ostgi qismidan qattiq qizigan bug' kiritiladi. Bug' avval gudrondan
ajraladi, keyin
yuqoriga ko'tarilib silindr, mashina va vereten moyi fraksiyalarga ajraladi. Ular
sovitiladi va yig'ichga yuboriladi. Og'ir gazoyl kolonnadan bug' holda chiqari-ladi
va issiq almashtirgichda hamda kondensatorda sovitilib, yig'gichga yuboriladi.
Uning bir qismi kolonnani sug'orish uchun qaytariladi.
Kolonnaning ostki qismidan suyuq qoldiq gidron chiqarib olinadi. Shunday
yo'l bilan olingan fraksiyalar oltingugurt va kislorod saqlovchi birikmalardan
tozalanadi va zaruriy miqdorda sifatini yaxshilovchi moddalar qo'shilgach
tayyor
motor yoqilg'isi va surkov moylari sifatida ishlatiladi. Olingan mahsulotlarning
sifati va miqdori qayta ishlanadigan neftning tarkibiga bog'liq bo'ladi.
Neft va neft mahsulotlarini kimyoviy qayta ishlash usullari. Neft
mahsulotlarini yuqori harorat va bosim ostida chuqur destruksiyaga — krekingga
olib keluvchi jarayonlar bilan bog'liq. Bunda uglevodorod molekulalarining
parchalanishi bilan bir qatorda barqaror moddalar sintezlanishi bilan bog'liq
bo'lgan ikkilamchi jarayonlar ham ketadi.
Kreking dastlabki xomashyoga va uglevodorodlar parchalanishining chuqur
va sayozligiga qarab 450—720°C da va 7 MPa gacha bosimda turli:
termik
kreking, riforming, piroliz va kokslash usullarida amalga oshiriladi. Bu usullarning
hammasi ham qo'shimcha ravishda motor yoqilg'isi hamda neftkimyo sanoati
uchun gazsimon mahsulotlar olish imkonini beradi.
Turli sinf uglevodorodlarining termik parchalanish jarayonlarining
murakkabligiga qaramay ba'zi bir umumiy qonuniyatlarni ko'rish mumkin.
Krekingning barcha turlari vodorod atomlari taqsimlanishi bilan tavsiflanadi ya'ni
yengil komponentlarning vodorodga boyishi og'ir komponentlarning esa dastlabki
xomashyoga nisbatan vodorodlarning miqdorining kamayishi jarayoni kuzatiladi,
masalan, bir qurilmada boruvchi jarayonni quyidagi
tenglama bilan ifodalash
mumkin:
10(C+1,8N) = (C+2,2H) +6(C+2H) +2(C+1,3H) +(C+0,2H)
xomashyo gazlar benzin mazut koks
Termik kreking jarayonlarining ko'pchiligi zanjirli radikal mexanizm asosida
boradi. Uning boshlangich harorati va tezligi uglevodlarning termodinamik
barqarorligi bilan bog'liq bo'ladi.
Neft xomashyosining tarkibida tuzilishi juda xilma xil bo'lgan turli xildagi
uglevodorodlar bo'ladi,
tabiiyki, ularning termik barqarorligi ham turlicha bo'ladi.
Yuqori haroratda uglevodorodlar, ayniqsa, parafinlar uchun degidrogenlanishdan
ko'ra uglerod bog'inining uzilishi bilan boradigan jarayonlarning termodinamik
jihatdan ehtimoli katta. Parafin uglevodorodlarning molekulyar
massasi qanchalik
katta bo’lsa, molekulaning (zanjirning) o'rtasida uglerod bog'ining uzilish ehtimoli
ham shunchalik yuqori bo'ladi. Masalan, eykozan parafinning termik kreking
quyidagi asosiy mahsulotlarning hosil bo'lishiga olib keladi:
To'yingan va to'yinmagan uglevodorodlarning miqdoriy nisbati teng bo'lganda,
reaksion aralashmada mahsulotlarning miqdoriy nisbati chapdan ung tomon keskin
oshadi. Naften uglevodorodlarning termik barqarorligi parafinlarga nisbatan ancha
yuqori bo'ladi. Yuqori haroratda naftenlar uchun degidrogenlanish
va zanjirning
uzilishi bilan boradigan reaksiyalar xosdir.
siklogeksan siklogeksen siklogeksadiyen benzol
Alkilalmashgan naftenlar krekingi yon zanjirning uzilishi bilan boshlanadi.
Aromatik uglevodorodlar nisbatan termik barqaror hisoblanadi. Ular orasida eng
birinchi alkilalmashgan hosilalari benzol va alken hosil qilib parchalanadi.
Yuqori haroratda aromatik uglevodrodlar kondensatlanishi ham mumkin, bu
holat koks hosil bo'lishiga olib keladi. Turli sinf
uglevodorodlarning oddiy
moddalardan hosil bo'lish energiyasini haroratga bog'liqlikdan kelib chiqqan holda
kreking mahsulotlarning yuqori haroratda termodinamik barqarorligi quyidagi
tartibda kamayadi:
aromatik uglevodorodlar -» alkenlar -» naftenlar -»
Dostları ilə paylaş: