Geometrik nivelirlash usullari va mohiyati-fayllar.org
Nivelirlar, nivelirlash reykalari, ularning tuzilishi va tekshirish. Nivelirlar aniqligi bo‘yicha uch xilga bo‘linadi: yuqori aniqlikda H-0,5-I, II sinf nivelirlash, aniq H-3, H-3K, H-3KL-III va IV sinflar nivelirlash va texnikaviy H-10, H-10K — texnik nivelir- lash uchun qo‘llaniladi.
Nivelir shifri yonidagi son 1 km ikkilangan yo‘lni nivelirlash aniqligini, harflar esa K — kompensatorli, L — limbli ekanligini ko‘rsatadi. Konstruksiyasiga ko‘ra nivelirlar ko‘rish o‘qi ufqiy holatga adilak yordamida keltiriladigan va ufqiy ko‘rish chizig‘i o‘zi o‘rnatiladigan (kompensatorli) nivelirlarga bo‘linadi.
Texnik nivelirlashda ko‘pincha aniq H-3 va H3K nivelirlari qo‘llaniladi. H-3 nivelirining umumiy ko‘rinishi 50- a rasmda keltirilgan. Nivelir o‘rnatkich vint yordamida usti ufqiy holga chamalab keltirilgan shtativga o‘rnatilgan. Truba ikki ko‘targich vintga parallel qo‘yilib, avval ularni qarama-qarshi tomonga va keyin uchinchi vintni burash orqali doiraviy adilak pufakchasi doira o‘rtasiga keltiriladi. Bunda nivelir aylanish o‘qi taxminan tik holatda bo‘ladi. Truba reykaga qaratilib, vint 6 da mahkam- lanadi, kremalera 5 vintini burash reykaning va okular g‘ilofini burash orqali iplar to‘rining aniq tasvirlari hosil qilinadi. Nivelir ko‘rish trubasi 1 ning chap tomoniga asbob ko‘rish o‘qini ufqiy
a)
b)
H-3 nivelirining umumiy tuzilishi: 1 — ko‘rish trubasi; 2 — silindrik adilak;
holatga aniq keltirishda qo‘llaniladigan silindrik adilak joylashgan. Reyka tasvirini va pufakcha elevatsion vint 9 yordamida o‘rtaga keltirilayotgan paytda adilak tutashgan uchlarini kuzatuvchi ko‘rish maydonini ko‘radi va ufqiy ip qarshisidagi reykadan sanoq oladi (51- rasm). Umumiy ko‘rinishi 50- rasmda keltirilgan aniq H-3K niveliri shtativga o‘rnatilgandan keyin doiraviy adilak pufakchasi
3 o‘rtaga keltiriladi. Ikkita kesishgan po‘lat iplarda olingan qo‘zg‘aluvchi va qo‘zg‘almas prizmadan iborat bo‘lgan mayatnikli optik kompensator asbobni avtomatik tarzda ufqiy holga keltiradi va nivelir ish holatida bo‘ladi. Optik kompensator ishlashi uchun doiraviy taglik 7 qiyaligi 15° dan oshmasligi kerak. H-3 va H-3K nivelirlarida sanoq olish 51- rasmda keltirilgan.