Geologiya-qidiruv va kon-metallurgiya


Tabiiy yoritish va suniy yoritish manbalari va ularni joylashtirish



Yüklə 1,09 Mb.
səhifə3/10
tarix02.12.2022
ölçüsü1,09 Mb.
#71830
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
ISMOILOV BUNYOD MEHNAT MUHOFAZASI 2222

1.2 Tabiiy yoritish va suniy yoritish manbalari va ularni joylashtirish
Yorug'lik manbalarini tanlashda va ularni bir-birlariga solishtirishda, ularning quyidagi tavsiflaridan foydalaniladi:
1) elektrotexnika tavsifi (uning nominal kuchlanishi va quvvati);
2) yorug'lik texnikasi tavsifi (lampa nurlantirayotgan nur oqimi, maksimal yorug'lik kuchi);
3) iqtisodiy va ishlatish tavsiflari: lampaning nur berishi lm/Vt bilan o'lchanib, lampadan kelayotgan nur oqimining elektr quwatiga nisbatidan iborat.
Lampaning xizmat qilish davri, ikkita davrdan:
a) umumiy ishlatish davri (uning yondirilgan vaqtidan boshlab to kuygunga qadar ishlash davri) va
b) lampaning foydali xizmat davridan (bunda lampa o ‘z nur berish qobiliyatining 20% ini yo'qotgan holda hali ishlatish uchun yaroqli holati hisobga olinadi) iborat;
4) konstruktiv tavsiflari: (kolbaning formasi, cho‘g‘lanuvchi elementning tuzilishi, kolba gaz bilan to‘ldirilgan bo‘lsa, gazning tarkibi, bosimi va boshqalar).
Hozirgi vaqtda sanoat korxonalarini yoritishda asosan cho‘g‘lanuvchi va gaz razryadi lampalari, ya’ni lyuminissent lampalaridan foydalaniladi.

3-rasm. Gazli va cho’g’lamali suniy yoritish manbalari
Cho'g'lanuvchi lampalar hozirgi vaqtda eng ko‘p tarqalgan nur tarqatish manbai hisoblanadi. Buning asosiy sababi, ularning sodda tuzilganligi, ekspluatatsiya vaqtida qulayligi, yonish davrifting tezligi va ulami ishlatish uchun qo'shimcha qurilmaning kerak emasligidir. Ammo bu lampalarning anchagina kamchiliklari ham bor. Bulardan asosiylari lampadan tarqalayotgan nurlar tarkibida qizg'ish va saig'ish nurlaming bo'lishi, ularning quyosh nurlariga nisbatan spektrlarining tarkibi boshqacha bo'lganligi sababli ranglami buzib ko'rsatadi va shu sababli qator ishlarni bajarish imkoniyatini kamaytiradi, ya’ni ba’zi bir ishlarni bunday nurlar ostida bajarib bo'lmaydi. Shuningdek, bu lampalarning nur berish darajasi ham juda past bo'lib, 7 dan 20 lm/Vt ga boradi va bu lampalarning xizmat davri anchagina kam bo'lib 1000 soatni tashkil qiladi. 116 Sanoat korxonalarini yoritish maqsadida cho'g'lanuvchi lampalarning bir necha xillaridan: vakuumli lampalar (NV), gaz to‘ldirilgan bispiral lampalar (NB), krepto-ksenon to‘ldirilgan bispiral lampalardan (NBK) foydalaniladi. Oxirgi vaqtlarda tarkibiga qisman yod qo‘shilgan — yodli cho‘g‘lanuvchi lampalardan foydalanilmoqda. Bu lampalarning xizmat muddati tarkibidagi yodning qaytaruvchanlik xususiyatiga asosan 3000 soatga uzaytirilgan va bu Jampalarning nur berish qobiliyati ham 30 lm/VT ga oshgan. Gazlarning razryadlanishiga asoslangan lampalar — bu lampalarda elektr tokining inert gazlar, metall parlari yoki ularning aralashmalari muhitida razryadlanishidan hosil bo'ladigan yorug'likning optik diapazoni sifatida vujudga keladi. Hozirgi vaqtda qo'llanilayotgan gaz razryadlanish lampalari cho'g'lanuvchi lampalarga nisbatan ba’zi bir ijobiy xususiyatlarga ham ega; jumladan, bu lampalarning nurlanish darajasi ancha katta bo'lib, 50 dan 100 lm/Vt gacha boradi (masalan, natriyli lampalarning nurlanishi 100 lm/Vt, lyuminissent lampalamiki esa 75—80 lm/Vt ni tashkil qiladi). Bundan tashqari, ularning xizmat qilish muddati ham birmuncha ko'p bo'lib, ba’zi birlariniki 8000— 14000 soatga boradi.
Bu lampalarda to'ldirilgan inert gazlar, metall parlari miqdorlarini o'zgartirish hisobiga xohlagan spektrdagi nurlami olish imkoniyati bor. Bu lampalarning ba’zi bir salbiy xususiyatlari ham bor. Ular nur oqimi pulsatsiyasi natijasida stroboskopik effekt-predmetlarning ikkita va hatto ko'p bo'lib ko'rinishi va aylanayotgan mexanizmlarning aylanish yo'nalishi o'zgargan bo'lib ko'rinadi, ba’zida shovqin chiqarishi mumkin. Past bosimli gaz razryadlanish lampalarini muhit harorati past bo'lganda ishlatib bo'lmaydi. O't tushish va portlash xavflari bo'lgan ishlab chiqarish zonalarida ularni qo'llash cheklanadi. Qo'llanilayotgan inert gazlari, metall parlarning tarkibi va lampalarning konstruksiyasidagi ba’zi xususiyatlariga ko'ra lyuminissent lampalar bir necha turda bo'ladi: LB — oq yorug'lik lampalari, LTB — issiq oq yorug'lik lampalari, LXB — sovuq oq yorug'lik lampalari, LDS — rangni to'g'ri beradigan kunduzgi yorug'lik lampalari va boshqalar. Yoyli simobli lyuminissent lampalar jumlasiga kiruvchi, yuqori bosimli lampalar (DRL) elektr energiyasining tejashi bilan ajralib turadi va yoritishning yuqori darajasini ta’minlaydi. Ular havosida chang, tutun va is bo'lishi mumkin bo'lgan prokat, po'lat quyish va 117 I boshqa mexanika sexlarining baland binolarini yoritishda keng foydalaniladi. Agar ranglar o‘zgarishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan sexlar bo‘lsa. Ularning o‘rniga rangi to‘g‘rilangan yoyli simobli lampalar - DRP dan foydalanish tavsiya qilinadi. Hozirgi vaqtda katta maydon va kar’erlarni yoritishda ksenonli gaz razryadlanish lampalaridan foydalanilmoqda. Bu lampalarda ultrabinafsha nurlar ko'pligi sababli ularni maxsus ruxsat bilan o'rnatish kerak. Bu lampalarning nur spektri quyosh nurlari spektrlariga juda yaqin. Gaz razryadli lampalarning yangi turlari sifatida galoidlar birikmalari tuzlarining parlari to'Idirilgan galoidli lampalarni va natriyli lampalami ko'rsatish mumkin. Ularning nur tarqatishi 110—130 lm/Vt ni tashkil qiladi va ular kelgusida keng miqyosda qo'llanilishi kerak. Chunki, ular iqtisodiy samarador va ranglarni to'g'ri ko'rsatish imkoniyatini ta’minlaydi.
Yorug'lik manbalari yoritish armaturasida joylashadi va ular birgalikda yoritgichlar yoki chiroqlar deb ataladi. Yoritgichlar konstruksiyalariga quyidagi talablar qo'yiladi:
1) nur oqimining yo'nalishini ishchi yuzalar tomonga qayta taqsimlanishini ta’minlash;
2) lampaning nur tarqatayotgan yuzalarining yaraqlab ko'zga ta’sir ko'rsatishini muhofaza qilish;
3) lampani har xil sanoat iflosliklari va changdan himoya qilish;
4) lampani portlash, o't olish xavflaridan muhofaza qilish.
Nur oqimini qayta taqsimlash nuqtai nazaridan to'g'ri aks ettirilgan va sochma nur tarqatuvchi lampa turlari mavjud.

4-rasm. Sochma nur qaytaruvchi lampa
To'g'ri nur tarqatuvchi lampalar ichki tomonlari emal bilan qoplangan yoki silliqlangan yuza hisobiga nur oqimining deyarli 90% ini ish joylari tomonga, ya’ni pastga yo'naltiradi.
Aks ettirilgan nur oqimi bilan, ya’ni nur oqimi ship tomonga va undan keyin pastga ish joylariga yo'naltirish so'zsiz gigienik jihatdan mukammal hisoblanadi, chunki bu holda nur bir 118 tekisda tarqalishi bilan birgalikda ko'zga ta’sir qiluvchi yaltirashlar bo'lmaydi. Lekin bunday yoritish usuli ishlab chiqarish sharoitlarida kam uchraydi; bunga sabab bu yo‘l bilan yuqori darajadagi yoritilishni ta’minlab bo'lmaydi, yorug'lik energiyasining ko'p qismi yo'qotiladi, havoning yuqori tozaligi, shipdan aks etishning yuqori koeffitsiyentini saqlab turish kabi muammolar tug'iladi. Lyuminissent lampalari asosan yorug'likni to'g'riga taqsimlaydi, cho'g'lanuvchi lampalar esa «universal» va «chuqur nurlanuvchi» kabi turlarida to'g'ri va «Sutsimon shar» va «Lyusetta* kabilarda sochilgan holda tarqatadi. Lampaning yoritilgan yuzasining yarqirashdan ko'zni himoya qilish uchun yoritish armaturasining saqlash burchagi katta ahamiyatga ega. Bu burchak armaturaga lampa joylashtirilgan zonadan o'tkazilgan gorizontal chiziq bilan, lampadan armatura quyi nuqtasi orqali o'tadigan chiziq o'rtasidagi burchak deb belgilanadi. Uning chegarasida yorug'lik manbayi ishlayotgan kishidan butunlay berkiladi. Lyuminissent lampalarda yarqirashga qarshi chora sifatida tiniq plastmassa yoki oynadan ishlangan jilosiz nur sochuvchi panjarali ekranlardan foydalaniladi.


Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin