CHIZMA Xulosa Xulosa ma’muriyat mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunlarni buzgan va bu nazorat qiluvchi idoralar tomonidan tasdiqlangan taqtirda, mehnat shartnomasi xodimning arizasiga ko‘ra unga ishdan bo‘shaganda beriladigan pul to‘langani xolda, istalgan paytda bekor qilinishi mumkin.Xodimda kasb kasalligi belgilari aniqlangan taqdirda ma’muriyat tibbiy hulosa asosida uni ixtisosini o‘zgartirgunga qadar o‘rtacha oylik ish haqi saqlangan holda boshqa ishga o‘tkazishi lozim. Korxonalarning barcha xodimlari, shu jumladan rahbarlari o‘z kasblari va ish turlari bo‘yicha davlat nazorat idoralari belgilagan tartib va muddatlarida o‘qishlari, yo‘l-yo‘riqlar olishlari, bilimlarini tekshiruvdan o‘tkazishlari hamda qayta attestatsiyadan o‘tishlari shart. Ma’muriyat barcha yangi ishga kirayotganlar, shuningdek boshqa ishga o‘tkazilayotganlar uchun ishlarni bajarishning xavfsiz usullarini o‘rgatishni tashkil etishlari, mehnatni muhofaza qilish va baxtsiz hodisalarda jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha yo‘l -yo‘riqlar berishlari shart. O‘ta xavfli ishlab chiqarishlarga yoki kasbiy tanlov talab qilinadigan ishga kirayotgan xodimlar uchun mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha imtihonlar topshiriladigan va keyin vaqti-vaqti bilan qayta attestatsiyadan o‘tiladigan o‘quv o‘tkaziladi. Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha belgilangan tartibda o‘qitish, yo‘l-yo‘riqlar berish va bilimlarni tekshirishdan o‘tmagan shaxslarni ishga qo‘yish taqiqlanada. Ma’muriyat xodimlarning mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha malakasi muntazam oshirib borilishini ta’minlashi shart. Korxona xodimlari ish joylaridagi mehnat sharoitlarining ahvoli va muhofaza qilinishi, bunda lozim bo‘lgan shaxsiy himoya vositalari, imtiyozlar va tovon pullari to‘g‘risida axborot talab qilish huquqiga egadirlar, ma’muriyat esa ularga bunday axborotni berishi shart.
Foydalanilgan adabiyotlar: 1.Hayot faoliyati xavfsizligi. Ekologiya. O.D.Raximov, I.X.Siddiqov, M.O.Murodov. Oliy taʼlim bakalavriyat yo‘nalishlari uchun darslik. T.: “Aloqachi”, 2017-332 b.
2. Hayot faoliyati xavfsizligi va ekologiya menejmenti (chizmalar, tushunchalar, faktlar va raqamlarda): darslik / A.Nigmatov, Sh.Muxamedov, N.Xasanova. – T.: Navro‘z. 2014. – 199 b.
3.Eyewitness Ecology. Written by STEVE POLLOCK. United States in 2005 by DK Publishing, Inc. 375 Hudson Street, New York, NY 10014 ISBN13: 978-0-7566-1387-7 (PLC), ISBN-13: 978-0-7566- 1396-9 (ALB).
4.Rahimov О.D. Hayot faoliyati xavfsizligi (Fanni asosiy mazmuni va test savollari to‘plami),Toshkent, 1999-у.
5.Rahimov О. D. Hayot faoliyati xavfsizligi. /Мa’ruzalar matnlari to‘plami. Toshkent, 1999-у.
6.Rahimov О.D. Mehnatni muhofaza qilish / Мa’ruzalar matnlari to‘plami, П nashri. Oliy ta’limning «Neft va gaz ishi» ta’lim уo‘nalishi uchun. Qarshi, 2003-у.
www.ziyo.net www.arxiv.uz 1. www.lex.uz – O‘zR Adliya vazirligi sayti.
2. www.bilim.uz - O‘zR Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi sayti.
3. www.mintrud.uz – O‘zR Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi sayti.
4. http://www.hse.gov.uk/toolbox/introduction.htm 5. www.nebosh.org.
6. https://www.healthandsafetyatwork.com/ 7. www.healthyworkinglives.com/ 8. www.safetyrisk.net/free-safety-ebooks