To’liq g’adir-budurlik zonasi va kvadratik zona.
Bu Shunday ko’rinishda bo’ladiki, Re sonining oshib ketishi natijasida laminar harakat qatlamining qalinligi δ, quvurning g’adir-budurligidan bir necha marotaba kichrayib ketadi, ya’ni δ<<∆. Bu zonada gidravlik qarshilik koeffitsiyenti faqat nisbiy g’adir-budirlikka bog’liq bo’ladi:
Gidravlik qarshilik koeffitsiyenti λ, bu zonada Nikuradze tenglamasi yordamida topiladi:
Bu uchinchi zona uchun Re>500
Misollar.
1-misol
t=1000C darajada birliklar texnik tizimida suvning absolyut qovushoqligini aniqlang.
Yechilishi:
Qovushoqlik suyuqliklarning fizikaviy xossasi bo’lib , siljish va sirpanishga qarshiligi bilan ajralib turadi. Tajribalarning ko’rsatishicha,suyuqlik qovushoqligi daraja kattalashishi bilan kamayadi. Har xil suyuqliklarning qovushoqligi issiqlikka bog’liqligi turlicha.
Suv uchun bu bog’liqlik quyidagicha:
bu yerda v-stoksalarda kinematik qovushoqlik ;
t-harorat
Oldin shu formula bo’yicha t=1000 C darajada bo’lgan suvning kinematik qovushoqligini topamiz:
stoks (sm2/sek)
CHunki suvning zichligi t=1000C da bo’lganda p=0.958 g/sm3 birliklar tizimida unda kinematik qovushoqlikni aniqlovchi tenglamalar fizik tizimida absolyut qovushoqlik:
bu yerda: V-kinematik qovushoqlik ;
μ -absolyut qovushoqlik;
ρ -suyuqlik zichligi
μ=v . ρ=0.0028 .0.958=0.00268 puaz (g/sm.sek) bo’ladi.
Birliklar texnik tizimiga o’tish uchun turli tizimlarda absolyut qovushoqlik qiymati o’rtasida o’zaro bog’lanish borligiga e’tibor beramiz:
μ f =98.1 μ t
Birliklar texnik tizimida absolyut qovushoqlik
μ =0.00268/98.1 =0.00002736 kg.sek/m3 ga teng bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: |