalari 1-jadval

Yilning sovuq va iliq davrida ishlab chiqarish xonalari harorati, nisbiy namligi va havo harakati tezligining yo‘I qo'yiladigan normalari 2-jadval

Yilning issiq davridagi ishlab chiqarish xonalari harorati, nisbiy namligi va havo harakati tezligining yo‘l qo'yiladigan normalari 3-jadval

Ko'rsatib o'tilgan normalaiga qo'shim cha qilib, QMQ 3. 01. 02. — 00 da bayon etilganidek, ish joylarida issiqlikning nurlanish intensivligi 300 kkal.m2.s dan yuqori bo'lganda, albatta, havo 31 dushlari qurilishi zarur ekanligini nazarda tutish lozim. Bunda beriladigan havo harorati va harakat tezligi yil fasliga, ish kategoriyasi va issiqlik nurlarining ko‘p-kamligiga bog'liq. Ish nechog'lik og‘ir bo‘lsa, harorat shunchalik past va havo harakati yuqori bo‘ladi.

Yüklə 141,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin