Geologiya va muhandislik geologiyasi fakulteti amaliyot hisoboti



Yüklə 384,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/16
tarix16.06.2023
ölçüsü384,77 Kb.
#131113
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Mavzu neft va gaz sanoati (2)

parafinlar.
Tegishli ketma-ketlikda parchalanish tezligi ham ortadi. Demak, yuqori birinchi 
navbatda 
paraffin 
uglevodorodlar 
va 
naftenlar 
parchalanadi 
va 
aromatik 
uglevodorodlarning 
to’planishi 
kuzatiladi. 
Kreking 
mahsulotlarida 
aromatic 
uglevododrodlari ulushining ortishi ikkilamchi jarayonlar hisobiga ham (masalan, 
diyenli sintez) bo’ladi. Neftni termik qayta ishlashdan asosiy maqsad benzin ishlab 
chiqarishdir.
Kreking-gaz kondensatordan benzindan ajratiladi. Olingan mahsulotlarning unumi 
kreking- benzin 30-35 %, kreking-gaz 10—15 %, kreking-qoldiq 50—55 % ga teng 
bo’ladi. Kreking- benzin tarkibida aromatik uglevodorodlar ko'p bo'lganligi uchun, 
uning oktan soni (70) oddiy haydash orqali olingan benzindan ancha yuqori bo’ladi.
1.Kreking-gaz tarkibida etilen, etan, propilen, butilen va butan ushlaydi. Ular 
gazlarni ajratuvchi qurilmalarda (GAQ) fraksiyalarga ajratiladi va organik sintezning 
qimmatbaho xomashyosi sifatida ishlatiladi. Kreking-qoldiq bug' qozonlarning yoqilg'isi 
hisoblanadi yoki gudron, asfalt, neft koksi kabilarni olish uchun xomashyo sifatida 
qo'llaniladi.
2. Bug' fazali kreking kichikroq bosim va 600—630°C da haroratda yuqori oq tanli 
benzin olish maqsadida olib boriladi. Bunda ligroinli fraksiya ishlatiladi. Bug' fazali 
krekingda benzin bilan bir qatorda ko'p miqdorda qimmatli neft kimyo xomashyosi 
hisoblangan, tarkibida to'yinmagan uglevodorodlari ko'p bo'lgan gazlar ham olinadi.


3.Piroliz — bu yuqori haroratli kreking bo'lib, asosan etilen va boshqa to'yinmagan 
uglevodorodlarni olish uchun ishlatiladigan xomashyoning turiga qarab (tabiiy gaz, gaz 
kondensati, kerosin, gazoyil, ligroin) keng oraliqdagi haroratda (600-120°С) amalda 
670—720°C larda va atmosfera bosimida ligroinli yoki kerosinli fraksiyalarning chuqur 
parchalanishi hamda ikkilamchi jarayonlar natijasida xomashyoning xossasiga nisbatan 
50 % gacha unum bilan gaz (tarkibida 30 % alkanlar saqlaydi) va 45—47 % moy 
olinadi. Moyni rektifikatsiyalab 20% benzol, 16 % toluol va 2 % kselol olinadi va ular 
qayta tozalangach individual modda sifatida foydaniladi. Kokslash-neft qoldiqlari 
mazut, kreking-qoldiq, gudronlarni 450—500°C da havosiz joyda termik parchalash 
jarayoni bo'lib, uning natijasida qo'shimcha yoqilg'i foydaniladigan kulsiz (yonganda 
kul hosil qilmaydigan) koks olinadi.
Katalitik jarayonlar bugungi kunda neft mahsulotlarini krekinglab oktan soni 
yuqori bo'lgan va turli organik sintezlarda keng foydalanilayotgan gazlarning olish 
usullarining orasida asosiy o'rinni egallaydi. Katalitik jarayonlar termik jarayonlarda 
katta tezlikda nisbatan pastroq haroratda va pastroq bosimda boradi hamda u 
oltingugurtli neftlarni ham qayta ishlashga imkon beradi. Katalizator sifatida g'ovak 
tashuvchilarga (moddalarga) shimdirilgan holda sintetik alumo-silikatlar, platina, 
molibden oksidlari va xrom ishlatiladi.

Yüklə 384,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin