Geologiya-qidiruv va kon-metallurgiya



Yüklə 1,09 Mb.
səhifə5/10
tarix02.12.2022
ölçüsü1,09 Mb.
#71830
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
ISMOILOV BUNYOD MEHNAT MUHOFAZASI 2222

Ishchilami bilimini tekshirish. Dastlabki yo'riqnomadan va malaka oshirishdan keyin (mustaqil ishlashga ruxsat berishdan yoki boshqa ishga o‘tkazishdan awal) ishchilaming xavfsiz ishlash usullari bo‘yicha bilimlarini tekshirish kerak bo‘ladi. Buning uchun korxona ma’muriyati tomonidan maxsus komissiya tuziladi va unga rais qilib sex boshliqlaridan biri belgilanadi. Zarurat bo'lganda, aniq sharoitdan kelib chiqib komissiya tarkibiga mexaniklar, energetiklar va boshqa mutaxassislar kiritilishi mumkin.
Ishchiga dastlabki tekshiruvdan keyin ma’ lum nusxada rasmiy lash- tirilgan shahodatnoma beriladi.
Bilimlarni tekshirish yo‘riqnoma dasturi asosida sex boshliqlari tomonidan tuzilgan savollar yuzasidan o‘tkazilib, dastlabki, davriy va navbatdan tashqari turlarga bo‘linadi.
Davriy tekshiruvda ishchilaming bilimlarini maxsus tartibda tek- shirib turiladi. Bu tartib jadvali usta tomonidan tuziladi va sex boshlig‘i tomonidan tasdiqlanadi.
Navbatdan tashqari tekshiruv texnologik jarayon o‘zgarganda, yangi mexanizm va uskunalar o‘matilganda, yangi qoida, yo‘riqno- malar tadbiq qilingan hollarda hamda qoida yo‘riqnomalar bo‘yicha bilim etarli bo'lmagan hollarda davlat nazorat tashkilotlari, korxona rahbarlari talabi bilan o‘tkaziladi.
Bilimlami tekshirish natijalari jurnalga qayd qilinadi va ishchining shahodatnomasiga yozib qo‘yiladi. Tekshiriluvchining bilimiga baho qo'yishdan (yaxshi, qoniqarli, qoniqarsiz) tashqari imi mustaqil ish- lashga ruxsat berish haqida jurnalga ham qayd qilishi kerak.
Agar tekshiruv paytida ishchi bilimining qoniqarsizligi aniqlansa unga mustaqil ishlashga ruxsat berilmaydi va ikki haftadan oshmagan muddat ichida qayta tekshiruvdan o‘tishi kerak. Qayta tekshiruvga kelmaslik yoki sababsiz tayyorlanmasdan kelish mehnat intizomini buzish deb qaraladi. Ushbu kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan ishchiga ichki mehnat intizomi qoidalarida belgilanganidek intizomiy choralar qo'llaniladi.
Mutaxassis va rahbar xodimlarni o‘qitish va bilimlarini tekshirish. Mutaxassis va rahbar xodimlaming mehnat muhofazasi bo'yicha bilimlarini oshirish uchun korxona, boshqaruv bo‘limlarida davlat nazorat tashkilotlari ilmiy tadqiqot institutlari va tarmoq mu- taxassislarini jalb qilgan holda kurslar, seminarlar, ma’ruzalar hamda maslahatlar tashkil qilinadi.
Xodimlar rahbarlik lavozimiga tayinlanishidan avval quyidagilar bilan tanishishlari kerak:
- ularga ishonib topshirilayotgan tashkilotda (boiim, sex, korxona) mehnat muhofazasi va sharoitining holati;
- xavfli va zararli ishlab chiqarish omillaridan ishchi hamda xizmatchilami himoyalash vositalari;
- jarohatlanish va kasb kasalliklarining tahlili;
- mehnat sharoitlarini yaxshilashning kerakli tadbirlari hamda mehnat muhofazasi bo‘yicha qo‘llanma va lavozim vazifalari ro‘yxati.
Mutaxassis va rahbar xodimlaming mehnat muhofazasidan bilim- larini tekshirish yuqori tashkilot mehnat muhofazasi bo‘limlarining doimiy imtihon komissiyalari tomonidan bajariladi. Komissiya tarkibi yuqori tashkilot rahbarlari tomonidan tasdiqlanadi. Imtihon komissiyalarini boshqaruv tashkilotlarining rahbarlari boshqaradi. Yirik korxonalarda imtihon topshiruvchi xodimlar soni ko‘p bo‘lsa, bir necha imtihon komissiyalari tashkil qilinishi mumkin. Bunday hollarda komissiya raisi qilib mehnat muhofazasi bosh mutaxassislari va korxona rahbarining muovinlari tayinlanadi.
Imtihonlarni tashkil qilish va o‘tkazish korxona ma’muriyatiga hamda imtihon komissiyalari raislari zimmasiga yuklatiladi. Imti- honlar tasdiqlangan reja bo‘yicha o‘tkaziladi. Bu reja imtihon komissiyasining barcha a’zolariga bir oy oldin tarqatiladi. Tekshiruvchi esa imtihon kuni va o‘tkazilish joyi haqida kamida 15 kun oldin ogohlantiriladi. Komissiya a’zolari uch kishidan kam bo‘lsa imtihon o‘tkazishga ruxsat berilmaydi. Imtihon komissiyasi tarkibiga kiritilgan rahbarlar va mutaxassislar boshqaruv tashkilotlari komissiyalariga imtihon topshiigan bo‘lishlarikerak. Imtihon komissiyasi quyidagilar bo‘yicha rahbarlaming bilimlarini tekshiradi:
O‘zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi, boshqa qonun va me’yoriy hujjatlar,
- mehnat xavftizligi standartlar tizimlari;
- halokatlami cheklash va ogohlantirish tizimlarini;
- elektr jarohatlaridan ogohlantirish;
- yong‘in xavfsizligi, halokat, portlash hamda yong‘inlami bartaraf qilish usul va vositalari;
- ko‘ngilsiz hodisalar ro‘y berganda xodimlaming harakatlari;
- ishlab chiqarish sanitariyasi va mehnat gigiyenasining asosiy talablari;
- mehnat muhofazasi holatini nazorat qilishda davlat, tarmoq va jamoat nazoratlari to‘g‘risidagi nizomlar;
- baxtsiz hodisalami taftish qilish, hisobga olish va rasmiylashtirish;
- texnologik tizimning xavfsizligini ta’minlovchi pasport, sxemalar, texnologik reglamentlar va lavozim yo‘riqnomalari;
- SHHV ni tarqatish tartibi va me’yorlari, ishlatish muddatlari;
- mehnat bitimlari, ish vaqti, dam olish vaqti, ayollar mehnatini muhofaza qilish va balog‘at yoshiga etmaganlar mehnatini muhofaza qilish. Imtiyozlar va toovlar;
- jabrlanganlarga dastlabki yordam ko‘rsatish usullari.
Imtihon savollari texnologik jarayonning o‘ziga xos tomonlarini, mutaxassis rahbarlarga qo‘yiladigan malaka talablari va mahalliy sharoitlami hisobga olgan holda tuzilib, komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Mehnat muhofazasi bo‘yicha bilimlami tekshirishning quyidagi turlari belgilangan: dastlabki, davriy, navbatdan tashqari. Lavo- zimlarga ishga tushgan kundan boshlab bir oy o‘tkazmay tegishli imtihon komissiyasi bilimlarini tekshiruvdan o'tkazishi kerak. Davriy bilimlami tekshirish kamida uch yilda bir marta o‘tkaziladi.
Quyidagi holatlarda ushbu nizomda qayd qilingan rahbarlar va mutaxassislaming bilimlari navbatdan tashqari tekshiriladi:
- mehnat muhofazasi bo‘yicha yangi yoki qayta ko‘rib chiqilgan me’yoriy hujjatlar amalga kiritilganda;
- yangi texnologik jarayonlar yoki yangi uskunalar o'matilganda;
- xodim bilimini mehnat muhofazasidan boyitish talab qilinadigan yangi ish joyiga o‘tkazilganda;
- guruhiy o‘lim yoki nogironlik bilan tugagan baxtsiz hodisalar sodir bo‘lganda hamda halokat, portlash, yong'in va zaharlanish hollari ro‘y berganda;
- ishda bir yillik uzilish sodir bo‘lganda;
- Davlat nazorat tashkilotlari talablariga ko‘ra.
Bilimlami navbatdan tashqari nazorat qilish ayrim hujjatlar chega- rasida o‘tkazilishi mumkin. Bu hujjatlaming ro'yxatlari yuqori tash- kilot tomonidan belgilanadi.
Bilimlami tekshirish natijalari bayonnoma tarzida rasmiylashtiri- ladi va imtihon komissiyasi raisi hamda a’zolari tomonidan imzo chekiladi. Bu bayonnoma olti yildan kam bo‘lmagan muddatda korxonaning mehnat muhofazasi yoki kadrlar bo‘limida saqlanadi.Ishlab chiqarish o‘ta xavfli bo‘lgan korxona mutaxassis va rahbarlari mehnat muhofazasidan imtihon topshirganlarida ularga maxsus shaho- datnoma beriladi. Shahodatnomaga komissiya raisi (yoki uning muovini va a’zosi bo‘lgan Mehnat muhofazasi Davlat texnik inspeksiyasining nazoratchisi imzo chekadi).
Bunday shahodatnomaning mavjudligi rahbar yoki mutaxassisni ushbu Nizomning 28-bandida keltirilgan masalalar bo‘yicha tekshiruv- dan ozod qilmaydi. Imtihonda qoniqarsiz baho olgan rahbar shaxs bir oy ichida imtihonni qayta topshirish sharti bilan o‘z lavozimida qoldi- rilishi mumkin. Imtihonni qayta topshira olmagan rahbar haqidagi materiallar kor- xonaning attestatsiya komissiyasiga, uning lavozimiga mos emasligini ko‘rib chiqish uchun yuboriladi.
Imtihon komissiyasining qarori yuza- sidan nizolar Mehnat muhofazasi Davlat texnik inspeksiyasi yoki sud tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Mehnat muhofazasi bo‘yicha bilimlarni tekshirishni tashkil qilish va o‘tkazish korxona rahbarlari hamda yuqori tashkilot mehnatni mu- hofaza qilish bo`limlari zimmasiga yuklanadi. Nazorat huquqi Mehnat muhofazasi Davlat texnik inspeksiyasiga yuklanadi.



Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin