German qabilalari va Rim imperiyasi


§. Franklar ijtimoiy tuzumi va davlatining vujudga kelishi



Yüklə 71,5 Kb.
səhifə2/10
tarix20.09.2023
ölçüsü71,5 Kb.
#146013
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
2-mavzu ma\'ruza

§. Franklar ijtimoiy tuzumi va davlatining vujudga kelishi 6
Frank qabilalari. Buyuk ko‘chishlar boshlanishiga qadar germar qabilalariga mansub franklar Reyi daryosi quyi oqimidagi hududlarda yashaganlar. Ularda urug‘chilik tuzumi mavjud bo‘lib, qabila yo‘lboshchilar harbiy ishda alohida jasorat ko‘rsatgan kishilardan saylab qo‘yilgan.Rim-gallar bilan yaqin qo‘shnichilik munosabatlarida bo‘lgan franklarning tashqi ko‘rinishi ham boshqa german qabilalaridan ancha farqlangan. Franklar gotlar va langobardlar kabi hayvon terisidan emas, matodan kiyim-bosh kiyishgan va soch-soqollarini olib yurishgan. Ularda faqat qirol oilasiga mansub kishilargina uzun soch bilan yurishlari mumkin bo‘lgan. G‘arbiy Rim imperiyasining inqirozidan keyin franklarga qo‘shni bo‘lgan Galliyada rim noibi Egidiy mustaqil knyazlik tuzadi. Xuddi shu davrdan franklarning Galliyaga hujumlari yanada kuchayadi. Ularga frank qabilalaridan biri, merovinglar sardori Xlodvig boshchilik qiladi. Uddaburon va shafqatsiz Xlodvig tez orada o‘z raqiblarini engib, barcha frank qabilalari ustidan hukmronligini o‘rnatadi. Egidiyning vorisi Siagriy qo‘shinlarini 486-yilda Suasson shahri yaqinidagi jangda mag‘lub etgan Xlodvig franklar davlatiga asos soladi. YOdda tuting! 486-yilda Xlodvig franklar davlatiga asos soladi. Franklar tuzgan davlat dastlab sulolalar nomi bilan atalgan. 10-asrdan Parij atrofidagi viloyat Li de Frans davlat nomiga asos bo‘ladi va u Fransiya deb atala boshlandi. Franklarda xristianlikning qabul qilinishi. Rim cherkovi uning sodiq ittifoqchisi bo‘lishi mumkinligini anglagan Xlodvig varvar qabilalari yo‘lboshchilari ichida birinchi bo‘lib xristianlikni Rimdan qabul qiladi. Uning ketidan sekin-asta boshqa franklar ham xristianlikka o‘tadi. Franklarning ko‘pchiligi Xlodvigning bu qarorini yoqlamagan, ammo ular o‘z qirollaridan qo‘rqqanlar. Lekin rimliklar bu ishdan xursand bo‘lishgan.Ulardan biri «Sizning yangi diningiz, bu bizning g‘alabamiz!»- deb bejiz yozmagan edi. Xlodvig xristian ta’limotini tushunib etgan emas, u na’munali xristian bo‘lmagan ham. Ammo u amalga oshirgan tadbirning oqilona ekanligi shubhasiz: shu paytdan boshlab franklar va rimliklar asta-sekin yaqinlashib, yagona xalqqa aylana boshlaydi. Endi ularni din ajratmas, xristianlik bilan tanishuv esa franklarga rim madaniyatining turli sohalarini o‘zlashtirish imkonini berardi. Xlodvigning xristianlikka o‘tishi unga aholi orasida ta’siri kuchli bo‘lgan gall episkopligining qo‘llashini ta’minlaydi, SHu tariqa xristianlikning qabul qilinishi qirolni kuchaytirib, uni o‘z qabiladoshlari orasida yangi cho‘qqilarga ko‘taradi. Franklarda ijtimoiy munosabatlar. Franklar istilo qilgan hududlarda rimlik quldorlarning hashamatli saroylari-yu, ulkan er-mulklari saqlanib qolgan. Mahalliy aholining asosiy qismini rim-gallar tashkil qilgan. Franklar qullikni bekor qilmaydilar. Mamlakatda asosiy ishchi kuchi qullar va kolonlar bo‘lib qolaveradi. Dastlabki paytda franklar gallardan alohida yashaganlar. Luara daryosidan shimoldagi german qabilalari esa yana uzoq yillar urug‘ jamoa bo‘lib yashashda davom etadi. Mamlakat janubidagi gallar esa son jihatidan german qabilalaridan ham ko‘proq bo‘lgan. Davlat hokimiyatini mustahkamlash maqsadida Xlodvigning vorislari boshqaruvi paytida qirollar-alohida xizmatlari evaziga jangchilar va yaqin hamkorlariga yirik er-mulk - benefitsiylar taqdim etganlar. YOdda tuting! Benefitsiy (lot.)-senorning o‘z vassaliga harbiy xizmati evaziga in’om etgan er-mulk. SHarqda u iqto‘ deb nomlangan. Senor (lot.-katta) - o‘rta asrlarda G‘arbiy Evropada ixtiyorida qaram dehqonlari va mayda feodal-vassallari bo‘lgan er egasi. 7

Yüklə 71,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin