Geologiya-qidiruv va kon-metallurgiya


ASOSIY QISM 1.1.Sanoat korxonalarini qurish va ishlatishga qo‘yiladigan asosiy talablar



Yüklə 141,16 Kb.
səhifə3/8
tarix19.12.2023
ölçüsü141,16 Kb.
#184693
1   2   3   4   5   6   7   8
Abdullaziz kurs loyha (AutoRecovered)

ASOSIY QISM


1.1.Sanoat korxonalarini qurish va ishlatishga qo‘yiladigan asosiy talablar.
Sanoat korxonalarini qurishda birm uncha ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy masalalari yechibgina qolmasdan, ushbu sanoat korxonasi qurilayotgan aholi yashaydigan maskanning ekologiya m uvozanatiga ham e’tibor berish juda muhim masalalardan biri ekanligiga aham iyat berish zarur. Har qanday sanoat korxonasi xalq xo‘jaligiga zarur bo'lgan sanoat m ollarini ishlab chiqarishdan qat’i nazar, birinchidan, uni o'rnashtirilishi mumkin bo'lgan joyning asosiy xususiyatlarini o'rganishni taqozo qiladi. Chunki sanoat korxonasi har qancha bezarar deb topilgani bilan, uning ishlab chiqarishi tarkibida m a’lum m iqdorda xavfli holatlar ham mavjudki, bularni hisobga olmaslikning mutlaqo iloji yo‘q. Masalan, hozirgi zamonaviy texnologiya jarayonlari butunlay chiqindilarsiz ishlashi mumkin emas. Bu chiqindilar m a’lum m iqdorda suv havzalarini, ko'pgina qismi esa atrof-m uhitni ifloslaydi. Albatta hozirgi zamon texnologik jarayonlarida ifloslangan suvni tozalash vositalari, shuningdek, changli havoni tozalash qurilmalari mavjud. Lekin shuni unitmaslik kerakki, bu havo tozalash qurilmalarining samaradorligi nihoyatda past, suv tozalash vositalari esa m a’lum bir qancha kamchiliklardan holi em as. Bundan tashqari suv tozalash qurimalarining aksarisi m a’lum m iqdorda yig‘ilgan suvni tozalaydi. Shuning uchun bu suvlar biror bir falokat yoki tabiiy ofat, masalan, suv toshqini, jala yog‘ishi natijasida suvlarni ifloslanganlarini oqizib ketishi, atrofdagi serhosil yerlari, bog‘-rog‘larni vayron qilishi, zaharlashi va odam yashashi m um kin bormagan holatni vujudga keltirishi mumkin. Yuqorida taxmin qilinganlardan ko‘rinib turibdiki, sanoat korxonalarini aholini suv bilan ta ’minlaydigan daryolar, ariqlar va ko‘llar yaqiniga qurish mumkin emas. Bundan tashqari sanoat korxonalaridan faqatgina ifloslangan suv emas, balki atrof-m uhitni ifloslantiruvchi ko'pgina kimyoviy m oddalar, masalan, bo‘yash sexlaridan ajraladigan bo‘yoqlar tarkibidagi parchalanib ketuvchi moddalar: kselol, toluol, atseton, uayt-spirt va boshqalarni ko'rsatish mumkinki, bular uchun hozirgi vaqtda samarali havo tozalagichlar yo'q. Bunday moddalar birmuncha miqdordagi tozalanmagan havo tarkibidagi changlarga qo‘shilib mutlaqo salbiy holatlaiga olib kelishi mumkin. Yuqorida aytilganlarga xulosa qilib, sanoat korxonalarini qurishda ushbu aytilgan zararliklami hisobga olgan holda ish olib borish, har bir mutaxassisning muqaddas burchidir. Bu ishga sovuqqonlik bilan qarash butun tabiatga, ekologik muvozanatga, bu bilan birga kishilarning yashayotgan maskanlarining um um iy sog'lomligiga va bu bilan butun avlodlar oldida javobgarlik hissiga sovuqqonlik bilan qarash demakdir. Mashinasozlik sanoati korxonasini qurish uchun maydon tanlash. QMQ 3. 01. 02 — 00 sanitar m e’yorlari bo'yicha mashinasozlik sanoati korxonalari xavflilik darajasi bo'yicha besh sinfga bo'linadi. Bu sinflarni asosan ana shu sanoat korxonasi tom onidan atrof-muhitga chiqarib yuborilayotgan zararli m oddalar miqdori belgilaydi. I sinfga cho'yan quyuvchi dom na pechlarining um um iy hajmi 1500 m3 dan ortiq bo'lgan va rangli metallarni bir yilda 3000 tonnadan ortiq miqdoriga ishlov beradigan yoki m arten va konventor pechlari yordamida bir yilda 1000 000 tonnadan ortiq po'lat eritish quwatiga ega bo'lgan sanoat korxonalari kiradi. II sinfga xuddi shunday sanoat korxonasi, am m o kam roq quw atga ega bo'lgan, ya’ni po'lat eritish yiliga 1000 000 tonnagacha, umumiy domna pechlarining hajmi 500 dan 1500 m 3 gacha bo'lgan, shuningdek, rangli metallarga ishlov berish quw ati 1000 dan 3000 tonnagacha bo'lgan yoki 20 000 tonnagacha miqdorda cho'yan quymalari ishlab chiqaradigan sanoat korxonalari kiradi. III sinfga cho'yan erituvchi dom na pechlarining umumiy hajmi 500 m3 gacha bo'lgan 10 000 tonnadan 20 000 tonnagacha cho'yan quymalari ishlab chiqarish quw atiga ega bo'lgan, shuningdek, 1000 tonnagacha rangli metallarga ishlov berish imkoniyatiga ega boMgan yoki simob ishlatish yo‘li bilan har xil asboblar ishlab chiqaradigan (simobli elektr tokini to ‘g‘rilagichlar, lampalar va h.k.) sanoat korxonalari kiradi. IV sinfga uncha katta boMmagan quyuv va metallarga qizdirib ishlov beradigan sexlarga ega boMgan, shuningdek, metall elektrodlar ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan sanoat korxonalari kiradi. V sinfga quyuv sexlariga ega boMmagan, ammo qizdirilgan va cho‘gMantirilgan holatdagi metallarga ishlov berishga moslashtirilgan, shuningdek, metallarga sovuq holda ishlov beriladigan sanoat korxonalari kiradi. Sanoat korxonalarini aholi yashash punktlarida maxsus belgilangan maydonga joylashtiriladi. Bunda sanoat korxonasi joylashgan maydon aholi yashaydigan punktga nisbatan shamolning bosh yo'nalishiga qarama-qarshi tomonda boMishiga e’tibor beriladi. Agar iloji bolsa, sanoat korxonasi quriladigan maydon aholi yashaydigan punktdan birm uncha olisroqda joylashtirilgani m a’qul. Bu holda ham, albatta shamolning bosh yo‘nalishi hisobga olinishi va sanoat korxonasi aholi yashaydigan punktga nisbatan shamol yo'nalishida boMishi maqsadga muvofiqdir. Sanoat korxonasi bilan aholi yashaydigan punkt oraligMdagi masofa sanitar-m uhofaza oralig'i deb ataladi. Bu sanitar-muhofaza oralig‘i sanoat korxonalari sinflariga qarab belgilanadi: 50, 100, 300, 500, 1000 m.Sanitar-m uhofaza oralig'i ko‘kalamzorlashtirilgan va sogMomlashtirish chora-tadbirlari belgilangan boMishi kerak. Sanitar-muhofaza oralig'iga doimiy yashash joylari, dam olish joylari tashkil qilish, shuningdek, issiqlik hosil qilish va boshqa sanoat inshootlarini qurishga yoM qo‘yilmaydi. Bu oraliqlarga yongMnga qarshi depo, avtotransport turish joylarini qurishga ruxsat etiladi. Amnio bu qurilishlar oraliq ko‘kalamzorlariga zarar keltirmasligi shart. Sanoat korxonasini aholi yashaydigan punktga nisbatan joylashtirish va sanitar-m uhofaza oraliqlarini belgilashdan tashqari uning m aydonini tekislash, rejalashtirish ishlarini amalga oshirish kerak. Bunda yomgMr, qor suvlarini to'xtam ay oqib ketish yo'llari, korxonada ishlatib ifloslangan suvlarni yig'ish va tozalashni yoMga qo‘yish, yer osti suvlarini darajasini belgilash, toshqin va boshqa holatlarda sanoat korxonasini suv bosib ketmasligini ta ’minlash zarur. Bundan tashqari quyosh nurlarining sanoat korxonasi binolarini iloji boricha ko‘proq yoritishini ta’minlovchi vositalar ham da sanoat korxonalari xonalarini iloji boricha yaxshiroq tabiiy sham ollatish vositalari bilan ta ’minlashga e’tibor berilishi kerak. Sanoat korxonasi hududi Sanoat korxonasi hududi faqatgina ishlab chiqarish talablariga javob berib qolmasdan, balki sanitar-gigiena me’yorlariga ham javob berishi kerak. U tekis, yaxshi yoritilgan, yetarli m iqdordagi o ‘tish yo‘llari va yo‘laklari bilan ta ’m inlangan boMishi shart. H ar xil chuqurlar, texnik maqsadlarda qoldirilgan xandaqlar, hovuzlar mustahkam qopqoqlar bilan ta ’m inlanishi va muhofaza vositalari bilan o ‘rab qo'yilishi shart. Agar m uhofaza qopqoqlari bilan berkitish imkoniyati bo‘lmasa, uni odam o‘taolmaydigan to‘siq bilan to‘sib qo'yiladi. Transport vositalari harakatlanadigan yolar va odam lar o‘tish yolari, albatta to‘g‘ri transport vositalari va odam larning bemalol o'tishini ta ’minlashi, qaram a-qarshi tomonga yo'nalish mumkinligini hisobga olishi, odam larning o ‘tish soniga qarab yetarlicha keng bolishi, transport vositalarining serqatnovligi belgilanishi, ularda olib o‘tilayotgan yuklaming erkin o ‘tishi ta ’minlanadi. Yo‘llar asosan mustahkam qatlam bilan qoplangan bolishi kerak. Odamlar o'tadigan yo‘llar to‘xtovsiz harakatlanadigan temir yo‘llar bilan to'qnash kelsa, unda temir yo‘l ustiga maxsus ko‘priklar qurish, yoki yer osti yoMlari tashkil qilish tavsiya etiladi. Sanoat korxonasi hududida joylashtiriladigan binolar ishlab chiqariladigan mahsulot bilan uzviy bog‘langan bo‘ladi. K atta hajmdagi mahsulot ishlab chiqariladigan sanoat korxonalari binosida oxirgi olinadigan mahsulot iloji boricha jo'natish oson boMgan yerga moslanadi. Agar sanoat korxonasida katta miqdoda chang, zaharli moddalar chiqadigan uchastkalar bo‘lsa, ularni iloji boricha chetroqqa joylashtirishga va ular, albatta, shamol yo‘nalishida joylashtiriladi. Ba’zi bir shovqinli sexlarni ham iloji boricha boshqa sanoat binolaridan olisroqqa joylashtiriladi. Hosil boMgan oraliqlarga har xil daraxtlar va gullar ekib obodonlashtirish, ishchilar tanafifus vaqtlarida dam oladigan, hordiq chiqaradigan joylar tashkil qilish mumkin. Sanoat korxonasi hududida joylashgan har qanday sanoat binolari va yordamchi binolar, albatta kanalizatsiya bilan ta ’minlanishi kerak. Kanalizatsiya bilan to ’plangan va ifloslangan sanoat chiqindi suvlarini mavjud suv havzalariga tashlab yuborish mutlaqo taqiqlanadi. Bunday chiqindi suvlar, albatta maxsus hovuzlarda yig‘ilishi, mavjud texnik va biologik vositalar bilan tozalanishi ham da texnik zaruratlar uchun ishlatili-shini hisobga olib, sanoat korxonasiga qaytarilishi kerak. Sanoat korxonasini suv bilan ta ’minlaganda va tozalangan kanalizatsiya suvlarini ishlatishda, suv sifatini belgilovchi GOST larga amal qilinadi. Agar tozalangan kanalizatsiya suvlari ochiq suv manbalariga tashlab yuboriladigan bo'lsa, ularning sifati sanitariya m e’yor va qoidalariga to ‘liq javob berishi kerak. XIII. 4. Sanoat korxonalarining xonalari Sanoat korxonalarining xonalari texnologik jarayon talablariga va tayyorlanadigan m ahsulot katta-kichikligiga qarab quriladi. Korxonaning um um iy sexlarida har bir ishchi uchun kamida 15 m 3 hajmdagi maydon to ‘g‘ri kelishi, bunda minim al maydon 4,5 m2 dan kam bo'lmasligi va binoning balandligi kamida 3,2 m bo'lishi sanitariya qoidalarida chegaralab qo‘yilgan. H ar xil sanoat chiqindilari va issiqlik ajralib chiqadigan texnologik jarayonlar b o ‘lganda (bunda issiqlik ajralishi 20 kkal m2 - 1 soatda), shuningdek, titrash manbalari mavjud bo‘lsa, bunday sanoat korxonalari uchun bir qavatli bino qurish sanitar-gigienik nuqtayi nazaridan qulay hisoblanadi. Agar ko‘p qavatli binolarga joylashgan mashinasozlik sanoati korxonalarida yuqorida ko‘rsatilgan sexlami eng oxirgi qavatga joylashtirish maqsadga muvofiqdir. Agar bunday sexlar qavatlar o ‘rtasiga joylashtirilsa, zararli chiqindilr va issiqlik boshqa qavatlarga ham o‘tib ketib, ularning zararlash maydonlarini oshirib yuboradi. Zararli m oddalar ajratadigan yoki ko‘plab issiqlik chiqaradigan jihozlarni ayrim xonalarda iloji boricha xonaning chekka tom onlariga devorlar yaqiniga o'rnatiladi. Mashinasozlik sanoatida bunday xonalarga temirchilik sexlari, lak-bo'yoq ishlarini bajaradigan uchastkalar va detallarga galvanik ishlov berish sexlari joylashgan bo'ladi. Har xil sanitar-gigienik sharoitga ega bo'lgan ishlarni bir xonada joylashtirilganda, ularning zararlovchi omili ta ’siri boshqalarga ham ta ’sir qilmasligini ta’minlovchi chora-tadbirlarni amalga oshirish kerak. Bunda, masalan, havo dushlari, zararli m ashinalarni ajratish, havo to'siqlari va boshqalardan foydalaniladi. Ishlab chiqarish xonalarini yerto‘lalarga joylashtirish, texnologik jarayon uchun zarur bo'lgan ayrim hollardagina yo‘l qo'yiladi. Xonalarga tabiiy yorug'lik tushishi m uhim rol o'ynaydi. Shuning uchun ham yorug'lik tushiruvchi deraza va tuynuklarning joylashishiga alohida e’tibor beriladi va bular albatta hisoblab chiqiladi. Tepa tomondan yorug'lik tushishini ta ’m inlovchi fonarlar holatiga alohida e’tibor berish zarur. Chunki sanoat korxonalarida zaharli moddalar chiqishini hisobga olib, sanoat korxonasi shamollatish vositalari bilan jihozlanishidan qat’i nazar, uni shamollatishning ma’lum vositalari bilan jihozlash zaru r hisoblanadi. Mana shu shamollatish vazifasini yorug‘lik tushirishni ta ’minlovchi fonarlar amalga oshiradi. Shuning uchun ham yorugMik tuynuklarining 20% i ochiladigan vositalar bilan ta ’minlanadi va shamollatish vazifasini bajaradi. Yon tom onga o ‘rnatilgan derazalar ham shu vazifani bajaradi. Binolarning devor va shiftlariga ham alohida e’tibor beriladi. U lar ishchilarni sovuq va zax havodan saqlashi bilan birga zaharli modda va gazlarni shimib olmasligi va bunday moddalarni undan yuvib yuborish oson boMishi kerak. Binolarning tashqi devorlari albatta qiyin yonadigan yoki yonmaydigan qurilish konstruksiyalaridan tayyorlanadi (m asalan, gMsht, beton, tem irbeton va metall konstruksiyalar). U lar bundan tashqari issiqlikni saqlash qobiliyatiga ham ega. Namlik ko‘p boMadigan sanoat korxonalari binolari (m asalan, detallarni yuvish, bo‘yash, galvanika uchastkalari) devorlari va shiftlari suv va namlikni oMkazmaydigan qilib tayyorlanadi. Ba’zi bir juda zaharli va yemiruvchi xususiyatga ega boMgan moddalar bilan ish bajaradigan (m asalan, simob, qo‘rg‘oshin, mishyak, benzol, kislotalar, oltingugurtli gazlar va boshqalar) xonalarda, bino devorlari, pollari va shiftlari bu m oddalarni o'ziga jamlab yoki shimib olmasligi, oson yuvib tashlash m um kin boMgan materiallar bilan qoplanadi. M a’lumki ba’zi bir moddalarning bugMari (simob, tetraetil qo‘rg‘oshin va boshqalar) hattoki, uncha katta boMmagan miqdorlarda ham devor va shift yuzalariga o ‘tirib qolishi va uzoq muddat undan ajralib chiqib, ishlab chiqarishda band boMgan kishilarning surunkali zaharlanish hodisalari uchraydi. Shuning uchun ham bunday binolarning devorlari nitroemal yoki boshqa turdagi turgMn bo‘yoqlar bilan bo'yaladi. Masalan, sanoat korxonalari binolarida galvanik ishlarini bajaradigan, simob bilan ishlatiladigan asboblarni ta ’m irlashda foydalaniladigan, shuningdek, m oy bilan ishlatiladigan qurilm alar yigMladigan, akkumulatorlar zaryadlanadigan xonalarning devorlari 2 m gacha balandlikda sopol plitkalar bilan qoplanadi. Ba’zi bir ko'p chang ajralish bilan boradigan ishlar bajariladigan xonalarda (m asalan, quymalarni qum oqimi bilan tozalash, shlifovka qilish va boshqalar) chang so‘rish vositalarini o ‘rnatish, pol va bino devorlarini suv bilan yuvib tozalash imkonini beradigan qilib bajarish kerak. Demak, har bir xonani ish bajarish turi, xili va holatiga qarab jihozlanadi va bunda sanitariya qoida va m e’yorlariga to ‘la amal qilinadi. Sanoat korxonalari xonalari pollariga ham alohida aham iyat beriladi. Pollar issiq, mustahkam, tarang bo‘lib, ba’zi bir zarbalarga chidash berishi va yetarli miqdorda yukni ko‘taraolishi kerak. Undan tashqari siф anchiq boMmasligi va tozalashga qulay boMishi kerak. Mexanika va asbobsozlik sexlarida bino pollari issiqlikni saqlovchi materiallardan tayyorlanadi. Agar ba’zi bir sexlarda polga ishqor yoki kislota to ‘kilishi xavfi boMsa, bunday sexlarning pollari sopol plitkalar bilan qoplanadi. YongMnga xavfli sexlarda pollar yonmaydigan yoki olov ta ’siriga chidaydigan materiallardan tayyorlanadi. Shuningdek, kislota va ishqorlar boMgan sexlarda ularni yuvib yuborish imkoniyatini beradigan oqova uchastkalari ta ’m inlanadi. K o‘plab yog‘ mahsulotlari to ‘kilishi m um kin boMgan xonalarning poli ham sopol plitkalar bilan qoplanadi yoki betondan ju d a silliq qilib tayyorlanadi. H ar qanday sanoat korxonasi xonalari yongMn boMgan taqdirda odam larni u yerdan chiqarib yuborishning eng qisqa va xavfsiz yoMlari bilan ta ’m inlanadi. Shuning uchun sanoat korxonalari har qanday binosida kam ida ikkita chiqish yoMi boMishi va bular iloji boricha qaram a-qarshi tom onga chiqishi kerak. Korxonaning ham m a eshik va darvozalari albatta tashqariga ochilishi kerak. H ar bir sanoat korxonasi uchun eng uzoq ish joyidan tashqariga chiqishgacha boMgan vaqt muddati belgilanadi. Ishchilarni ish joylaridan tashqariga chiqarib yuborish vaqti 3 m inutdan ortiq boMmasligi kerak. XIII. 5. Sanoat korxonalarini suv bilan ta’minlash va kanalizatsiya tizimlari Sanoat korxonalarini suv bilan ta ’minlash uni faqatgina ichim lik suv bilangina em as, balki sanoat maqsadlari uchun, shuningdek, yongMnga qarshi kurash vositasi sifatida ham qarash kerak. 248 Shuning uchun sanoat korxonalarida ishlatiladigan suvning sifatini belgilash, ichimlik va xo'jalik ehtiyojlari uchun ayrim yaxshi tozalangan sifatli suvlarni ishlatish, sanoat maqsadlari uchun va yong‘inga qarshi kurash vositasi sifatida birlamchi ishlatilgandan keyin, ya’ni ichimlik va xo‘jalik maqsadida qo'llanilgan suvni qayta tozalagandan keyingi suvlar—texnik suv sifatida ishlatilishi mumkin. Bunda biz, birinchidan, hozirgi zamonda tanqisligi sezilaboshlagan chuchuk suvni tejasak, ikkinchidan, oqava suvlarini suv havzalariga tashlab ulam i ifloslantirmaslik, shu bilan tabiat tozaligini saqlab qolish imkoniyatiga ega bo‘lamiz. Demak, har bir sanoat korxonasi uchun suv manbalarini tanlash va ularni suvni ifloslanishiga yo‘l qo‘ymaslik asosida chiqarilgan hujjatlarga asoslanib, foydalaniladi. Bunda asosan sanitariya qoida va m e’yorlari bo'yicha berilgan sifat ko'rsatgichlari va suv tarkibidagi zararli moddalarning chegara miqdorlari belgilangan bo'ladi. Suv havzalaridan olingan suvlar albatta toza bo'ladi va shuning uchun ehtiyoj sifatida foydalanish m um kin. H ar bir sanoat korxonasi uchun zarur bo'lgan suv m iqdori, uning texnologiyasi va ishlab chiqarish quw atiga bog'liq bo'ladi. M e’yoriy hujjatlarda xo'jalik maqsadlari va ichimlik suvlari sifatida ishlatiladigan suv me’yorlari keltirilgan. Bu m e’yorlar issiq sexlar uchun har bir ishchi uchun bir sm enada 45 1, issiq bo'lmagan sexlarda 25 1 qilib belgilangan. Am m o bu miqdorlar doimiy bo'lm ay o'zgaruvchan bo'ladi va koeffitsiyentlar bilan beriladi. Sanoat korxonalarining yordamchi xonalarida suv sarfi dush xonalarida har bir setka uchun 500 I/soat, yuvinish kranlarida 180—200 1/soat qilib belgilangan. U m um an sanoat korxonalari uchun bir sekundda ichimlik suvlari va xo'jalik maqsadlarida ishlatiladigan suv miqdorini quyidagi formula asosida aniqlanadi: к = ZwiP, bunda, к — har bir suv ishlatish vositasining o'rtacha quw ati 1/s; n — umumiy suv ishlatish vositalari soni; P — suv ishlatish vositalrining ishlash koeffitsiyenti, uni kran va dush setkalari uchun P =1 qabul qilinadi. 249
1-rasm. Suv bilan ta ’minlash tizimining um um iy ko'rinishi.
Sanoat va xo‘jalik maqsadlarida ishlatib bo'lingan suvlarni kanalizatsiya tizim i orqali yig‘iladi. Kanalizatsiya umumiy ishlatilib bo'lingan suvlarni yig‘uvchi tormoqlarga, yer osti trubalari, kanallari, kuzatish quduqlari, nasos stansiyalari, bosimli yoki oqava kollektorlar, tozalash qurilmalari, zararsizlantirish va yig'ish qurilm alariga ega bo'ladi. Yig'ish qurilmalarida yig'ilgan tozalangan suv texnik maqsadlar va yong'inga qarshi kurash suvi sifatida ikkinchi m arta sanoat korxonasiga qaytariladi. Sanoat korxonalarida foydalaniladigan kanalizatsiya tizimlari atrof-m uhitdan butunlay ajratilgan bo'lishi kerak. Kanalizatsiya quvirlaridan suvni yerga-tuproqqa o'tib shimilishiga mutlaqo ruxsat berilmaydi. O 'zbekiston Respublikasi atrof-m uhitni muhofaza qilish qonuniga asosan sanoat korxonasidan oqib chiqadigan har qanday suv tozalanm asdan suv havzalariga qo'shib yuborilishi mutlaqo taqiqlanadi. U larni albatta zararli m oddalardan va iflosliklardan tozalash talab qilinadi. Bu shartlarni bajarishda tozalashning kimyoviy, m exanik va biologik usullaridan foydalaniladi. Tozalangan suv tarkibi va sifati, uni tozalash usullari va tozalash qurilm alari turlari QMQ 2. 04. 05 — 97 talablariga javob berishi kerak.



Yüklə 141,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin