1.3 Ishlablab chiqarish korxonalarida mehnatni muhofaza qilish ishlarini tashkil qilish Mehnat muhofazasini o‘qitishni tashkil qilish va bilimlarni tekshirish bo‘yicha namunaviy nizomda (№ 272, 14.08.1996) barcha kor- xona, tashkilot, muassasa, institut, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, birlash- ma, assotsiasiya, korporatsiya, xolding, tarmoq, vazirlik va boshqa mulk shaklidan qat’iy nazar malaka talablari hajmida ishchilar, rah- barlar, mutaxassislar, muhandis-texnik xodimlar uchun mehnat muho- fazasidan bilimlarni majburiy nazorat qilish tartibi belgilangan.
Korxonaga ishga kirayotgan har bir xodimga xavfli ish usullari bo‘yicha yo‘riqnoma, maxsus malaka olgandan va bilimi tekshiril- gandan keyin mustaqil ishlashga ruxsat beriladi. Bug` va issiqlik qozonlari, yuk ko'tarish kranlari, bosim ostida ishlovchi idishlar, elektr uskunalari, maxsus uskunalar kabi xavfli ishlarda ishlovchilarga maxsus o‘quv kurslarini bitirganlari haqida hujjatlari bo`lsagina ishlashga ruxsat beriladi. Xodimlami xavfsiz ish usullariga o‘qitish va ulami to‘g‘ri tashkil qilish bo‘yicha umumiy rahbarlik hamda javobgarlik korxona rahbarlariga va boshqaruv tashkilotlariga yuklanadi. Tsexlarda, bo'limlarda ishchilarni va ustalami xavfsiz ish usullariga o‘rgatish shu sex hamda bo‘lim rahbarlariga, shuningdek, o‘z vaqtida va sifatli o‘qitishni nazorat qilish esa mehnat muhofazasi bo‘limlari zimmasiga yuklatiladi.
Ishchilar bilan yo‘riqnoma o‘tkazish. Yo‘riqnomalar ikki xil bo‘ladi: kirish va ish joyida o‘tkaziladigan yo‘riqnoma. o‘z navbatida ish joyida o‘tkaziladigan yo‘riqnoma 3 xil bo‘ladi: dastlabki, davriy va navbatdan tashqari.
Kirish yo'riqnomasi. Barcha ishga yangi kiruvchilar, boshqa kor- xonalardan xizmat safariga jo‘natilganlar (ish malakasi va stajidanqat’iy nazar) amaliyot o‘tayotganlar va shogirdlar kirishyo‘riqnomasini o ‘tadilar. Uni korxonaning mehnat muhofazasi bo‘yicha mas’ul xodimi yoki shu vazifa yuklatilgan boshqa rahbar xodim o‘tkazadi. Agar ishga qabul qilish bevosita sexlarda amalga oshirilsa, kirish yo‘riqnomasini shu sexning boshlig'i o‘tkazishi kerak.
Shikastlanganlarga dastlabki yordam ko'rsatish, yong‘in xavfsizligi va boshqa maxsus masalalar bo'yicha yo‘riqnomalami tegishli mutaxassislar olib boradilar.
Kirish yo‘riqnomasi maxsus adabiyot, ko‘rgazmali qurollar bilan jihozlangan mehnat muhofazasi xonasida, zamonaviy texnik vosita- lardan foydalangan holda o‘tkaziladi. Kirish yo‘riqnomasi guruh bilan va yakka tartibda o‘tkazilishi mumkin. Guruh bilan o‘tkazilganda eshituvchilar soni 10 kishidan oshmasligi kerak. Kirish yo‘riqnomasi o‘tkazilganligi haqida maxsus jumalga va ish- chi qo'liga topshiriladigan ishga kirish varaqasiga yozib qo‘yiladi.
Kirish yo ‘riqnomasining dasturi:
1. Korxona to‘g‘risida umumiy ma’lumot.
2. Mehnat muhofazasi. Xavfsizlik standartlari tizimlari haqida umumiy ma’lumot. Ish vaqti va dam olish vaqti. Ayollar va balog‘atga etmaganlar mehnatini muhofaza qilish. Davlat, tarmoq va jamoat nazorati. Korxonada baxtsiz hodisalami taftish qilish. Ichki mehnat tartibi qoidalari.
3. Xavfsizlik texnikasi. Xavfli, zararli ishlab chiqarish omillari va ulardan himoyalanish. Ishlab chiqarishda baxtsiz hodisalaming va kasb kasalliklarining asosiy sabablari. Xavfsizlik standartlari tizimlarida ishlab chiqarish jara- yonlariga va uskunalariga qo'yiladigan talablar. Uskunalaming asosiy xavfsizlik qoidalari. Ogohlantiruvchi, to‘suvchi va signal beruvchi vositalar. Xavfsizlik ranglari va belgilari. Elektr toki bilan jarohatlanish xavfmi oshiruvchi sharoitlar. Jarohatlarning oldini olish tartiblari. Ish joyini xavfsiz tashkil qilish va saqlashga qo‘yiladigan talablar. Yuk kо‘tar ish va tashish mexanizmlari, ichki transport vositalaridan xavfsiz foydalanish qoidalari.
4. Ishlab chiqarish sanitariyasi.
Ishlab chiqarish muhitining asosiy sanitariya-gigienik omillari. Mehnat sharoitini yaxshilash bo'yicha asosiy tadbirlar (texnik va tashkiliy, sanitariya-gigienik, davolash-profilaktik). Ish joylari havosmi almashtirishning zarurati va tuzilishi. Yorug‘likni to‘g‘ri tashkil qilish. Shovqinga qarshi tadbirlar.
5. Shaxsiy himoya vositalari, ulardan foydalanish me’yor va qoidalari. Himoya vositalariga qo‘yiladigan talablar. Korjomalar, maxsus poyafzallar. Qo‘l, bosh, yuz, ko‘z, nafas a’zolari, quloqni himoya qilish. Ogohlantiruvchi moslamalar.
6. Shaxsiy gigiyena qoidalari. Sanitariya kiyimlari, poyafzallari va vositalariga qo'yiladigan talablar.
7. Korxonada yong‘in xavfsizligiga qo'yiladigan talablar.
5-rasm. Yongin xavfsizligi uchun qo’yiladigan yong’in o’chirish vositalari
8. Mexanik jarohat olganda, kuyganda, kislota va ishqorlar bilan kuyganda, zaharlanishda, elektr va ko‘z jarohatlari olgandagi dast- labki yordam.
9. Xavfsizlik texnikasi yo‘riqnomalari buzilganda qo‘llanadigan javobgarlik. Ish joyida o‘tkaziladigan yo‘riqnoma. Barcha ishchilar kirish yo‘riqnomasidan tashqari ish joyida o‘tkaziladigan yo'riqnomalami ham bilishlari lozim.
Ish joyida o‘tkaziladigan yo'riqnomadan maqsad har bir ishchini to‘g‘ri va xavfsiz ish usullariga o'rgatish hisoblanadi. Yo‘riqnomani o‘tkazish jarayonida ishchiga u ishlaydigan uskunada bajariladigan texnologik jarayon, uning harakat uzatish mexanizmlari, xavfli joylari, konstruktiv xususiyatlari, paydo bo‘lishi mumkin bo'lgan xavflar, ishni xavfsiz bajarish usullari, ish joyini to‘g‘ri tashkil qilish va shu kabi masalalar tushuniladi.
Yo‘riqnoma o‘tkazish ishchining bevosita rahbari bo'lgan ustaga yuklatiladi. Ayrim zarur hollarda bu yo‘riqnoma tegishli mutaxassislar (mexanik, energetik, texnolog) ishtirokida o‘tkaziladi.
Xodimlarga elektr xavfsizligi bo‘yicha yo'riqnoma o‘tkazish va malaka guruhi berish korxona bosh energetigi zimmasiga yuklatiladi.
Ish joyida o‘tkaziladigan yo‘riqnoma ishni xavfsiz olib borish qoidalari asosida sex boshliqlari tomonidan tuzilgan va korxona bosh muhandisi tasdiqlagan dastur bo‘yicha olib boriladi. Buyo‘riqnomalarro'yxatini korxona bosh muhandisi kasaba uyushmasi raisi bilan bir- galikda tasdiqlaydi. Ish joyida o‘tkaziladigan dastlabki yo'riqnoma ishchini mustaqil ishlashga qo‘yishdan oldin yoki ish harakteri o'zgargan hollarda o'tkaziladi.
Korxonaga ishga kirayotgan shaxs kasbiy malakasini malakali va tajribali ishchiga biriktirib qo‘yish orqali oshiradi. Bunday biriktirib qo‘yish sex boshlig‘ining vazifasi hisoblanadi.
Dastlabki yo‘riqnoma o‘tkazish yo‘riqnomalami rasmiylashtirish jurnaliga yozib qo‘yish orqali mustahkamlanadi. Barcha ishchilar o‘ta xavfli ishlami bajarishga vazifa olishlaridan awal javobgar rahbar tomonidan yo‘riqnoma olishlari va bu haqda jumalga xavfsizlik choralari ko‘rsatilgan holda rasmiylashtirilishi kerak. Ish joylarida o'tkaziladigan yo‘riqnomaning dasturi.
1.Toxnologik jarayon va uskuna haqida umumiy ma’lumotlar. Aioiiy xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari.
2. Ish joyiga qo'yiladigan xavfsizlik talablari.
3. Uskunaning (mashina, dastgoh, mexanizm) tuzilishi. Xavfli joylari, to‘siqlari, ogohlantiruvchi moslamalari, blokirovka va signal berish tizimlari.
4. Ishga tayyorgarlik tartibi (uning sozligini, kerakli asbob-usku- nalarning mavjudligini, yerga ulash va boshqa himoya vositalarining mavjudligini tekshirish).
5. Xavfsiz ishlash usullari, xavfli vaziyatlar pay do bo'lganda qilinadigan ishlar.
6. Korjomalar, shaxsiy himoya vositalari va ulardan foydalanish.
7. Ishchilami elektr xavfsizligini taminlashiga qo‘yiladigan asosiy talablar.
8. Sexda xavfsiz harakatlanish sxemasi.
9. Yuk ortish-tushurish va tashish ishlarida xavfsizlik talablari. Yuk ko‘tarish, tashish uskunalari va mexanizmlarini xavfsiz ishlatish.
Davriy yo‘riqnoma. Ishchining malakasi va ish stajidan qat’iy nazar har 6 oydan ko‘p bo‘lmagan muddatda xavfsiz ishlash usullari bo'yicha davriy yo'riqnoma o‘tkazib turiladi. Bunday asosiy maqsad ishchining asosiy va doimiy bajarib turadigan ishida xavfsizlik qoidalari bo‘yicha bilimlarini yangilab va to‘ldirib turishdir.
Davriy yo‘riqnoma yakka tartibda va guruh (bir xil kasbdagi ishchilar) bilan o‘tkazilishi mumkin, bunda sex yoki korxonada bo‘lib o‘tgan noxush hodisalami talqin qilgan holda suhbat o‘tkaziladi.
Turli sabablar bilan (ta’til, kasallik, mehnat safari va h.k) o‘z muddatida ishchilarga o‘tkazilmagan yo‘riqnoma keyinchalik o‘tkaziladi. Davriy yo‘riqnoma o‘tkazilganligi haqida jumalga yozib rasmiylash- tirilib qo‘yiladi.
Navbatdan tashqari quyidagi hollarda o‘tkaziladi:
- texnologik jarayon o‘zgarganda, bir uskuna o'miga boshqa uskuna o‘matilganda va mehnat sharoiti o‘zgartirilganda;
- sex bo‘limi yoki brigadada baxtsiz hodisa yoki avariya ro‘y berganda;
- ishlami xavfsiz bajarish bo‘yicha yangi qoida va yo'riqnomalami ishchilar diqqatiga etkazish zarurati tug‘ilgan hollarda;
- ishlab chiqarish intizomi qoida va yo‘riqnomalami talablari buzilishi aniqlangan hollarda.
Navbatdan tashqari yo‘riqnomada dastlabki yo‘riqnomaning shu yo‘riqnoma o‘tilishiga sabab bo‘lgan qismigina ko‘rib chiqiladi.
Bu yo‘riqnoma ham dastlabki va davriy yo'riqnoma singari bevo- sita rahbar (usta) tomonidan o‘tkaziladi va jumalga yozib rasmiylash- tiriladi va sababi ko'rsatiladi.