Geologiyasi


-bob. QATLAM SHAROITIDA GAZ, NEFT VA SUVNING YOTISH HOLATI



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə101/273
tarix07.09.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#141898
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   273
«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi-www.hozir.org

7-bob.
QATLAM SHAROITIDA GAZ, NEFT VA SUVNING YOTISH HOLATI 
VA XUSUSIYATLARI 
Cho’kindilar hosil bo’lish jarayonida neft va gaz uyumlarini tarkib topishi
g’ovakli muhitda neft va gazning regional siljishi (migratsiyasi) natijasida sodir
bo’ladi, bunda jins g’ovaklari neft, gaz va suvlarning shimilishidan to’ladi. Keyinroq
g’ovakli jins ichida bo’ladigan ikkilamchi siljish jarayonida suyuqliklar va gazlar
zichligiga qarab taqsimlanadi: gaz qatlamning yuqori qismini egallaydi, o’rtada neft
uyumi, undan quyida suv joylashadi. Ammo, gaz, neft hamda suvning gravitatsion
ajralishi oxirigacha sodir bo’lmaydi va suvning bir qismi (bog’liq suv) qatlamning
neftli va gazli zonasida qolib ketadi. Bu zonada ular yuza taranglik kuchi orqali
subkapillyar g’ovaklarda saqlanib turadi.
Ma’lumki, kimyoviy tarkibiga ko’ra neft va gaz g’oyat murakkab
uglevodoroddir. Qatlamda ular yuqori bosim va temperatura ostida bo’ladi, shuning
uchun ham uglevodorodlarning qatlam sharoitidagi xususiyatlari yer yuzasidagi
xususiyatlaridan farqlanadi.
Uglevodorodlar aralashmasining yer yuzasidagi holati quduqlardan chiqarib
olinayotgan uglevodorodlar tarkibiga, o’sha vaqtdagi bosim va temperaturasiga
bog’liq. Neft yoki gaz chiqarib olingan sari qatlamning bosimi kamayib boradi, shu
sababli qatlamda qolgan uglevodorodlar fizik o’zgarishlarga uchraydi. SHuning
uchun ham tabiiy sharoitdagi neft va gazning fizik xususiyatlarini bosim va
temperaturaga bog’liq holda o’rganish muhimdir.
Uglevodorodlar xususiyatlari o’zgarishining fizik qonuniyatlarini mukammal
tadqiq qilish muhim ahamiyatga ega. Chunki bunday qonuniyatlar chiqarib olingan
neft va gazning miqdorini to’g’ri hisoblashga imkoniyat beradi. YUqorida qayd
etilgan ma’lumotlar orqali yer qa’rida sodir bo’layotgan fizik jarayonlar ma’lum
bo’ladi, qatlamdagi neft va gazning sanoat ahamiyatiga molik zaxirasi aniqlanadi va
yer qa’ridan neft va gazni eng ko’p chiqarib olish bo’yicha tadbirlar belgilanadi.
Uyumni ishlatishda qatlam sharoitidagi suyuqlik va gazlarning fizik
xususiyatlarini o’rganish uchun ularning g’ovakli muhitda harakatlanishi murakkab
holatlarda sodir bo’lishini nazarda tutish lozim. Bunday murakkab holatlarning
yuzaga kelishi qatlamdagi yuqori temperatura va bosimga hamda g’ovakli muhitdagi
suyuqlik va gazlarning fizik-kimyoviy tarkibiga bog’liq. Tabiiy uglevodorodli
aralashmalar tarkibining murakkab bo’lishi sababli, asosan laboratoriya
tadqiqotlaridan olingan empirik ma’lumotlardan foydalanishga to’g’ri keladi.
Tabiiy suyuqliklar va gazlarning fizik xossalarini o’rganishda birinchi navbatda
bir komponentli oddiy sistemalarning holati va xarakterining o’zgarish tafsilotlarini
bilish kerak. Ma’lumki, bir komponentli uglevodorodlar tabiatda toza holda
uchramaydi, shuning uchun ularni uglevodorodli sistemalarni qayta ishlab olish
mumkin. Ammo bir komponentli uglevodorodlarning fizik xossalari va ularning
o’zgarish xarakteri bosim va temperaturaga bog’liq bo’lgani uchun sifat jihatidan



147
ular murakkab sistemaga o’xshaydilar. Binobarin, ularni o’rganishda ayrim


uglevodorodlarga tegishli fizikaviy kimyoning va termodinamikaning asosiy qonun-
qoidalaridan foydalanish mumkin.
Uglevodorodli sistemalar boshqa sistemalar singari gomogen (bir jinsli) va
geterogen (ko’p jinsli) bo’lishi mumkin. Gomogen sistemada uning hamma
qismlarining fizik xususiyatlari bir xil (bir jinsli) bo’ladi. Geterogen sistemada esa,
aksincha uglevodorodlarning fizik va kimyoviy xususiyatlari har bir nuqtada turlicha
bo’ladi.
Geterogen sistema bir qancha fazalardan iborat. Har bir faza sistemaning
ma’lum qismini tashkil etadi. Bu gomogen bo’lib, boshqa fazalardan aniq chegaralar
bilan (masalan, geterogen sistema: muz, suv va suv bug’i) ajralib turadi.
Shuningdek, neft-gazli qatlamda geterogen sistema mavjud bo’lib u gaz, neft va
suvdan iborat bo’ladi. SHu boisdan uglevodorodlar xossalarini tadqiq qilish bilan
birga, suvning xossalarini ham o’rganish zarurdir. Chunki, suv qatlamning bir
qismini tashkil etadi, neftni olishni osonlashtiradi hamda neft va gaz bilan birgalikda
chiqarib olinadi.
Quyida neft, gaz va suvning faqat yer yuzasidagi va qatlam sharoitlaridagi
xususiyatlariga to’xtalib o’tamiz. Neft va gaz konlarini loyihalashda, ishlatishda va
zaxirasini hisoblashda bularni bilish juda zarur.


Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin