German qabilalari va Rim imperiyasi



Yüklə 71,5 Kb.
səhifə3/10
tarix20.09.2023
ölçüsü71,5 Kb.
#146013
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
2-mavzu ma\'ruza

Vassallik-G‘arbiy Evropa mamlakatlarida bir feodalning boshqa feodalga bo‘ysunish tartibi. SHu tariqa qirol va uning jangchilari, ruhoniylar, qirol saroyiga yaqin rim-gall zodagonlari, quldorlardan yangi yirik er egalari - feodallar toifasi vujudga keladi. Ularning er larida 6-asr oxiridan boshlab qullar, kolonlardan tashqari o‘z erkinligini yo‘qotgan franklar ham ishlaganlar. Natijada,yangi jamiyatning asosiy toifalari: feodallar va qaram dehqonlar tashkil topadi. Davlatning paydo bo‘lishi. SHimoliy Galliyada tashkil topgan frank qirolligi Xlodvigning vorislari davrida 534-yilda Burgundiyani va 536-yili Provansni istilo qiladi. Franklar germanlarning tyuring, alemann, bavar qabilalarini ham bo‘ysundirib, ularni har yili o‘lpon to‘lashga majbur etadilar. Qirollar hokimiyati kuchayib borishi bilan muhim qonunlar, qarorlar qabul qilish uchun xalq yig‘inlarini chaqirmay qo‘yadilar. Qirol tomonidan qabul qilingan yangi qonunlar esa xususiy mulkchilik va tengsizlikni mustahkamlab borgan. Yirik er egalari-feodallar toifasi esa qirol hokimiyatining tayanchiga aylanadi. Davlat qirol boshchiligida yirik mulk egalarining yangi erlarni istilo qilishini qo‘llab quvvatlar edi. Franklarda Xlodvig davridayoq mamlakat viloyatlarga bo‘linib, ularni qirol tayinlagan graflar boshqara boshlaydi. U o‘z hududlarini qirol nomidan boshqarib, aholidan soliqlarni yig‘ib olish, harbiy qo‘shinga boshchilik qilish, sud qilish kabi ishlarni bajargan. Sudning qarori bilan yig‘ilgan jarimalarning 1/3 qismi qirol xazinasiga yuborilar edi. Franklar soliq tartiblarini rimliklardan qabul qilganlar. Urug‘ jamoachilik an’analari esa har yili o‘tkaziladigan harbiy ko‘rik tarzida va mahalliy boshqaruvda saqlanib qoladi. Mahalliy boshqaruv asosini erkin franklarning yuzlik yig‘inlari tashkil etib, uning boshlig‘i, yuzboshisi-tungin deb nomlangan. Yirik er egaligining shakllanishi. 6-asr oxiridan franklprning chek erlari dehqon oilasining sotishi yoki in’om etishi mumkin bo‘lgan mulki - allodga aylanadi. Qirollar tomonidan chiqarilgan yangi qonunlar erning xususiy mulkka aylanishini tezlashtiradi. Qirol Xilperik (561-584) davrida yangi qonun chiqarilib, u o‘g‘il voris bo‘lmasa, erni avvalgidek jamoaga emas, marhumning qizi, singlisi yoki ukasiga o‘tish huquqini tasdiqlaydi. Erning xususiy mulkka aylanishi, mulkiy tabaqalanishn tezlashtirib, yirik er egaligining o‘sishiga olib keladi Galliyadagi Rim imperatoriga tegishli erlarni o‘z mulkiga aylantirgan frank qirollari, uning bir qismini o‘z yaqinlari va cherkovga ham in’om etganlar. YOdda tuting! Allod (yunoncha)-erga to‘la egalik qilish; G‘arbiy Evropa feodal jamiyatida avloddan-avlodga meros bo‘lib o‘tadigan er-mulk. Yirik er egaligi jamoa erlarl hisobiga ham kengaya boradi. Tabiiy ofatlar, qurg‘oqchilik, hosilsizlikning tez-tez takrorlanib turishi dehqonlarni o‘z erlaridan ajralishiga, so‘ng feodaldan ijaraga er olib ishlashga majbur etadi. Soliq to‘lashdan tashqari, yirik er egasi ekinzorlarida ishlab berishga majbur bo‘lgan dehqon sekin-asta qaram kishiga aylana borgan. «Sali haqiqati». Xlodvig buyrug‘iga binoan yozilgan franklarni an’anaviy odatlari to‘plami Evropadagi eng mashhur odat huquqlari yodgorligiga aylanadi. U «Sali haqiqati» deb nomlangan, to‘plamning nomi unga faqat franklarning sali qabilasi qonunlari kiritilganligini anglatadi.
Qirolning maqsadi barcha franklar qirol qo‘llagan «Sali haqiqati» bo‘yicha sudlanishi kerak edi. Bu qoidalarda biror narsa izoh talab bo‘lsa, uning uchun qirolga murojaat qilinishi, u esa o‘z manfaatlari yuzasidan javob berishi mo‘ljallangan. Ulardan tashqari qirol «Sali haqiqati»ga qadimgi odatlardan o‘ziga foyda keltiradiganlarini kiritgan. Natijada qadimgi 8
odatlardan qirolni qoniqtirmaganlari unutilib, foydalilari to‘plamda batafsil yoritiladi. «Sali haqiqati» franklarda qirol hokimiyatining kuchayganini ko‘rsatadi. 3-§. Franklar imperiyasi Buyuk Karl (742-814). Karl sulola asoschisi Pipin Pakananing (714-768) o‘g‘li bo‘lib, Franklar qirolligini (800-yildan imperiyasini) 46 yil (768-814) boshqargan. «Buyuk» nomi unga tarixchilar tomonidan 53 ta harbiy yurishga boshchilik qilib, yirik saltanat tuzgani, bu davlatda yangi qonunlar, maorif va madaniyatga asos solgani uchun berilgan. Karl haqida ko‘plab tarixiy asarlar, afsonalar, rivoyatlar va qo‘shiqlar yaratilgan. Uning ismidan «korol», ya’ni «qirol» unvoni kelib chiqqan. Italiya va Ispaniya urushlari. Karl taxtga kelishi bilan istilochilik urushlarini olib borgan. Uning dastlabki harbiy yurishlaridan biri germanlaming langobard qabilasi Italiyada tuzgan davlatiga qarshi 773-yilda boshlanadi. Langobardlar qiroli Dezideriy mag‘lub etilganidan so‘ng, sochi olinib Korvey monastiriga jo‘natiladi. Italiya erlari esa grafliklarga bo‘linib, Frank qirolligiga qo‘shib olinadi. Arab xalifaligi istilo qilgan Ispaniyaga qarshi 778-yilda Karl dastlabki muvaffaqiyatsiz yurish qiladi. Karlning jiyani graf Roland jangda halok bo‘ladi. Asrlar o‘tib Roland fransuz xalq og‘zaki ijodining sevimli qahramoniga aylanadi va u haqda «Roland haqida qo‘shiq» dostoni yaratiladi. Keyingi yurishlar davomida Pireneya yarim orolining arablardan tortib olingan hududlarida tuzilgan Ispan markasi franklar davlatining chegara viloyatiga aylantiriladi. Sakslarga qarshi urushlar. Reyn daryosining o‘ng sohilida yashagan saks qabilalariga qarshi urushlar 30 yildan ortiq (772-804) davom etadi. Bu urush Karl uchun ancha murakkab kechadi. Sakslar germanlarning Karlga bo‘ysunmagan so‘nggi yirik qabilasi bo‘lgan. Karl sakslarni har qanday yo‘l bilan xristian diniga o‘tkazishga harakat qilgan. Uzoq kurashdan so‘ng Karl sakslarni yangi dinga o‘tkazishga erishgan. SHu tariqa Saksoniya ham Buyuk Karl davlatiga qo‘shib olinadi. Franklar imperiyasi. Buyuk Karl davlati Evropaning katta qismini egallagan; uning hududini G‘arbiy Rim imperiyasi bilan bemalol taqqoslasa bo‘lar edi. Lekin Karlning hokimiyati so‘nggi Rim imperatorlarinikidan ancha yuksak bo‘lgan Ayni paytda so‘ngan imperiya haqidagi xotiralar 8-asrda ham G‘arbiy Evropaning turli xalqlari va qabilalari xotirasida saqlanib qolgan. Karlning maslahatchilarida uni qadimgi rimliklarga taqlid qilib, imperator deb e’lon qilish g‘oyasi tug‘iladi. Bunday imkoniyat 800-yilda Rim mahalliy zodagonlarining papa Lev 3 ga qarshi isyon ko‘tarishi orqali vujudga keladi. Karl qo‘shin yuborib isyonni bostiradi. Bu yordam evaziga Rim papasi 800-yilning dekabrida Karlga imperatorlik tojini kiydiradi. SHu tariqa G‘arbda yangidan imperiya paydo bo‘ladi. Buyuk Karl franklar imperiyasining mutlaq hukmdoriga aylanib, uning farmonlari faqat yirik zodagonlar, er egalarining yilda ikki marta chaqiriladigan yig‘inida qabul qilingan. Buyuk Karlning doimiy poytaxti ham yo‘q edi. U o‘z amaldorlari bilan mamlakat bo‘ylab harakatlanib, turli shaharlardagi saroylarida to‘xtagan, mahalliy aholiga og‘irligi tushmasligi uchun uzoq vaqt o‘tmay yana boshqa shaharga yo‘l olgan.
Buyuk Karl davrida franklarda an’anaviy xalq lashkari o‘rnida otliq ritsarlar qo‘shini vujudga keladi. Ritsarlar (nemischa ritter-otliq) bo‘linmalarida - faqat boy zamindorlar, ya’ni jangovar ot va qurol-aslahalar sotib olishga imkoniyati bo‘lgan kishilar xizmat qilgan. Hukmdorlar ritsarlarga: ot, qurol-aslahasini tartibda saqlashi, urushlar paytida oilasini ta’minlashi uchun er-mulk in’om etgan. Bu er-mulk - feod (nem. qo‘rg‘on, mulk) harbiy xizmat evaziga taqdim etilib, keyinchalik merosiy mulkka aylangan. Feodning egasi feodal deb atalgan. Zamonlar o‘tib harbiy ish faqat feodallar mashg‘uloti bo‘lib qoladi. Yirik 9
feodallar viloyatlarga egalik qilsalar, mayda feodalga ma’lum qishloq yoki uning bir qismi taqdim etilishi ham mumkin edi. Davlat boshqaruvi. Buyuk Karlning saroy xizmatkorlari ayni paytda vazirlar vazifasini ham bajargan. Moliya, soliq, harbiy a’yonlari, dasturxonchi, otxona boshlig‘i va boshqalar Franklar davlatidagi muhim lavozimlardan hisoblangan. Yirik qabilalarni gersoglar (nem. saylangan harbiy yo‘lboshchi, keyinchalik merosiy qabila boshlig‘i) boshqargan. Davrlar o‘tib gersog eng yuksak unvonlardan biriga aylanadi. Yirik bo‘lmagan hududlarni imperator tayinlagan graflar (nem. qirol tayinlagan amaldor) boshqaradi. Gersog unvoni avvaldan merosiy bo‘lsa, graflarni imperator tayinlagan. Buyuk Karl o‘z davlati chegarallarini mustahkamlash maqsadida markalar (nem. chegara harbiy viloyati) tuzib, ularni markgraflar (nem. chegara viloyati hokimi) boshqargan. Episkoplar, yirik monastirlar abbatlari imperatorning joylardagi vakillari sifatida uning buyruqlarini bajargan. Safarlari paytida Buyuk Karl episkoplar va graflarning ishlari qanday ketayotganligini tekshirgan. Agar suiiste’molliklar aniqlansa, javobgar darhol lavozimidan ozod etilgan. Imperatorning o‘zi barcha graflik va episkopliklarni aylanib chiqishi qiyin ekanligidan u o‘zi ishongan davlat vakillarini mamlakat bo‘ylab jo‘natar edi. Ularga mahalliy hokimlarni jazolash, almashtirish huquqlari berilgan. Franklar mamlakatining hududlari behad katta bo‘lishi nazoratni murakkablashtirgan. Barcha grafliklarni nazoratda saqlash mushkul edi. Bundan tashqari, graflar bor kuchi bilan graflikda o‘rnashishga, uni o‘z avlodlariga meros qilib qoldirishga intilgan. Bu esa franklar imperiyasini kelajakda zaiflashuvi va parchalanishiga yo‘l ochib bergan. Evropa hukmdorlari orasida katta hurmatga ega bo‘lgan Karl saroyiga ko‘plab elchilar kelib turishgan. Yilnomalarda yozilishicha, arab xalifasi Horun ar-Rashid o‘z elchilari orqali Karlga qimmatbaho sovg‘alar bilan birga Quddusdagi Iso payg‘ambar qabri joylashgan erni ham taqdim etgan. Franklar imperiyasining inqirozi. Yillar o‘tib mamlakatda graflar davlat amaldorlaridan - yirik er egasi, o‘z viloyatining xo‘jayiniga aylana borgan. Graflikdagi erkin dehqonlar qaramlikka tusha boshlagan. Qirolning sud ishlarini boshqarishni graflarga topshirishi ham ularning hokimiyatini kuchaytirib yuborgan. Buyuk Karlning vafotidan ko‘p o‘tmay, u tuzgan imperiyaning inqirozi boshlanadi. Uning nabiralari davrida mamlakat parchalanib ketadi. Verden shahrida 843-yilda tuzilgan shartnomaga binoan vujudga kelgan qirolliklar o‘rnida, keyinchalik, Fransiya, Germaniya va Italiya davlatlari tashkil topadi. Bu qirolliklarning har biri gersoglik va grafliklarga, ular esa yirik va o‘rta feodal mulklariga bo‘lingan. SHu tariqa Evropada feodal tarqoqlik davri boshlanadi. 4-§. Muqaddas Rim imperiyasi YAngi qirollik. Franklar imperiyasi 843-yili uchga bo‘linib ketganida, dastlab ularning hammasini Buyuk Karlning avlodlari boshqargan. Lekin 919-yili SHarqiy Frank qirolligida (bo‘lajak Germaniya) mahalliy zodagonlar knyazlardan eng qudratlisi bo‘lgan Saksoniya gersogi Genrixni qirollikka saylaydilar. SHu tariqa franklarning karolinglar sulolasi o‘rniga, mahalliy saksoniyaliklar sulolasi hokimyatga keladi.
Evropa xaritasida yangi davlat Germaniya qirolligi vujudga keladi. Genrix 1 uzoqni ko‘zlab, aql bilan ish boshlab mamlakatni kuchaytirish yo‘lini tutadi. Vengerlar bilan 9 yilga tinchlik sulhi tuzgan qirol mamlakat mudofaa qudratini yuklasaltirish maqsadida qator tadbirlarni amalga oshiradi. Genrix qishloqda yashaydigan har 9 kishidan bittasini tanlab, uni 10
burgga ko‘chiradi. To‘planganlar burgda o‘z birodarlari uchun ham uy-joy qurishga kirishadilar. Qishloqda qolgan sakkiz kishi o‘zlarining jangchilikka tayinlangan sheriklari uchun ham dehqonchilik qilganlar. Genrix barcha yig‘inlar, cherkov soborlarini, bazmlarni burgda o‘tkazishni buyuradi. Qirol burglar qurilishda kecha-yu kunduz mehnat qilib sulh muddati tugaguniga qadar aholining asosiy mulki qal’alarda bo‘lishini ta’minlash zarurligini ta’kidlar edi. Vengerlar bilan kurash. Genrix 1 ning o‘g‘li Otton 1 (936-973) davrida kuchli nemis otliq qo‘shini vujudga keldi. Evropaning boshqa mamlakatlaridagi kabi uning asosini og‘ir qurollangan ritsarlar otliq qo‘shini tashkil etgan. Bitta otliq jangchini qurol-aslaha bilan ta’minlash uchun bir necha dehqon, ba’zida hatto bir necha qishloq ishlashiga to‘g‘ri kelgan. Burglarga tayangan yangi otliq qo‘shin ko‘magida Otton 1 vengerlar bilan hal qiluvchi jangga shaylanadi. 955-yilda Bavariyaning Lex daryosi bo‘yida bo‘lib o‘tgan og‘ir jangda vengerlar mag‘lub etiladi. SHundan so‘ng ularning Germaniyaga bosqinlari to‘xtaydi. YAngi imperiya. o‘zidan avval hech kim enga olmagan dushmanni mag‘lub etgan Otton 1 o‘zini Evropadagi eng kuchli qirol deb hisoblay boshlaydi. Ushbu g‘alaba unda Buyuk Karl singari Rimda imperatorlik tojini kiyish hamda imperator unvonini olish istagini uyg‘otadi. Bu tadbir barchani yangi qirollikning qudratiga va Otton 1 ni Rim va Buyuk Karl imperyalarining vorisi ekanligiga ishontirishi lozim edi. O‘z rejasini amalga oshirishida Ottonga hech kim qarshilik ko‘rsata olmaydi. Sababi, bu paytda Buyuk Karlning haqiqiy vorislari bo‘lgan G‘arbiy Frank davlati qirollari shu darajada zaiflashib qolgan edilarki, ularga hatto o‘z gersog va graflari ham bo‘ysunmagan. 962-yilda o‘z qo‘shini bilan Rimga kelgan Otton 1 ga papa Ioann 12 imperatorlik tojini kiydiradi. SHu tariqa yangi imperiya - Muqaddas Rim imperiyasi vujudga keladi. Uning tarkibiga German erlaridan tashqari Italiyaning shimoliy hududlari ham kirgan, lekin bu erdagi shaharlar german imperatorlariga hech qachon to‘liq bo‘ysunmagan. SHunga qaramasdan har bir german qiroli taxtga kelganidan so‘ng o‘z qo‘shini bilan Alp tog‘lari orqali Italiyaga yurish qilib, Rimda imperatorlik tojini kiyardi. German imperatorlari o‘z davlatlarini qadimgi Rimning davomchisi deb hisoblaganlar. Zamondoshlari "dunyo mo‘jizasi" deb nomlagan Otton 1 ning nabirasi Otton 3 Rimni ulkan davlatning poytaxtiga aylantirish orzusida bo‘lgan. U butun xristian dunyosi Rim imperatori hukmida birlashishi lozim deb hisoblagan. Tabiiyki, butun dunyo xristian imperiyasi haqidagi orzularni amalga oshishi mushkul ish edi. SHunga qaramasdan, german monarxlari o‘z davlatlarini Rim imperiyasi, keyinroq Muqaddas Rim imperiyasi deb atashda davom etadilar. Bu davlat uzoq asrlar davomida hukm surgan. YOdda tuting!
Muqaddas Rim imperiyasi 962-yildan 1806-yilgacha hukm surgan.



Yüklə 71,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin