Gidravlikaning o’rganish sohasi va tarixi suyuqliklarning modellari haqida


Gidrodinamik o’xshashlik asoslari



Yüklə 3,27 Mb.
səhifə21/176
tarix24.12.2023
ölçüsü3,27 Mb.
#190939
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   176
6.2. Gidrodinamik o’xshashlik asoslari

Texnikada giravlik qurilmalarni yaratish yoki tabiatdagi biror voqeani tekshirish uchun laboratoriya sharoitida uning kichraytirilgan modellarida tajribalar o’tkazish va bu tajribalar natijasiga qarab asosiy qurilma yoki hodisa haqida xulosa chiqariladi. Modellarni yasash va ularda olingan natijalarni rostakam nusxasiga o’tkazish uchun modelь bilan rostakam hodisani bir-biri bilan bog’lovchi qonuniyatlarni bilish zarur bo’ladi. Rostakam nusxa bilan model o’rtasidagi bu qonuniyatlar o’xshashlik qonuniyatlari deb ataladi va ularni o’xshashlik va modellash nazariyasi tekshiradi.


Ikki fizik jarayon o’xshash bo’lishi uchun uning barcha parametrlari ma’lum bir munosabatda bo’lishi kerak va bu munosabatlar turli parametrlar uchun turlicha bo’ladi.
Ikki xil voqeaning bir–biriga o’xshash bo’lishi uchun, birinchidan ularning geometrik parametrlari o’xshash bo’lishi, ikkinchidan, kinematik va dinamik parametrlari o’xshash bo’lishi kerak. Hodisalarning o’xshashligi fizik o’xshashlik, vaqt o’xshashligi, chegaraviy shartlarning o’xshashligini ham uz ichiga olishi kerak.
Ikki o’xshash hodisa uchun uzunlik o’lchamlari nisbati

mavjud bo’lsa geometrik o’xshash, tezlik o’lchamlari nisbati

mavjud bo’lsa kinematik o’xshash, mazkur ikki hodisa uchun:

bo’lsa, ularda vaqt o’xshashligi mavjud bo’ladi.
Yuqoridagi nisbatlarning tengligini ifodalovchi o’zgarmas miqdorlar o’xshashlik doimiysi deb ataladi. O’xshashlik doimiylari ikki o’xshash hodisa uchungina bo’lmay, bir qancha hodisalar uchun bo’lsa, u holda ular o’xshashlik aniqlovchisi deyiladi. Agar o’xshashlik aniqlovchisi oddiy o’lchamlar nisbati bilan ifodalansa, ular simplekslar deyiladi. Agar o’xshashlik aniqlovchisi o’lchamlar murakkab kombinatsiyalarning nisbati sifatida ifodalansa, u holda o’xshashlik kriteriyalari deyiladi.
Gidrodinamik o’xshashlikni quyidagi to’rtta kriterial miqdorlar aniqlaydi:
Struxal kriteriyasi
Reynolьds kriteriyasi
Eyler kriteriyasi
Frud kriteriyasi



Yüklə 3,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   176




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin