Geologiya va muhandislik geologiyasi fakulteti amaliyot hisoboti


Neftni qayta ishlashga tayyorlash



Yüklə 384,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/16
tarix16.06.2023
ölçüsü384,77 Kb.
#131113
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Mavzu neft va gaz sanoati (2)

Neftni qayta ishlashga tayyorlash. Neft quduqlaridan qazib olingan neft 
tarkibida erigan gazlar, suv va mexanik aralashmalar — qum va tuproq ushlaydi. 
Shuning uchun neft konlarida va neftni qayta ishlash zavodlarida tozalanadi. Neft 
kondan maxsus quvurlar orqali po'latdan yasalgan tik holdagi separatorlarga (gaz 
ajratgich) oqib keladi. U yerda neftning bosimi va oqimi kamayganligidan unda 
erigan gazlar (yo'ldosh gazlar) ajralib chiqadi. Bir vaqtning o'zida neft 
tindirilganligi uchun mexanik aralashmalar va suv ham qisman ajraladi. 
Mineral tuzlarni ajratish uchun neft yumshoq va issiq suv bilan yuviladi. 
Neft suv bilan mustahkam emulsiya hosil qiladi. Shuning uchun ham tindirish yo'li 
bilan suvni to'liq ajratib bo'lmaydi. Suvni va tuzni neftdan to'liq ajratish turli 
termokimyoviy va elektrokimyoviy usullarni qo'llash bilan amalga oshiriladi. 
Elektrotuzsizlash qurilmalarida shunday ishlov berish natijasida neft tarkibida suv 
0,1 % gacha, tuz esa 70-100mg/l gacha kamayadi. Neft suvsizlantirilgach
stabillanadi. Ya'ni oson qaynovchi butan-pentanli fraksiya (qisman geksan 
fraksiyasi) haydab ajratib olinadi. Bu operatsiya natijasida neftni saqlash va tashish 
jarayonida yengil uglevodorodlar yo'qolishining oldi olinadi. 
 
NEFTNI QAYTA ISHLASHNING ASOSIY USULLARI 
Neftni qayta ishlash sanoatida neft uch tipda qayta ishlanadi; yoqilg'i olish 
bilan boruvchi (motor va qozon yoqilg'isi olinadi), yoqilg'i-moy olish bilan 


boruvchi (xom motor yoqilg'isi ham surkov moylari olinadi), neft-kimyoviy qayta 
ishlash (yoqilg'ilar, surkov moylari va kimyo sanoati uchun xomashyo olinadi). 
Qayta ishlashning bu uchala turi ham fizik va kimyoviy usullar bilan amalga 
oshiriladi. 
Fizik usullar. Neft va neft mahsulotlarini qayta ishlash ularni tashkil etuvchi 
komponentlarning fizik xossalari: qaynash va qotish harorati, eruvchanligi
adsorbsion qobiliyati va boshqalar orasidagi farqqa asoslangan. Bu usullar neft 
tarkibidagi qaynoq haroratlari bir-biriga yaqin bo’lgan fraksiyalarni ajratishda
uglevodorodlarning ayrim sinflarini (deparafinlashda) ajratishda hamda individual 
birikmalarni ajratib olishda qo'llaniladi. Ko'pincha neft mahsulotlari atmosfera va 
past bosimda to'g'ri haydashda qo'llaniladi. 

Yüklə 384,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin