Kurashning yakuni. Amvrosiy Avreliandan so‘ng brittlarda munosib yo‘lboshchi bo‘lmasligi 600-yillarda angl-sakslar tomonidan orolning katta qismini bosib olinishiga imkon beradi. Bosqinga uchramagan kelt qabilalari Irlandiya va SHotlandiyada, qisman Britaniyaning g‘arbiy chekkasida saqlanib qoladi.
Istilochilar Britaniya erlarida ettita qirollik tuzishadi. Orolning shimoliy va markaziy qismida joylashgan angllar: Nortumbriya, Mersiya va SHarqiy Angliya qirolliklarini tashkil etgan. Sakslarning janubdagi qirolliklari: Uesseks (G‘arbiy-sakson), Sasseks (Janubiy-sakson) 12
va Esseks (SHarqiy-sakson) deb nomlangan. Ettinchi Kent qirolligiga yutlar asos solgan. Istilochilar turli lahjalarda so‘zlashgan, lekin yillar o‘tib angllar yashagan Mersiya shevasi tobora keng qo‘llanila boshlanadi. SHu tufayli keyinchalik, istilochilar muomalasidagi til ingliz, mamlakat esa Angliya nomini oladi. Bosqinchilarning ko‘plab qabilalari va bo‘ysundirilgan aholining qolgan qismi yagona xalqqa birlasha boshlaydi. Tarixda ular angl-saks nomini oladi. YAngi bosqin. Xaritaga e’tibor qilsangiz, shimoli-sharq yo‘nalishida shamol esganida kema Norvegiya yoki Daniya sohilidan Britaniya orollariga suzib borishi uchun bir necha kun kerak bo‘lishini tushunish mumkin. Zamondoshlarining yozishicha, shu sababdan daniyaliklar har yili hujum qilib Angliya xalqining mol-mulkini talagan. Rohiblari o‘z bilimlari bilan tanilgan, lotin va yunon tillarida asarlar bitgan, ajoyib xattotlik san’ati markazlari bo‘lgan mashhur irland monastirlari normannlar tomonidan yondirilib, kuli ko‘kka sovurilgan. Angl-saks qirolliklaridagi ichki nizolar, ularga istilochilarni qaytarish imkonini bermagan. Normannlar 842-yili Londonni bosib olib, talaydilar va yondirib yuboradilar. YAna 20 yillar chamasi o‘tib daniyaliklar talonchilik hujumlaridan so‘ng uylariga qaytmasdan Angliyada bosib olgan erlarida qishlab qoladigan bo‘ladilar. YOdda tuting! London mil. 43-yil rimliklar tomonidan Temza daryosining shimoliy qismida kelt aholisi yashaydigan joyda barpo qilingan va to‘rt asr davomida rimliklarning bosh shahri bo‘lgan, Milodiy 5-asrda rimliklarning ketishi natijasida London tushkunlikka uchragan. 1066-yilda normannlar istilosi oqibatida London qirollar qarorgohiga va Angliyaning rasmiy poytaxtiga aylanadi.
Deyarli barcha angl-saks qirolliklari daniyaliklar tomonidan bo‘ysundiriladi. Qarshilikni faqat orolning janubiy-g‘arbidagi Uesseks qirolligi davom ettiradi.